Franklarning ijtimoiy tuzimi va davlatning tashkil topishi mavzusini o’rganish


Franklar imperiyasi Karl Buyuk vafotidan keyin



Yüklə 158,5 Kb.
səhifə6/7
tarix20.09.2023
ölçüsü158,5 Kb.
#145987
1   2   3   4   5   6   7
1. Buyuk Karl imperiyasi va Franklar davlati

Franklar imperiyasi Karl Buyuk vafotidan keyin.

Karl Buyuk 814 yil 72 yoshdia vafot etadi va umrining so’ngi kunida poytaxt Axen shaxriga ko’miladi. Karl Buyuk vafotidan keyin imperiya o’zining avlodlari o’rtasida tojtaxt talash kengayadi. Uchar bobosi tashkil etgan imperiyaning yagonaligini saqlay olmaydi. Nixoyat 843 yili nevaralari o’rtasida uch qismga bo’linadi. Lotarga xozirgi Italiyaga qarashli Lyudovikga xozirgi Germaniyaga qarashli Karlga xozirgi Franyasiyaga qarashli erlarning asosiy qismi tegdi. Imperatorlik unvoni Lotarda saqlanib qolsada lekin u ukalariga nisbatdan xech qanday maxsus xuquqga ega emas edi. Ukalarining xar biri o’z xolicha batom mustaqil qirol bo’lib qoldi.


Verden sulxining 843 yil tarixdagi eng katta axamiyati bu evropada uchta yangi Fransiya. Italiya va Germaniya faeodal davlatlarning paydo bo’lishini rasmiylashtirishi bo’ldi.


2.3.Buyuk Karl imperiyasi va Franklar davlati” mavzusini o’qitishda interfaol metodlaridan foydalanish
Mustaqil Vatanimizda shakllanayotgan milliy g’oya bosh Qomusimizda e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishining yuqori bosqichlariga ko’tarish, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashiga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur maqsadlarning ijobiy natijalarga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko’lamioni hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Vatanimizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashimizga bog’liqdir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz”28. Bunday ulug’ maqsadni amalga oshirish sohasidagi vazifalar “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham belgilab olingan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 9 sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda muvaffaqiyatli tatbiq etib kelinayotgan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida ham barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jatumanining mohiyati to’laqonli tarzda ochib berilgan. Malakali kadrlar tayyorlash jatumanining har bir bosqichi o’zida ta’lim jatumanini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirish lozim. Xususan, mazkur jatumanning uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi y illar)da “... ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash, o’quv tarbiya jatumanini yangi o’quv uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash”29 kabi dolzarb vazifalar ijobiy xal etilmog’i lozim30.
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli xal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog o’qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalari va interfaol metodlari mohiyatidan xabardorliklari hamda ulardan ta’lim jatumanlarida samarali qo’llay olishlari, shuningdek, ta’lim jatumanini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondoshuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda yurtimiz ta’lim muassasalari faoliyati jatumaniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirishga qaratilgan harakat jahonning bir qator yetakchi tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Jumladan, AXELS, IREX, JICA hamda KOICA kabi tashkilotlar tomonidan olib borilgan faoliyat o’zining samaradorligi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Keyingi yillarda yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlarning ko’magi va rag’bati asosida Respublikamizning bir qator yetakchi oliy o’quv yurtlari qoshida innovasion (pedagogik texnologiya) markazlar tashkil etildi. Mazkur markazlar tomonidan tashkil etilgan ilmiy seminar, qisqa va uzoq muddatli kurslarda oliy o’quv yurtlari, akademik loisey va kasb hunar kollejlari hamda ummuiy o’rta ta’lim maktiablarining pedagog xodimlari ishtirok etib, pedagogik texnologiya va undan ta’lim jatumanlarida foydalanish borasidagi nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’ldilar.
Busiz ma’nan yetuk insonni shakllantirib bo’lmaydi. Mana shu olamning yaratilishida ustoz muallimlarning o’rni beqiyosdir. O’qituvchi tarixning asosiy ijodkorini, yaratuvchisini, yaratuvchisi ekanligini anglab etgan va muhimi o’z vatani, uning taraqqiyoti uchun mas’ul insonni tayyorlaydi. Mazkur jatuman maxorat bilan boshqarilsa, insonning o’zligini anglash uchun negiz yaratiladi, beriladigan bilimlar esa asosiy vosita hisoblanadi. Agar shunday bo’lmasa ta’lim o’zining asl qimmatini yo’qotadi. Shuning uchun ham o’qituvchi darsning ijodkori, u tayyor texnologiyalarning oddiy ijrochisiga aylanmasligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’z yo’lini, izlanishi va zakovatini namoyon etib, faoliyatga kirishishi lozim. Zero, “Zargarning o’z hunariga ishqi, - deb yozgan edi Jaloliddin Rumiy, - moddaning haqiqiy sifatlarini anglashga, binobarin unga ishlov berishning usul va vositalarini egallab olishga yetaklaydi. Bu jatuman zargar uchun o’z o’zini anglash jatumani hamdir”31. Darhaqiqat, inson qaysiki kasb sohibi bo’lishidan qat’iy nazar o’z ishiga, mashg’ulotiga qunt bilan, mehr bilan yondashsa, uning butun sir asrorini, usul va vositalarini mukammal egallaydi, shu bilan birga o’z-o’zini anglaydi, shu sohada kamol topadi. O’qituvchi kimni o’stirsa, tarbiyalasa o’zi ham o’sadi, ulg’ayadi, donishmandlik kasb eta boradi.
Ta’lim texnologiyasi bu – ta’lim maqsadiga erishish jatumanining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jatumanini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishi yo’lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jatumanini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi – o’quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishini ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jatumanining mazmunidir32.
Pedagogik texnologiya o’zida quyidagi xususiyatlarni mujassam etadi:
1. Pedagogik texnologiya pedagogik jatumanni takomillashtirish, optimallashtirishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
2. Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek, ta’lim – tarbiya jatumanini samarali, maxoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo’ladi.
3. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jatumanining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jatumandir.
4. Pedagogik texnologiya yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.
5. Pedagogik texnologiya – shaxsiylik xususiyatiga ega bo’lib, muayyan texnologiyalarni ta’lim – tarbiya jatumanida qo’llashga nrisbatan yagona, qat’iy, me’yoriy talablar qo’yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat yuritayotgan ta’lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarni inobatga olgan xolda muayyan texnologik yondoshuvni amalga oshirish imkuoniyatiga ega.
6. Pedagogik texnologya o’zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti) birligini ifoda etadi33.
Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun poydevor bo’lgan pedagogik jatumanni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, o’quvchining mustaqilligini ta’minlash, o’qitish jatumanida texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat.


Xulosa
VII asrning oxiri - VIII asrning boshlarida Frank davlati butunlay parchalanib ketdi. Pipin Geristalskiyning galaba kozongan bo`lishiga qaramay, Neystriya va Burgundiya magnatlari hali ham o’zlarining markaziy xoqimiyatga u qadar karam emas, deb xis kilar edilar. Akvitaniya qirollikdan tamoman ajralib chiqdi va Avstraziya gersogi Akvitaniyaning xoqimiyatini tan olmadi. Reynning narigi tomonidan qabilalar – allemanlar, frizlar, sakslar va bavarlar ham ajralib chiqdi. Janubi – g’arbda arablar xavf tugdira boshladilar, xatto VIII asrning 20 – 30 yillarida butun Frank davlati arablar tomonidan to`g`ridan – to`g`ri bosib olinish xavfi ostida qoldi. Lekin yangi dinastiya ana shunday og`ir bir sharoitda qirollikning harbiy kuchlarini kaytadan tashkil etib, tashqi dushmanga zarba berishga muvaffak buldi. Bu dinastiya yanada feodallashgan zodagonlarning ta’sirini cheklash hamda O’rta va mayda harbiy xizmatchilarga suyanib turib, qirollikni bir qadar, markazlashtirishga harakat qildi.34
Pipin Geristalskiyning ugli Karl Martell (“Tukmok”) mayordom-gersog sifatida 715 yildan idora qildi. U gayratli va iste’dodli lashkarboshi edi. Avstraziyaning O’rta va mayda er egalaridan iborat bo`lgan o’z drujinachilariga suyanib turib, u Neystriya aristokratiyasining oppozisiyasini o’zil-kesil tor-mor qildi, sungra frizlar, sakslar, allemanlar va bavarlarga qarshi muvaffaqiyatli yurishlar qilib, Reynning narigi tomonida frank davlatini tikladi. Bu qabilalarining hammasi franklarda yana xiroj to`laydigan buldi.
Harbiy ishning reforma qilinishi munosabati bilan Karl Martel er soxasida alohida siyosat yurgizdi. Yaxshi qurollangan va moddiy jixatdan yaxshi ta’minlangan otlik askarlar zarur bo`lganligi sababli, Karl Martell davlat fondiga karashli erlardan (bu fond yangi istilolar va isyon kutargan zodagonlarning erlarini musodara qilish natijasida kengayib ketgan edi) harbiy benifisilar deb atalgan er uchastkalari berishni keng suratda kullandi. Bu benefisiylar harbiy xizmatni utash sharti bilan umrbod foydalanish uchun beriladigan O’rtacha va mayda pomestelar edi. Shu bilan keyinrok borib paydo bo`lgan mayda pomesteli risarlarning vujudga kelishi uchun asos solindi. Harbiy xizmat utovlariga davlat fondiga karashli erlardan uchastkalar berish bilangina cheklanmasdan, Karl Martell shu maqsad uchun cherkov erlaridan ham kisman foydalandi. U o’ziga qarshi kutarilgan qo’zgolonlarda dunyoviy zodagonlar bilan birlikda katnashgan episkop va abbatlarning pomestelarini musodara qildi. Neystriyada va Akvitaniyada bunday ruxoniy er egalari ko`p edi. Ruxoniylardan musodara qilib olingan erlar ham benifisiylarga aylantirildi. G’arbiy Yevropa tarixida bu narsa birinchi marta utkazilgan katta sekulyarizasiya edi, ya’ni cherkov mulkini tortib olib, dunyoviy kishilar qo`liga topshirish edi.35
Karl Matellning taxt vorisi Pipin III Pakana ham (741-768) avval faqat mayordom unvoni bilan yurdi. Meroving korollari odatdagi tartib bilan biri o`rniga ikkinchisi kelib turdi, lekin ular davlatni idora qilib turishda xech biri katnashmas edi. Pipin xoqimiyat tepasiga kelishi bilanok papalar bilan dustona munosabat urnatishga harakat qildi. Xuddi shuning uchun u cherkov erlarini sekulyarizasiya qilishdan bosh tortdi. Yana shu maqsadda Pipin Reynning narigi tomonidagi papa missionerlariga turli yullar bilan yordam berdi. Allemanlar, frizlar va sakslar O’rtasida xristianlikning targib qilinishi butun G’arbiy Yevropa o’z xoqimiyatiga buysundirish payida bo`lgan papalarga ham, Reynning narigi tomonidagi territoriyalarda maxkam urnashib olishga harakat qilgan frank xukmdorlariga ham foydali edi.36
751 yilda Suasson shaxrida frank zodagonlari yigilishida Pipin frank qiroli deb e’lon kilindi. Oradan ko`p vaqt utmay, G’arbiy Germaniyadagi frank missionerlarining ishiga boshchilik qilib to`rgan Mayns arxiepiskopi Bonifasiy papaning buyrugiga muvofik Pipinni qirol deb tanish marosimini utkazdi. Shunday qilib, yangi dinastiya cherkovidan o’ziga kerakli sanksiya olishga muyassar buldi. Langobardlarni tor-mor qilib, Pipin papa Stefan II ga (752-757) Ravenna Yekzarxatini va Rim oblastini «xadya» qildi, ya’ni papaning O’rta Italiyadagi erlarini ham o’z ichiga olgan juda katta bir territoriyaga o’zil-kesil mustaqil dunyoviy xukmdor bo`lib olishga yordam berdi. Shu tarika VIII asrning O’rtalarida Yevropada cherkov papa davlati vujudga keldi, davlat butun O’rta asrlar tarixi davomida katta rol uynaydi va xatto yangi (1870 yilgacha) va eng yangi zamonda ham saqlanib qoldi (Rim shaxrining bir qismini egallagan xozirgi papa «davlati» - Vatikandir, u 1922 yildan beri yashab kelmokda).37
Shu narsa xrakterliki, frank qirolligi bilan bo`lgan muzoqaralarda papalar odatda, Rim oblastini Rim episkoplariga IV asrda Konstantin Buyuk xadya qilgan, binobarin, frank qiroli ilgaridan «qonuniy suratda» papaga karashli bo`lgan narsani uning o’ziga «kaytarib beryapti» xolos, der edilar. Papalar bilan yangi frank dinastiyasi O’rtasida mustaxkam ittifoq vujudga keldi, bu ittifoq har ikki tomonning bir – biridan chinakam manfaatdorligiga asoslangan edi. Otasiga uxshash Pipin ham Reynning narigi tomonida va Akvitaniyada urushlarni davom ettirdi. Uning zamonida arablar Janubiy Galliyada butunlay sikib chikarildi. Pipin o’z siyosati bilan frank qirolligining ravnak topishi uchun zamin tayyorladi. Uning ugli Karl Buyuk davrida Frank davlati imperiyaga aylandi38

Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin