Furqatning "Aylab"va"Yashnab o'tsang lolagun xilat kiyib,aylab shitob" g'azallarining badiiy talqin Reja: Kirish I bob. G‘azal haqida qisqacha m a’lumot. G‘azalning shakliy xususiyatlari: qofiya, hajm, matla’, maqta’


G ‘azal kompozitsiyasi: parokanda va yakpora g‘azallar



Yüklə 50,52 Kb.
səhifə3/5
tarix31.01.2023
ölçüsü50,52 Kb.
#82079
1   2   3   4   5
Kurs ishi (5)

1. 2. G ‘azal kompozitsiyasi: parokanda va yakpora g‘azallar.
G‘azal baytlari orasidagi mazmuniy aloqadorlik ham muhim masalalardan biridir. G‘azal baytlari orasidagi mazmuniy aloqadorlikning muayyan ko‘rinishi uning turli kompozitsion tiplarini yuzaga keltiradi. Baytlararo mazmuniy aloqadorlik ikki xil bo‘lib, g‘azallar kompozitsion jihatdan ikki turga bo‘linadi: 1.Parokanda g‘azallar. 2.Yakpora g‘azallar.
Parokanda so‘zi “tarqoq, sochilgan” degan ma'nolami bildiradi. Parokanda g‘azallarda boshdan-oyoq yagona fikr, kechinma yoki holat tasvirlanmaydi. Har bir bayt mazmunan mustaqil boiib, avvalgi bayt keyingi baytning mazmunini belgilamaydi. Yagona kechinma yoki holat tasvirining yo‘qligi sababli parokanda g‘azallardagi baytlarning o‘rni almashtirilsa yoki biror bayt tushib qolsa ham, g‘azalning umumiy mazmuniga unchalik putur yetmaydi. Albatta, matla' va maqta' bundan mustasnodir. Chunki matla'dagi misralar o‘zaro qofiyadosh bo‘lsa, maqta'da shoirning taxallusi keladi.Atoiyning “Jamoling vasfini qildim chamanda” deb boshlanuvchi g‘azali parokanda g ‘azalning ajoyib namunasi bo‘la oladi:
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyattin anjumanda.
Tamanno qilg ‘ali la’lingni ко ‘nglum,
Kishi bilmas onikim qoldi qanda.
Chu jonimdin aziz jonona sensan,
Kerakmas jon mango sensiz badanda.
Manga ul dunyada jannat na hojat,
Eshiking tuprag‘i basdur kafanda.
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bukun Ya'qubdek baytul hazanda.
Uzun sochingdin uzmasman ко ‘ngulni,
Oyog ‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg'a banda.
G‘azal muhabbat mavzuida bo‘lib, oshiqning ma'shuqaga nisbatan otashin sevgisi tasviri g ‘azal mazmunini tashkil qiladi. Ammo har bir baytda qandaydir mustaqillik, alohidalik seziladi, ya'ni keyingi bayt oldingi bayt mazmunining davomi emas. Baytlar mazmunini qisqacha ifodalasak, quyidagi manzara hosil bo‘ladi:
1-bayt: sening jamoling guldan go‘zal.
2-bayt: la'l lablaringni ko'nglim orzu qiladi.
3-bayt; sensiz hayot kerak emas.
4-bayt: eshiging tuprog‘i jannatdan afzal.
5-bayt: meni tashlab ketma.
6-bayt: boshim uzun sochingga fido.
7-bayt: men sarvi qadding bandasiman.
Ko‘rinadiki, har bir baytda g‘azalning asosiy mavzusi bo‘lgan muhabbat bilan bog‘liq masalalaming ma’lum bir tomoni ochiladi, hatto bir qarashda tasodifiy fikr-mulohazalar keltirilganday tuyuladi. Shunday holni boshqa o'zbek shoirlarining ko‘pgina g ‘azallarida ham ko‘rish mumkin.

II.BOB.G‘AZALNING G‘OYAVIY-MAVZU JIHATDAN TURLARI: OSHIQONA G‘AZALLAR, ORIFONA G‘AZALLAR, RINDONA G ‘AZALLAR, HAJVIY (SATIRIK VA YUMORISTIK) G‘AZALLAR, AXLOQIY-TA'LIMIY G‘AZALLAR, PEYZAJ TASVIRLANGAN G‘AZALLAR, PUBLITSISTIK G‘AZALLAR.
1.1.G‘azalning g‘oyaviy-mavzu jihatdan turlari: oshiqona g‘azallar,
orifona g‘azallar.
G‘azalning kompozitsion jihatdan ikkinchi turi yakpora g‘azallardir. Yakpora so‘zi butun, yaxlit degan ma'nolami bildiradi. Yakpora g‘azallarda baytlararo munosabat parokanda g ‘azallaming aksi bo‘lib, matla'da biror kechinma yoki holat qalamga olinadi-da, keyingi baytlarda ana shu kayfiyat va kechinma yoki u bilan bog‘liq masalalar izchil tasvirlanadi. Yakpora g ‘azallardagi har bir bayt o ‘zidan avvalgi baytning bevosita davomi boiib, g‘azaldan biror baytni olib tashlash ham, baytlaming o ‘mini almashtirish ham mumkin emas. Agar shunday hoi sodir bo‘lsa, baytlarni mantiqiy jihatdan bog‘lab turgan ip uzilib, g ‘azal mazmunida g‘alizlik yuzaga keladi.Alisher Navoiyning quyidagi g ‘azalini ko‘rib chiqaylik:
Yordin ayru ко ‘ngul mulkedurur sultoni yo‘q,
Mulkkim sultoni yo‘q, jismedururkim, joni yo‘q.
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qaro tufrog ‘dekdurkim, gulu rayhoni yo‘q.
Bir qaro tufrog ‘kim, yo 'qdur gulu rayhon anga,
Ul qorong ‘u kechadekdurkim, mahi toboni yo‘q.
Ul qorong ‘u kechakim, yo ‘qdur mahi tobon anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashmai hayvoni yo‘q.
Zulmatekim, chashmai hayvoni oning bo‘lmag‘ay,
Do'zaxedurkim, yonida ravzai rizvoni yo’q.
Do'zaxiykim, ravzai rizvondin ulg ‘ay noumid,
Bir xumoriydurkim, anda mastlig‘ imkoni yo‘q.
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor
Hajrdin dardi va lekin vaslidin darmoni yo‘q.
Ushbu g ‘azal baytlari orasidagi aloqani kuzatsak, quyidagi holat ko‘zga tashlanadi:
1-bayt: a) Yorsiz ko‘ngil - sultonsiz mulk; b) sultonsiz mulk - jonsiz j ism; 2-bayt: jonsiz jism - rayhonsiz tuproq; 3-bayt: rayhonsiz tuproq - oysiz kecha;4-bayt: oysiz kecha obi hayot chashmasi boMmagan zulmat; 5-bayt; obi hayot chashmasi bo‘lmagan zulmat - jannat bog‘idan uzoq turgan, do‘zaxiy;6-bayt: jannat bog‘idan umidsiz do‘zaxiy - maysiz xumoriy;7-bayt: lirik xotima: Navoiyning hajrdan dardi bor-u, lekin vasldan darmoni yo‘q. Ushbu g‘azalning markaziy masalasi «yordan ayru ko‘ngul»ni tasvirlash. Shoir dastlab «yordan ayru ko‘ngul»ni sultonsiz mulkka o'xshatadi. So‘ngra esa sultonsiz mulk jonsiz jismga, o ‘z navbatida jonsiz jism rayhonsiz qora tuproqqa, rayhonsiz qora tuproq oysiz tunga, oysiz qora tun obi hayot bo‘lmagan zulmatga, obi hayot bo‘lmagan zulmat jannat bog‘idan yiroq do‘zaxiyga, jannat bog‘idan yiroq do‘zaxiy maysiz xumoriyga o‘xshatilib, maqta'da lirik xotima qilingan: oshiq (Navoiy) ning hajrdan dardi bor-u, lekin vasldan darmoni yo‘q.Ushbu g‘azal baytlari xuddi zanjir halqalari singari bog‘lanish hosil qilgan. Bordiyu g‘azaldan biror bayt olib tashlansa yoki baytlaming о‘mi almashtirilsa, mazmuniy rishta zanjir halqalari singari uzilib ketadi.O‘zbek adabiyotida yakpora g‘azallar Lutfiy ijodida shakllana boshladi va Navoiy ijodida kamolga yetdi, keyinchalik go‘zal bir an'anaga aylanib, Bobur, Mashrab, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa shoirlar tomonidan davom ettirildi.


Yüklə 50,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin