Furqatning "Aylab"va"Yashnab o'tsang lolagun xilat kiyib,aylab shitob" g'azallarining badiiy talqin Reja: Kirish I bob. G‘azal haqida qisqacha m a’lumot. G‘azalning shakliy xususiyatlari: qofiya, hajm, matla’, maqta’


G‘azaliyotda yakporalikni yuzaga keltiruvchi vositalar



Yüklə 50,52 Kb.
səhifə4/5
tarix31.01.2023
ölçüsü50,52 Kb.
#82079
1   2   3   4   5
Kurs ishi (5)

2.2.G‘azaliyotda yakporalikni yuzaga keltiruvchi vositalar

G‘azaliyotda yakporalikni yuzaga keltiruvchi xilma-xil vositalar bor: shoir mantiqiy izchillikni ta'minlash uchun bir o ‘rinda biror tushunchani g‘azal markaziga qo‘yib, uni har taraflama izchil tasvirlasa, bir o‘rinda savol-javob usuli yoki tabiat tasviridan foydalanadi, boshqa o‘rinda esa turli poetik timsollarni ishga soladi. Jumladan, Alisher Navoiyning yuqoridagi g‘azalida tadrij san'ati, «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o’lmagim kayfiyati?» deb boshlanuvchi g‘azalida savol-javob usuli, «Har qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur» deb boshlanuvchi g‘azalida esa daryo bilan bog‘liq timsollar mazmuniy yaxlitlikni yuzaga keltiruvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan.Ayrim yakpora g‘azallarda lirik qahramon kayfiyat va kechinmalari muayyan hayotiy voqea bilan bog‘liq holda ham tasvirlanadi. Bunday g‘azallarda boshqa yakpora g‘azallardan farqli o‘laroq mukammal syujet bo’ladi. Yakpora g‘azallar syujetli-syujetsizligiga ko'ra ham ikkiga bo'linadi: 1.Musalsal g‘azallar. 2. Voqeaband g'azallar.


Musalsal so‘zi “zanjirsimon” degan ma'noni bildiradi. Istilohning ma'nosidan ham ko‘rinib turibdiki, musalsal g‘azallar deganda baytlar mazmuni bir-biri bilan zanjirsimon bog‘langan, ammo syujetga ega bo‘lmagan g ‘azallar nazarda tutiladi. Yuqorida tilga olingan Navoiyning har uch g‘azali ham musalsal g‘azalning yetuk namunalaridir.Voqeaband g‘azallarda lirik qahramonning kayfiyat va kechinmalari shu kayfiyat va kechinmalarni yuzaga keltirgan muayyan voqea bilan bog‘liq holda tasvirlanib, o‘ziga xos tugun, voqea rivoji va yechim mavjud bo‘ladi.
Voqeaband g‘azallaming o‘zbek adabiyotida paydo bo‘lishi va inkishofi Alisher Navoiyning nomi bilan bog‘liqdir. Ulug‘ shoirning «Tun aqshom keldi ul gulruh kulbam sori shitob aylab», « O‘tgan kecha men erdimu ul siymtan erdi», «Dayr kuyida bugun asru alolo erdi» deb boshlanuvchi g‘azallari voqeaband g‘azallaming noyob namunalaridir. Keyinchalik Bobur, Ogahiy, Furqat kabi o‘zbek shoirlari ham voqeaband g‘azallar rivojiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Lekin voqeaband g‘azal yozish g‘oyat murakkab bo‘lib, shoirdan juda katta mahorat talab qiladi. - Shuning uchun ham voqeaband g‘azallaming soni Navoiy ijodida to‘rt-besh atrofida bo‘lsa, boshqalarda bir-ikkitadan ortmaydi, ko‘pchilik g‘azalnavis shoirlar esa umuman voqeaband g‘azallar yozgan emas. G‘azal janri g‘oyaviy-tematik jihatdan ham bir qator o‘ziga xosliklarga ega. G‘azal mavzu jihatidan g‘oyat rang-barang va mazmunga boydir. Atoqli navoiyshunos A.Hayitmetov o‘zining «Navoiy lirikasi» nomli tadqiqotida g‘azallaming quyidagi g‘oyaviy-tematik guruhlari borligini ko‘rsatadi:
l.Ishqiy g‘azallar.
2.So‘fiyona g‘azallar.
3.Мау mavzuidagi g‘azallar.
4.Hajviy g‘azallar.
5.Falsafiy g ‘azallar.
6.Vatanparvarlik mavzuidagi g'azallar.
7.Peyzaj, g ‘azallar.
O‘zbek adabiyotshunosligida g ‘azal haqida maxsus tadqiqot yaratgan professor Odiljon Nosirovning tasnifi ham mazkur tasnifga juda yaqin:
l.Oshiqona g ‘azallar.
2.Orifona g-‘azallar.
3.Rindona g ‘azallar.
4.Hajviy g ‘azallar.
5.Axloqiy-ta'limiy g'azallar.
6.Peyzaj g ‘azallar.
7.Publitsistik g ‘azallar.


Yüklə 50,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin