Toshkent davlat agrar universiteti o‘simlikshunoslik va moyli ekinlar kafedrasi



Yüklə 24,95 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix13.12.2023
ölçüsü24,95 Kb.
#176012
Moyli ekinlar guruhlari. Kungaboqar morfologiyasi



TOShKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI 
 
 
 
O‘SIMLIKShUNOSLIK VA MOYLI EKINLAR
KAFEDRASI 
“O‘simlikshunoslik” fanidan
 
Mavzu:
 Moyli ekinlar guruhlari. 
Kungaboqar 
morfologiyasi.
 
Toshkent-202 


Mavzu: Moyli ekinlar guruhlari. 
Kungaboqar morfologiyasi.
 
Kungaboqar
-Helianthus annus L., Asteraceae oilasiga mansub bir yillik 
o‘simlik.Madaniy kungaboqar morfologik belgilari bilan 3-ta kenja turlariga 
bo‘linadi. 
1-jadval 
Kungaboqar kenja turlarining farqi 
 
 
Chaqiladigan 
kungaboqar 
Moyli 
kungaboqar 
Oraliq 
kungaboqar 
Poya balandligi, m 
2-4 
1,5-2,5 
2-3 
Poya yo‘g‘onligi 
yo‘g‘on 
ingichka 
yo‘g‘on 
Poyaning shoxlanishi 
kam 
ko‘p 
kam 
Bargining yirikligi 
yirik 
mayda 
yirik 
Savatning diametri,sm 
17-45 
14-20 
15-30 
Pistaning uzunasini,mm 
11-23 
7-13 
11-15 
Po‘stining qalinligi 
qalin 
yupqa 
qalin 
Mag‘izining to‘laligi 
to‘liq 
to‘liq 
o‘rtacha to‘liq 
Po‘stining qovurg‘aliligi 
ro‘y-rost ifodalangan 
yo‘q 
bor 
Po‘choq chiqishi,% 
46-56 
40-43 
48-52 
Chaqiladigan qungaboqar
-poyasi yo‘g‘on, balandligi 4 m.gacha, bargi 
yirik, savati ham yirik, diametri 45 sm.gacha. Pistasi uzun (11-23 mm), eni (7,5-12 
mm). Mag‘izi pistani yarimini egallaydi. 1000-tasini vazni 100-170 g. bo‘ladi. 
Deyarli shoxlanmaydi, bitta savat hosil bo‘ladi. 
Moyli kungaboqar-
poya balandligi 1,5-2,5 m., shoxlanadi, savatlar soni 
ko‘p bo‘ladi. Savatning diametri 14-20 sm. Pista uzunligi 7-13 mm, eni 4-7 mm. 
Mag‘izi pistani butunlay egallaydi. Po‘chog‘i 40-43% bo‘ladi.1000-tasining vazni 
35-80 g. 
Oraliq kungaboqar
-bu yuqorida bayon etilgan kenja turlarining o‘rtasida 
oraliq o‘rinni egallaydi. Ba’zi belgilari bilan chaqiladigan turiga yaqinlashadi- 
balandligi, bargining va savatining yirikliligi, shakli bo‘yicha. Ayrim belgilari 
bilan -pistaning maydaligi, to‘liqligi bo‘yicha moyli kungaboqarga yaqinlashadi. 
Bu turi ishlab chiqarishda ekilmaydi. 
Ildizi-
murtak ildizidan
 
rivojlangan o‘q ildizdir, tuproqqa 3-4 m kirib boradi 
va yon tomonga 120 sm gacha tarqalgan. Ildizi bir necha tartibda shoxlangan. 
Kungaboqar urug‘pallasini yer betiga chiqaradi, keyin chin barg rivojlanadi 
va poya o‘sadi. 


1-rasm. 1-Kungaboqar; 2- pishgan savatchasi; 3-gullari – a) naysimon, b)-tilsimon, v) 
changdon, g) changchi; 4 –kesilgan savatcha; 5- urug‘i –a) moyli, b) oraliq, v) chaqiladigan. 
Poya - 
baqquvat, tik o‘sadi, pastki qismi yog‘ochlangan ichi parenxima 
to‘qimalari bilan to‘lgan. Uchi to‘pguli bilan tugallanadi. Asosiy poya va yon 
shoxlari qalin tuklar bilan qoplangan. 
 
Bargi-
oddiy, bandli, poyada spiral shaklida joylashadi. Poyaning pastki 
qismidagi barglar qarama-qarshi joylashadi. Eng yirik barglar poyaning o‘rta 
qismida bo‘ladi. Shakli yuraksimon. Yuqoriga qarab barglar maydalashadi va eng 
yuqoridagi barglar gulto‘plamining asosini tashkil qiladi. Barglar soni navlarga 
qarab 14-50 ta bo‘ladi. Barglari tukli bo‘ladi. 
To‘pguli savat
-bir nechta bargchadan iborat o‘ramaga o‘ralgan bo‘lib ikki 
xil gullarga ega - tilsimon va naychasimon. Tilsimon gullar savatning chetida bir 
yoki birnechta qator bo‘lib joylashadi. Bu gullar sariq rangli, jinsiz. Naychasimon 
gullar ikki jinsli, uchi o‘tkirlashgan 2-4 ta pardasimon kosacha bargdan, och sariq 
rangli, qo‘shilib o‘sgan 5-ta gultoji bargdan, 5-ta changdondan va qo‘sh patsimon 
tumshuqchadali tugunchadan iborat. Naychasimon gullar zich joylashgan, 
savatning kattaligiga qarab 600-1200 ta gul bo‘ladi. Gullari chetdan changlanadi. 
Savatning diametri 8-10 sm dan 50 sm.gacha bo‘ladi. 
Meva – 
to‘rt qirrali pista, cho‘zinchoq, uchi o‘tkirlashgan, mag‘iz va pishiq 
po‘stidan iborat. Mag‘izi yupqa urug‘ po‘sti bilan qoplangan. Pistaning rangi oq, 
kul, qora rang, yo‘l-yo‘l va yo‘lsiz bo‘lishi mumkin. Pistaning po‘sti o‘z vaznining 
26-42 % ni tashkil etadi.1000-tasining vazni 40-170 g.



Yüklə 24,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin