Furqatning "Aylab"va"Yashnab o'tsang lolagun xilat kiyib,aylab shitob" g'azallarining badiiy talqin Reja: Kirish I bob. G‘azal haqida qisqacha m a’lumot. G‘azalning shakliy xususiyatlari: qofiya, hajm, matla’, maqta’


Shoir Furqat g’azallarining tahlili



Yüklə 50,52 Kb.
səhifə5/5
tarix31.01.2023
ölçüsü50,52 Kb.
#82079
1   2   3   4   5
Kurs ishi (5)

2.3.Shoir Furqat g’azallarining tahlili.
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat XIX-asrning uchinchi choragida adabiyotimiz maydoniga kirib kelgan. Adabiyotshunis olim B.Qosimov uning asosan, lirik shoir ekanligini ta’kidlaydi. “Garchi u o’zbek tilidagi ilk gazetada ishlagan, o’nlab maqolalar e’lon qilgan birinchi o’zbek gazetachisi, “Sarguzashtnoma”dek asar yozgan nosir bo’lsa-da, xalq qalbida ko’proq shoir sifatida qoldi.” Shoirning lirik she’rlari kitob holida dastlab 1913-yilda Muqimiy she’rlari bilan birgalikda bayoz holida nashr qilinadi. 50-80-yillarda ko’p martalab nashr qilindi. Shoir lirik merosining salmoqli qismi g’azallar bo’lib, ularning soni 200 atrofida: mavzulari, qisqa qilib aytganda Odam va Olam haqida. Inson – Odamning ma’naviy dunyosi, mehri va qahri haqida, olamning obodligi, betimsolligi, olam va odam munosabatlari xususidadir. Furqat birinchi navbatda Navoiy va Fuzuliyni o’ziga ustoz deb biladi. Ko’proq shulardan ilhom oladi. Ba’zan bu ilhom mavzu va ohang uyg’unligi darajasiga ko’tariladi. O’z ijodining boshida uning yozgan g‘azallari mumtoz adabiyot namunalariga xos latif lavhalardan iboratligi haqida akademik Aziz Qayumov tomonidan uning g’azallarini nashrga tayyorlagan adabiyotshunos A.Turdialiyevning “Muhabbat yo’lida” nomli she’riy to’plam so’zboshisida e’tirof etiladi. Unda yor go’zalligi,uning nafosatli surati, bezaklarining o’ziga yarashganligi,dilni maftun etuvchi fudunkor chiroyi o’z aksini topgan,-deydi olim.Keyinchalik o’lkaning Rossiya chorizmi tomonidan bosib olinishi, mamlakatda yuz bergan moddiy va ma’naviy xonavayronliklar Furqat ijodiga siyosiy yo’nalish beradi. Furqat mumtoz lirikamizning g‘azal, muxammas, masnaviy, musaddas, musabba’, mustazod kabi janrlarida ijod qilgan iste’dodli shoir, tarjimon, publitsist,o’z xalqining ma’rifatparvar farzandi sifatida ma’naviyatimiz, adabiyotimiz tarixida o’z munosib o‘rniga egadir.
Ta’kidlab o’tganimizdek, Furqat o‘zbek adabiyotida mashhur g‘azalnavis shoir sifatida qadrlanadi. Shoirning bir qator g‘azallari aruz vaznidagi mumtoz lirikamizning go‘zal namunalari hisoblanadi.Jumladan:
Yashnab o’tsang lolagun xil’at kiyib, aylab shitob,
Tushmag’aymu rasa ahlin jonlarig’a pechu tob.
Volai ruxsoring, ey, gul, gulshan ichra andalib,
qng emas, shavqing o’tida o’rtanib bo’lsa kabob.
Saltanat Misri Azizi sen malohat taxtida,
Yusufi Kan’on g’uloming xaylida tobti hisob.
Fosh o’lur olamg’a oxir lam’ai mehri ruhing,
Mohro’lar ayladilar zarra yanglig’iztirob.
Javr etib, boqmay tag’oful etganing yetmasmudi?
Yuz shikanj aylab, taxi qoshingni aylarsen itob.
Oyu kun tokim falakning toqida ravshan erur,
Tug’madi davron anosi sen kabi olijanob.
Nomi neking nazmidin o’ldi jahong’a muntashir,
Necha ming nokom bo’ldi Furqatiydek komyob.
G’azaldagi baytlar soni 7 tani tashkil etgan. Qofiyalanish tartibi: a-a, b-a, d-a, s-a va hokazo. Ushbu g’azal aruzning ramal bahrida yozilgan. Ramal bahri ruknining chizmasi quyidagichadir: -V - - (cho’ziq, qisqa, cho’ziq, cho’ziq). Bu rukn foilotun deb ataladi. Bir nuqtaga e’tibor bering: fo – cho’ziq, i – qisqa, lo – cho’ziq, tun – qisqa. foilotun-foilotun-foilotun-foilun: -V- - -V- - - V- - - V- Mazkur vazn dastlabki uch ruknning foilotun, so’nggi to’rtinchi ruknning foilun tarzida kelishidan yaralgan. Ya’ni vaznning taqtiyi: foilotun foilotun foilotun foilun Demak:1) ruknlar ramal bahriga tegishli; 2) ruknlarning baytdagi soni to’rtta. Bu arab tilida musamman (sakkizlik) deyiladi; 3) oxirgi hijo tashlab yuborilgan, ya’ni mahzuf. Endi biz tahlil qilgan g’azalning vazni quyidagi nomga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin: ramali musammani mahzuf. Ramal bahri turkiy she’riyatda eng ko’p qo’llanilgan bahr bo’lib, deyarli barcha shoirlar ijodida yetakchi o’rinda turadi. «Ramal» so’zi arabcha «tuyaning lo’killashi», «bo’yra to’qish» degan ma’noni anglatadi.Ramal bahri foilotun asliy ruknining bayt tarkibida turli holatlarda takrorlanishidan hosil bo’ladi.G’azalning g’oyaviy mazmuniga kelinadigan bo’lsa, ushbu g’azal ishqiy-intim lirikaning ajoyib namunasi bo’la oladi.
Lug’at:
Andalib- bulbul
lolagun- loladek qizil, alvonrang
shitob-tezlik, sur’at
xil’at- yaxshi kiyim, sarpo
pechu tob- o’ralish, qaytmoq
vola- hayron, maftun
g’ulom- qul
xayl- guruh, qo’shin, to’da ham ot
Misri Azizi- Misr hukmdori Aziz( “Yusuf va Zulayho” da tilga olinadi)
Yusufi Kan’on- Kan’onlik Yusuf, Ya’qub payg’ambarning o’g’li
Lam’a- yolqin, porloqlik
Mohro’- oy yuzli
Tag’oful- g’aflatda qolish
Shikanj- bukilish, buralish, soch uchining qo’ng’iroq bo’lib turishi
Taxi qoshing- qoshingning chiziqlari
Itob- chimirmoq
Falak toqi- osmonning yuzi
Nomi nek- yaxshi nom
Muntashir- hammaga ma’lum, tarqalgan
kom- bahra, maqsad, istak
komyob- bahramand, maqsadiga erishgan
***
Tabassum birla chiqdi gulruhim guldin savol aylab,
Qillbon g’unchani xomush ham bubulni lol aylab.
Tamoshog’a chiqib erdi ko’rarg’a qaddini shamshod,
Surubon raxshi nozi o’tdi oni poymol aylab.
Ko’rub har oy boshin jonimni qurbon aylasam, tong yo’q,
Hiloli iyd yanglig’ yuz uza qoshin xayol aylab.
Sabo mashshotasi ko’b ham mutarro qilmasin zulfin.
Parishon ayladi ko’nglum, meni oshiftahol aylab.
Chekib surma qaro nargislarig’a, ayladi oro,
Meni o’ldirdi oxir g’oza birla yuzg’a xol aylab.
Fano bo’ldi muhabbat dashtida ko’b po’ya qilmoqdin,
Sevindmng doimo, Furqat, tamannoyi visol aylab.
G’azaldagi baytlar soni 6 tani tashkil etgan. Qofiyalanish tartibi: a-a, b-a, d-a, s-a va hokazo. Ushbu g’azal aruzning hazaj bahrida yozilgan. Hazaj bahri ruknining chizmasi quyidagichadir: V - - - (qisqa, cho’ziq, cho’ziq, cho’ziq). Bu rukn mafoiylun deb ataladi. Bir nuqtaga e’tibor bering: ma – qisqa, fo – cho’ziq, iy – cho’ziq, lun – cho’ziq. mafoiylun-mafoiylun- mafoiylun-mafoiylun: V- - - V- - - V- - - V- - Demak: Ruknlar soni sakkizta. Har ikkala misradagi ruknlar to’liq, tashlab yuborilmagan, bu holat solim (sog‘lom) deyiladi. Ruknlar soni sakkizta ekanligini hisobga olib bayt vaznini nomlasak, uning hazaji musammani solim ekanligi ma’lum bo’ladi. Ushbu g’azalning g’oyaviy mazmuniga kelinadigan bo’lsa, bu ham ishqiy-intim lirikaning ajoyib namunasi bo’la oladi.
Lug‘at
Shamshod- daraxt
Raxsh-ot
Hilol-oy
Iyd-hayit
Mashshota- pardozchi, oro beruvchi
mutarro- yangi bezalgan,taralgan
oshifta- bog’langan, berilgan
nargis-ko’z ma’nosida
g’oza- qizil rangli upa
fano-yo’qlik
po’ya-o’rtacha tezlikda yurish, yo’rtish

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Furqat ijodini o'rganar ekanmiz, undagi janrlar xilma xilligi va rang-barangligini kuzatishimiz mumkin. Furqat, avvalambor, lirik shoirdir. Uning ijodida g'azal, muxammas, musaddas, manzuma, masnaviy kabi janrlar yetakchi o'rin egallaydi. Shuningdek, uning asarlari orasida muxammaslar alohida o'rin tutadi. Shoir ijodini o'rganish davomida u yaratgan lirik qahramonning eng muhim xususiyati- hayotni sevishi ekanini kuzatishimiz mumkin. U hayotga doim yaxshi tomondan qarashga, uning go‘zalliklaridan bahra olishga intiladi. Yor-mashuqa, va uning husn-u latofati, noz-u karashmalari haqidagi qo'shiq shu hayot go'zalliklarining timsoli sifatida namoyon bo'ladi.
Shoir tarjimayi holini o'rganar ekanmiz, u umrining ko'p qismini Vatandan olisda, yurt sog'inchi va diydor ilinji ila o'tkazganiga guvoh bo'lamiz. Taqdir taqozosi va davr o'yinlari bois shoir yurtidan olislarda yashashga majbur bo'ladi. Bu holdan chuqur qayg‘uga tushgan shoir o‘zini gulzoridan ayrilgan bulbul, oshyonidan judo bo‘lgan ,,murg'i vahshiy ‘‘ deya tasvirlaydi: “Kishi holimni bilmas mehribonimdin adashganman, Vatan ovoradurmen bo'stonidin adashganman, Vatansiz benavodurmen, makonidin adashganman, G'aribi kuyi g'urbat xonumonidin adashganman, Va yo bir murg'i vahshiy oshyonidin adashganman”. Ha, afsuski, bu hayot faqat shodlik va go‘zallikdan iborat emas edi. Zero, dunyo yaralibdiki, bir-biriga qarama-qarshi ikki kuch: yaxshilik va yomonlik, yorug'lik va zulmat hamisha yonma- yon yuradi. Olamga katta umid va ishonch bilan boqqan shoir ham qayta va qayta nohaqlik qurboniga aylanadi. Ko'p mashaqqatlar chekadi. Shoirning bu paytdagi ruhiy holati esa, tabiiyki, misralarida namoyon bo'lmay qolmaydi, albatta. Davr taqozosi bilan Furqat adabiyotimizga yangi zamon jarchisi bo’ldi.Ammo shugina emas, u mumtoz adabiyotimiz an'analarini munosib davom ettirgan shoir bo'lib tarix zarvaraqlariga kirdi.
Furqat - oʼzbek xalqining zabardast shoiri, publist, gʼazalnavs shoir, elshunos olim, mutarjim. Bir qancha asarlari sheʼrlari va publistika yoʼnalishidagi ilmiy asarlari bilan xalqimiz qalbidan,oʼz zamonasining buyuklari qatoridan joy olgan shoirdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Furqat. Muhabbat yo'lida, she’rlar. T., 2009.
2.Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari.Dilnavoz Yusupova.o’quv qo’llanma, T., 2019
3. O. Nosirov, S. Jamolov, M. Ziyoviddinov. O'zbek klassik she’riyati janrlari, Toshkent, 1979.
4. I. Haqqul. G'azal gulshani. Toshkent, 1991.
5. T. Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent, 2001.
6. https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/furqat-1859-1909/
Yüklə 50,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin