Franklarning ijtimoiy tuzimi va davlatning tashkil topishi mavzusini o’rganish


Franklar feodal davlatning paydo bo’lishi. Buyuk Karl imperiyasi



Yüklə 158,5 Kb.
səhifə3/7
tarix20.09.2023
ölçüsü158,5 Kb.
#145987
1   2   3   4   5   6   7
1. Buyuk Karl imperiyasi va Franklar davlati

2.Franklar feodal davlatning paydo bo’lishi. Buyuk Karl imperiyasi
Merovyning o’g’li Xilperik franklarni 437 yildan 481 yilgacha boshqargan. Tarixchi Griogriy Turskiy ma’lumotiga qaraganda Xilperik juda dbdabozlik o’ch bo’lgan va o’zi qo’l ostidagilarning qizlariga sharafsiz qilgan. Uning keyingi qilig’idan g’azabga to’lganlar uni taxtdan tushirganlar. Jabrlanganlarning uni o’ldirishga axd qilganlarni eshitib Xilperik Tyuringiyada yashirinishga majbur bo’ldi. Franklar uning o’rniga Rim hukumati tomonidan qo’mondon qilib yuborilgan Egidiyni qirol qilib sayladilar. Vaqtlar o’tishi bilan Xilperik Tyuringyadan qatib keldi va taxtga qaytadan chiqadi.10
Vataniga qaytib kelgach Xilperikumrining oxirigacha rimliklarning sodiq ittifoqchisi bo’lib qoldi. U Egidiy qo’mondonligidan arimiyani u o’lgandan so’ng uning o’g’li Siagokya boshchiligidangi arimyani vestoglarga va saksonlarga qarshi rimliklarga yordamga yubordi.11
1653 yilda turie yaqinida Xilperik qabri topilgan. Qabrdan uning tasviri aks ettirilgan uzuk qurollar, qimmatbaxo buyumlar oltin bilan bezak berilgan to’q qizil rangli kiymlar, Konstantinopol imperratorlarning tasviri tushirilgan oltin tangalar topildiki bu bir tomonidan Xilperikning varvarlarga xos dabdaba bilan yashaganligini ko’rsata ikkinchi tomonidan uning faqat sali franklari o’rtasida emas, balki umuman Shimoliy Galliyada katta ta’sirga ega bo’lganligini ko’rsatadi.
Ammo biz Xilperikni butun sali franklarning yagona qiroli deya olmaymiz ularda bir vaqtda xuddi allamonlarda bo’lgani singari bir nechta qirollar mavjud edi.
Korolinglar dinastiyasining birinchi vakillaridan biri Pipip Gerstialskiyning o’g’li Karl Martell 715 yildan 741 yillarga qadar hukmronlik qiladi. Qirollikda ichik notinchlik davrida hokimiyatga kelgan Karl Martell tezda o’zining iste’odli lashkarboshi va g’ayratli davlat boshqaruvchisi ekanligini namoyish etdi. O’zining avstraiyalik drujinasiga tayangan holda, u g’alayonchi neystriyaliklarni mag’lub etdi va reyin darayosi naryog’idagi german qabilalarini o’ziga soliq to’lashga majbur qildi, hatto bu qabilalardan biri bo’lgan frizlarni o’z davlatiga to’g’ridan-to’g’ri bo’ysundirdi.12
732 yilda Galliyaga bostirib kirgan arablarga qarshi olib borilgan jang va puate yonida Karl Martell tomonidan berilgan zarba bir tomondan arablarning Yevropaga kirib borishiga chek qo’ygan bo’lsa (ma’lumki jangda Abduraxmon 1-o’ldirilgan edi.) ikkinchi tomondan moyordomlarning qudratining kuchayishi va ularning qirollikning haqiqiy egalariga aylanishi tezlashtirdi. 737 yilda “dangasa qirollar”ning navbatdagi vakili o’lgach Karl Martell navbatdagi qirolni saylab ham o’tirmay mamlakatni o’zi mustaqil idora eta boshladi.13
Arablar bilan Puate yonidagi to’qnashuvdan Karl Martell juda muhim siyosiy va harbiy ahamiyatga molik xulosa chiqardi. U harbiy islohat o’tkazdi. Endi otliq askar qo’shinida asosiy o’rin tutadigan bo’ldi u shu vaqtgacha asosiy kuch bo’lib, qolgan piyoda askarni ikkinchi o’rniga surib qo’ydi. Piyoda qo’shinida ko’pchilikni tashkil etgan dehqonlar harbiy xizmatdan chetlashtirildi ularning o’rinni o’zini yaxshi quroli va otiga ega bo’lgan yirik va o’rta er egalarining va o’ziga to’q erkin dexqonlaridan vakillari egallay boshladilar. Shu tariqa risar arimiyasiga asos solindi.14

Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin