Furqatning "Aylab"va"Yashnab o'tsang lolagun xilat kiyib,aylab shitob" g'azallarining badiiy talqin Reja: Kirish I bob. G‘azal haqida qisqacha m a’lumot. G‘azalning shakliy xususiyatlari: qofiya, hajm, matla’, maqta’


I BOB. G‘AZAL HAQIDA QISQACHA M A’LUMOT. G‘AZALNING SHAKLIY XUSUSIYATLARI: QOFIYA, HAJM, MATLA’, MAQTA’;G‘AZAL KOMPOZITSIYASI: PAROKANDA VA YAKPORA G‘AZALLAR



Yüklə 50,52 Kb.
səhifə2/5
tarix31.01.2023
ölçüsü50,52 Kb.
#82079
1   2   3   4   5
Kurs ishi (5)

I BOB. G‘AZAL HAQIDA QISQACHA M A’LUMOT. G‘AZALNING SHAKLIY XUSUSIYATLARI: QOFIYA, HAJM, MATLA’, MAQTA’;G‘AZAL KOMPOZITSIYASI: PAROKANDA VA YAKPORA G‘AZALLAR.
1.G‘azal haqida qisqacha ma’lumot
O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi adabiy tur va janrlar tarixini ham o‘z ichiga oladi. Adabiy jarayon ma’lum adabiy tur va janrlarni vujudga keltiradi, ulami shakllantiradi. Adabiy tur va janrlar taraqqiyotida ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning beqiyos o ‘rni bor. Shoir ijodiyoti bilan o‘zbek nazmi ham, o‘zbek nasri ham kamol topdi, tur va janrlar jihatidan boyidi. Lirikada - g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarkibband, tarje’band, soqiynoma, qasida, ruboiy, qit’a, tuyuq, fard, muammo, chiston, lug‘z va boshqa janrlar yaratildi. Bu janrlar doirasining kengayishi va takomilida hazrat Alisher Navoiychalik hech kim xizmat qilmagan, ularni yangi taraqqiyot pog‘onasiga olib chiqmagan. Alisher Navoiy kabi keyingi atoqli so‘z san’atkorlari, jumladan Bobur, Mashrab, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Erkin Vohidov kabilar mavjud janrlarning yanada rivojlanishi, ulaming yangi g‘oyaviy-estetik mohiyatga ega bo‘lishi hamda yangi adabiy janrlarning vujudga kelishida muhim hissa qo‘shganlar.
G’аzаl ko’pginа shаrq аdаbiyotlаridаgi singаri o’zbek аdаbiyotidаgi аsоsiy she’riy jаnrni tаshkil etgаn. Shоirlаr she’rlаrini to’plаb , devоn tuzgаnlаridа, undаn sаlmоqli o’rinni g’аzаllari egаllаgаn. G‘azal arabcha so‘z bo‘lib, “ayollarga xushomad qilmoq”, “oshiqona munosabatda bo‘lmoq” degan ma’noni bildiradi. «Bilki, g'azal Iug‘atda ayollarga do‘st bo‘lishga intilish demakdir», - deb yozadi XIX asrda yashagan hindistonlik olim Qobul Muhammad «Haftqulzum» nomli asarida. G‘azal lirik turning Sharq adabiyotida eng ko‘p tarqalgan va eng mashhur janri bo‘lib, o ‘ziga xos qofiyalanish, taxallus qo‘llash, hajm, kompozitsiya va g‘oyaviy-tematik xususiyatlarga ega.Odatda g ‘azalning dastlabki ikki misrasi o‘zaro qofiyalanib, qofiyalangan bayt matla' yoki mabda' deyiladi. Undan keyingi baytlaming toq misralari ochiq qolib, juft misralar matla' bilan qofiyadosh bo ‘ladi.
Oxirgi bayt maqta’ deb ataladi va aksar hollarda maqta'da (ba'zan undan oldingi baytda) shoirning taxallusi keladi. Masalan, yetti baytli g‘azalning qofiyalanish tartibi quyidagicha bo'ladi: a-a, b-a, v-a, g-a, d-a, e-a, j-a. Ba’zan g ‘azallar taxallussiz boiishi ham mumkin. Masalan, Navoiy devonidagi 27 ta g‘azalda taxallus uchramaydi. «G‘azalning chegarasi 11 baytdir», deb yozadi Qobul Muhammad. Ammo o‘tmish va keyingi davrlarda yozilgan g ‘azallar ko‘zdan kcchirilsa, g‘azallar besh baytdan o ‘n besh baytgacha b o ‘lishi ko‘zga tashlanadi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, g ‘azallaming aksariyati 7 va 9 baytli g'azallardir. Masalan, Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy» devonidagi 2600 g ‘azaldan 1747 tasi 7 baytli, 695 tasi 9 baytli g ‘azallardir.


Yüklə 50,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin