Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#184473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Amaliy uchun ko\'rstama

2-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Gen va genom strukturalarini DNK va xromosoma modellari, maketlar va video lavhalar yordamida o’rganish.
Maqsad: Irsiyatning birligi gen va genlar majmuasini o’z ichiga olgan genlar to’plamining gaploid sondagi xromosomalar yig’indisini o’z ichiga olgan genom xaqida tushuncha hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter prosessori, ekran, struktur birliklarning vidio lavhalari, mikroskop, xromosom ta’svirli metafaz plastinkaning tayyor preparatlari, rangli qog’oz (qizil va yashil rangli), qaychi va kley.
Ishning bajarilish tartibi: Talabalar dastlab DNK molekulasi va undagi nukleotid birliklarining joylashish tartibi, xromosomalarning tuzilishi va unda genlarning joylashish tartibi to’g’risidagi vidio lavhalarni ekranda tomosha qiladilar.
Oldilariga qo’yilgan rangli qizil va yashil qog’ozlarni o’lchami eniga-1 sm. va bo’yiga 2 sm. uzunlikda kesib, bayroqcha shaklidagi rangli kesilgan qog’ozchalarning xar biridan 40 ta dan tayyorlaydilar. Kesilgan qizil va yashil rangli qog’ozchalarni laboratoriya daftarlariga bir-biriga qarama-qarshi tarzda kley yordamida yopishtirib, qo’sh spiral strukturali DNK zanjirini va bir qator joylashish tartibida rangli qog’ozchalarni daftar varag’iga yopishtirib, zanjir shaklidagi RNK strukturasini yasaydilar. So’ng rangli qog’ozlarga DNK zanjiri bo’yicha azotli qizil rangdagi purin asoslari adenin, guanin va yashil rangdagi pirimidin asoslari guanin, tsitozinlarning bosh xarflarini rangli qog’ozchalarga yozib chiqadilar. Bir zanjirli RNK strukturali rangli qog’ozchalarga ham azotli asoslarni bosh xarflari yozib chiqish tartibida purin asoslaridagi timin o’rniga RNK zanjirida uratsil nukleotidining bosh xarfi yoziladi.
Avvalgi ishni bajarib bo’lgach talaba oldidagi yorug’lik mikroskopini moslagani holda tarqatilgan metafaz plastinkali tayyor preparatlarda dastlab kichik ob’ektivda so’ng katta ob’ektivda xromosoma shakllarini topib oladi. Prearatdagi xromosoma tasvirni o’rgangani holda bu tasvir rasmini laboratoriya daftarchasiga chizadi.
Xulosa: Ishni bajarib bo’lgan talaba qisqa tartibda vidio lavhalar, DNK va RNK strukturasi, xromosoma tuzilishi xaqidagi xulosalarni laboratoriya daftariga yozib qo’yadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin