Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə9/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#184473
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Amaliy uchun ko\'rstama

Masalalarning sharti: 1).Tuksiz mevali pomidor o’simliklaridan urug’ yig’ib olinib, ular ekilganda, urug’lardan unib chiqqan o’simliklarning 75% i tuksiz va 25% i tukli mevaga ega bo’lgan. Boshlang’ich tuksiz mevali o’simliklarning genotipi qanday bo’lgan? Tuksiz mevali o’simliklarning keyingi avlodda ajralish bermaydiganlarini qanday ajratib olish mumkin? 2). Qoramollarda junning qizil rangda bo’lishi AA genotipga, targ’il bo’lishi Aa genotipga va oq bo’lishi aa genotipga bog’liq. Targ’il buqa uch xil: qizil, targ’il va oq sigirlar bilan chatishtirilsa, har bir chatishtirishda targ’il buzoqlarning tug’ilish ehtimoli qanday? 3). Tug’ruqxonada ikkita chaqaloqni almashtirib qo’yishdi. Ulardan birining ota-onasi birinchi va ikkinchi qon gruppasiga, ikkinchisiniki esa ikkinchi va to’rtinchi qon gruppasiga ega bo’lgan. Bolalarning qon gruppasi tekshirilganda, ulardan birining qon gruppasi birinchi va ikkinchisiniki esa ikkinchi ekanligi aniqlandi. Bolalar qaysi ota-onaga tegishli? Xar bir masalanning echimi uchun xulosa yozishni unutmang.
6. Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Noallel genlarning o’zaro tasirining komplementarlik tipiga doyir masalalar yechish
Maqsad: Noallel genlarning o’zaro ta’sir xillari – komplementarlik, epistaz, polimeriya va pleyotropiya xaqida ko’nikma hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter prosessori, ekran, Noallel genlarning o’zaro ta’sir xillari – komplementarlik, epistaz, polimeriya va pleyotropiya xaqidagi taqdimot slaydlari.
Ishning bajaralish tartibi: Talabalar ekranda namoyish qilingan taqdimot slaydlari va 5-laboratoriya ishi ko’rsatmasidagi noaallel genlarning o’zaro ta’sir xillari bilan tanishib chiqadilar. Ular quyidagilar:1). Komplementar ta’sir -Tovuqlarda toj shaklining gulsimon bo’lishi A geniga, no’xatsimon bo’lishi B geniga, yong’oqsimon bo’lishi A va B genlarining komplementar ta’siriga, bargsimon (oddiy) bo’lishi esa shu genlarning retsessiv gomozigotali (aabb) holatiga bog’liq. Digeterozigotali yong’oqsimon tojli tovuq va xo’rozlar chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan jo’jalar toj shakli bo’yicha qanday fenotiplarga ega bo’ladi?
yong’oqsimon toj yong’oqsimon toj
P ♀ AaBb X ♂ AaBb
g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab
F1 1. AABB - 1
2. AABb – 2 A-B- 9 yong’oqsimon toj
3. AaBB - 2
4. AaBb - 4
5. AAbb - 1 A-bb 3 gulsimon toj
6. Aabb - 2
7. aaBB - 1 aaB- 3 no’xatsimon toj
8. aaBb - 2
9. aabb - 1 aabb 1 bargsimon (oddiy) toj
2). Epistaz - Oq tovuqlar bilan oq xo’rozlar chatishtirilganda, F1 da faqat oq patli jo’jalarning olinishi chatishtirish uchun olingan tovuq va xo’rozlarning gomozigotaliligidan dalolat beradi. F2 da esa 13:3 nisbatda oq patli va chipor patli jo’jalarning olinishi F1 tovuq va xo’rozlarning digeterozigotaliligidan dalolat beradi. Bunday digeterozigotalilikni esa IIBB x iibb yoki Iibb x iiBB chatishtirishdan olish mumkin. Lekin ikkinchi chatishtirish orqali belgining irsiylanishini tushuntirib bo’lmaydi, chunki bu erda 13:3 nisbatda ajralib ketish imkoniyati yo’q. Shuning uchun chatishtirishga dastlab olingan tovuq va xo’rozlarning genotipini IIBB va iibb deb olish mumkin. Bunday holda tovuqlarda pat rangining irsiylanishini quyidagicha izohlash mumkin:
Belgi Gen
- I
chipor B
oq iibb
I > B
oq patli oq patli
P ♀ IIBB X ♂ iibb
G IB ib
F1 IiBb - oq patli
F1 da olingan jo’jalar voyaga etgach ularning ichidagi tovuqlari o’zlarining ichidan chiqqan xo’rozlar bilan chatishtirilsa, F2 da pat rangi bo’yicha quyidagicha ajralish ro’y beradi:
oq patli oq patli
P ♀ IiBb X ♂ IiBb
g IB, Ib, iB, ib IB, Ib, iB, ib
F2 IIBB q 1
IIBb q 2
IiBB q 2
IiBb q 4 13/16 oq patli
IIbb q 1
Iibb q 2
iibb q 1
iiBB q 1
iiBb q 2 3/16 chipor patli
Bu erda tovuq va xo’rozlarda pat rangining oq bo’lishi genotipda epistatik xususiyatga ega bo’lgan dominant I -ingibitoriga yoki genotipning iibb bo’lishiga bog’liq. Pat rangining chipor bo’lishi esa genotipning iiBB yoki iiBb bo’lishiga bog’liq.
3). Bug’doy o’simligida donning rangli bo’lishi ikki juft allel bo’lmagan dominant genlarga bog’liq. Donning to’q qizil rangi A1A1A2A2 genotipga, qizil bo’lishi A1A1A2a2 va A1a1A2A2 genotiplarga, och qizil bo’lishi A1A1a2a2, a1a1A2A2, A1a1A2a2 genotiplarga, juda och qizil bo’lishi A1a1a2a2, a1a1A2a2 genotiplarga va oq bo’lishi a1a1a2a2 genotipga bog’liq.
P ♀ A1a1A2a2 X ♂ A1a1A2a2
g A1A2, A1a2, a1A2, a1a2 A1A2, A1a2, a1A2, a1a2
F1 1. A1A1A2A2 q 1 to’q qizil 1 to’q qizil
2. A1A1A2a2 q 2 qizil
3. A1a1A2A2 q 2 qizil 4 qizil
4. A1a1A2a2 q 4 och qizil
5. A1A1a2a2 q 1 och qizil 6 och qizil
6. a1a1A2A2 q 1 och qizil
7. A1a1a2a2 q 2 juda och qizil 4 juda och qizil
8. a1a1A2a2 q 2 juda och qizil
9. a1a1a2a2 q 1 oq 1 oq

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin