Franklarning ijtimoiy tuzimi va davlatning tashkil topishi mavzusini o’rganish



Yüklə 158,5 Kb.
səhifə5/7
tarix20.09.2023
ölçüsü158,5 Kb.
#145987
1   2   3   4   5   6   7
1. Buyuk Karl imperiyasi va Franklar davlati

Buyuk Karlning tashqi siyosati.

So’zsiz Karl Buyuk talantli sarkarda va istilochi edi. Franklar feodal davlati Karl Buyuk davrida juda ko’p bosqinchilik yurishlarini olib bordi. Tarixiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha 50 dan ortiq shunday yurishlarga uning o’zi shaxsan ishtirok etgan. Bu istilolar natijasida Rim imperiyasi qulagandan so’ng G’arbiy Yevropada Karl Buyuk davlatidek davlat dunyoga kelmagan edi. Bu davlat franklardan tashqari o’nlab boshqa qabilar xalqlarini o’z ichiga olgan edi.


Karl Langobardlarga qarshi Pini olib borgan yurishlarni davom ettirdi. Uning Italiyaga qarshi birinchi yurishyoq (774 yil) Langobardlar qirol dezidoriyni taxtdan maxrum qildi. Qizig’i shundaki bosib olingan erlarda papaga berilmasdan franklar davlati tarkibiga qo’shib olindi va Karl o’zini “Franklar va Langobardlar qiroli” deb e’lon qildi.19
Arablarga qarshi kurash. Karl musulmonlar Ispaniyasiga qarshi hujum uyushtirdi. Ammo usha ispaniyaga birinchi yurishi (778 yil) ko’ngilsiz tugadi. Saragosagacha erlarga borgan franklar arablar qarshiligi natijasida galliya xech narsaga qaytarib kelishga majbur bo’ldilar. Bu muvaffaqiyatli yurish keyinchalik “Rotland haqidagi qo’shiq”ning syujetiga asos bo’ldi.
Bu enosga ko’ra Karl Buyukning harbiy boshliqlardan biri bo’lgan Roland franklarga to’satdan hujum qildi. Bakslarga kurashda risarlik namunasini ko’rsatgan.
Karl Buyukning arablarga qarshi keyingi yurishlarida ancha muvaffaqiyatli bilan bordi. 801 yilda u arablardan Barselona shahrini tortib oldi. IX asr boshlariga kelib franklar o’z ta’sirlarini Ebro daryosigacha yoyishga erishdilar. Franklar tomonidan Shimoliy Ispaniyada Ispan markasiga asos solindi.
Saksoniyaning bosib olinishi.
Karl Buyuk Franklar davlatiga Saksoniyani qo’shib olishga ayniqsa ko’p kuch sarfladi. Bu urush juda qattiq bo’lib, 30 yildan ortiqroq (722-804 yillar) davom etdi.20
Bu urushdan franklarning asosiy maqsadi:
A) sakslar erini bosib olish va ularni krepostinoylarga aylantirish edi.
B) Karl VIII arsning oxiri va IX asr boshlarida katta savdo ahamiyatga ega bo’lgan Boltiq dengiziga chiqishga harakat qildi. Skandianlar slavyanlar va arab savdogarlari ega bo’lgan Boltiq dengizi savdosidan katta boj olish ko’zda tutilgan edi.
Sakslarga qarshi kurash ular o’rtasida xristian dinini tarqatish niqobi ostida Rim papalarining bevosita roziligi va ko’magi bilan olib borildi.
Karl sakslarni dastlab VIII asrning 70 yillarida bo’ysindiradi. 777 yilda Paderborida saks qabilarining ko’pchiligini boshliqlari Karlga qasamyod qilishdi. Bu esa sakslarning ko’pchiligi tomonidan xiyonat deb qabul qilishdi va franklarga qarshi kurashning kuchayishiga olib keldi. Dastlab sakslarning qo’zg’olonlarida ularning zodogonlari xam qatnashdilar.21
Sakslarning franklarga qarshi eng yirik qo’zg’oloni 782 yilda bo’lib o’tdi. Zyuntel tog’lari yonidagi bu jangda franklarning harbiy boshliqlari graflar va xristan messionerlari sakslar tomonidan qirib tashlanadi.22
Tezda sakssoniyadan chiqib Fransiyaga xam tarqalgan bu qo’zg’olon Karl tomonidan vaxshiyona bostiradi. Qo’zg’olon bostirilgandan so’ng qurshovga olingan 4500 saksoniyaliklar o’ldiriladi. Shu bilan birga saksoniya ishlari bo’yicha Kanitulyariy deb atalgan Farmon xam qabul qilindi unga ko’ra qriol va cherkovga ozgina qarshilik ko’rsatishga urinishga o’lim jazosi belgilandi. Karl barcha saksoniya aholisini cherkov foydasiga soliq to’lashga majbur etdi. Skaslar erlarida terrorchilik o’rnatildi.23
782 yilgi qo’zg’olon bostirilgandan keyin xam Karl saksoniyalik zadogonlarni o’z zomoniga olinishi davom ettirdi.
Qo’zg’olon ko’targan sakslarning asosiy boshliqlaridan biri gersog Vidukin. 804 yilda kelib Saksoniya batomom Karl Buyuk imperiyasiga tarkibiga kiritildi.
788 yilda Karl bavariyani xam bo’ysindirdi va bu erdagi gersoglarni tugatib grafliklarga bo’lib tashladi.
Karlning bosqinchilik yurishlari natijasida oldin Bavariya qaram bo’lgan slavyan qabilalaridan bo’lgan Karinta viloyati xam franklar davlatiga qo’shib olindi.
788-803 yillarda Karl buyuk slavyan qabilalaridan bo’lgan Xarunlar bilan birgalikda Avachar xonligiga qarshi yurish qiladi va uni parchalab tashlashga muvaffaq bo’ladi.
Shunday qilib istilolar natijasida Karl Buyuk davrida franklar davlati juda kengayib ketdi.
Uning chegaralari Janubiy G’arbda Ebro daryosi Pirinpey tog’larida Atlantika okenigacha Sharqda Elba va Dunay daryolari hamda Adriatika dengizi sohillarigacha Bogemiya tog’lari va Vena o’rmonlarini ham o’z ichiga oladi. Karl buyuk imperiyasiga Shimolda Fariz va Boltiq dengizlari janubda esa italiyaning anchagina qismi kiradi.
Sal ilagiroq vujudga kelgan papa davlati xam Karl Buyuk davrida amalda unga bo’ysunvchi vassal davlat bo’lib qoldi. Uni endi qirollik unvoni qnaotlantirmaydi.
Muxoliflariga qarshi kurashida Karlning yordamida foydalanilgan papa Lev III 800 yilda Karl Buyukga avliyo Pyotr soborida imepritorlik tojini kiydirdi. Franklar davlati Korolinglar imperiyasiga aylandi.
Buyuk Karl tomonidan chegara rayonlarining mustahkamlanishi
Hayotining oxirgi kunlarida Karl Buyuk o’zining domiy rezideniyasi mamlakatning yagona poytaxti sifatida Axen shahrini tanladi. Bu erda turib u mamlakatni ichki va tashqi siyosatiga raxbarlik qiladi. Imperiyaning mavjud chegaralarini mustaxkamlash va yangi erlarni bosib olish maqsadida u tomonidan chegara oblastlari markalar tashkil etildi.
Imperiyaning G’arbiy qismida Bretan va ispan markalari tashkil etdi.
Shimolda daniya markasi tashkil etildi.
O’rta Dunayda Sharqiy yoki Pannoniya markasi tashkil etildi keyinchalik bu marka avstriya davlatiga idorasiga aylandi.
Mamalakatning eng chekka janubiga Friuan markasi tashkil etildi u Shimoliy Italiyani to’sib turadi.
Bu chegara viloyatlari bo’lgan Markalarni imperator tomonidan tayinlangan amaldorlar boshqarib turardilar ular marka grafi edi.
Karl Buyuk imperiyasining xalqaro ahvoli
Karl Buyuk faqat imperiya ichkarisida emas, balki xalqaro soxada ta’sirga ega edi. Bu quyidagilardan ko’rinadi:
U Angliyaning ichki ishlariga aralashadi:
Shotlandiya, Avstriya qirollari va Irlandiya qabilalari knyazliklarning yo’lboshchilari undan siyosiy panox izlaydilar
Karlning zamondoshi Bag’dod xalifasi Xorun ar rashid xam imperator deb tayinlandi va ular bir biriga elchilar yuboradilar.
Karl Buyuk davrida franklar davlati Karl shaxsining idellashtirilishi.
Franklar davlatining eng kuchaygan davri o’rta asrlar tarixida buyuk nom olgan karl davriga to’g’ri keldi. U 46 yil davomida (768-814 yillar) franklar qiroli bo’lib, turdi. Karl Buyuk kerolinglar sulosasining atoqli namoyondasi edi.
Tarixiy adabiyotlarda (ayniqsa G’arbiy Yevropa tarixchilari orasida ) Karl Buyuk imperiyasining markazlashtirilishi va qudratli bo’rttirib tasvirlangan. Shuningdek uning shaxsi xam shaxs va siyosiy arbob sifatida idel sifatda beriladi. Adabiyotlarda ko’rsatilshicha:
Karl butun olamni bo’ysundiruvchi sharq va g’arbning xukmdor adibi tasvirlandi.
Uni buyuk ma’muriyati va sarkarda yagona davlatga asos solgan va uni odilona boshqargan fan va san’at xomiyisi bo’lgan davlat arbobi sifatida ulug’laydilar.
Karl buyuk asoratga solinayotgan dexqonlarning xomiysi bo’lgan degan fikr xam keng tarqalgan.24
Karl Buyukning fan va madaniyatga xomiyligi Korolinglar akademiyasi
Manbalarga qaraganda Karl buyuk o’z davrining ancha ma’rifat kishisi bo’lgan Grek lotin tillarini yaxshi bilgan. Karl buyuk xayotining oxirgi keyingi va o’qishga o’zlashtirishida to’g’risida ma’lumotlar bor.
Karl buyuk tomonidan turli mamlakatlardan olimlar chaqirib keltiriladi.
Karl Buyuk tomonidan saksoniyaliklar rezideniyalari qoshida saroy amaldorlari va xizmatchilari tayyorlaydigan bir qancha maktablar ochadi. Karl saroyda o’ziga xos bir olimlar jamiyati vujudga keladi. Bu jamiyat antik dunyodan iborat oliyu akademiya deb ataladi.25
Feodallanish jarayonida graf davlat tomonidan tayinlangan xuquqiy shaxsdan o’z grafligi xududining eng ko’p boylik va erga bo’lgan janobiga graflikning erkin axolisi esa unga nisbatdan tobe kishilarga aylantiriladi. Bu o’zgarish 877 yildagi kanityalyari bilan mustaxkamlash ya’ni grafik avloddan avlodga o’tadigan va graflar o’sha erlarni eng yirik egalaridan bo’ladilar.
Monastir er egaligining kuchayishi.26
Karl Buyuk davrida monastirlar er egaligi juda kuchaydi. Bunga u tomonidan olib borilgan to’xtovsiz xarbiy to’qnashuvlar yanada ko’maklashish. Olingan o’lja bosib olingan er mulklarining ma’lum ulushuning to 10 foiz erlarning tezlik bilan ko’payshiga olib keldi. Dexqonlarning asoratiga olingan ya’ni erkin dexqonlarning krepostoyga aylantirish franklar davlatida qanday yo’llar bilan bordi.
Yerga munosabatda VIII asr oxiri IX asr boshlarida Franklar davlatida muxim o’zgarishlar bo’ldi. Bu o’zgarishlar erga xususiy mulkchilikning to’liq xukmronlik qilishiga olib keldidi.
Benefrisiy tizimning joriy etilishi.
Feodal munosabatlar taraqqiyotda benefisiy er egaligini keng qilishi muxim axamiyatga ega bo’ldi. Benefisiy Muruvvat –Ximmat ma’noni anglatib dastlab Karl martell tomonidan joriy etilgan U otliq askarga uning xarbiy xizmati evaziga beriladigan erdir binifisiy faqat qirol toomnidan berilgan va maxsus yorliq bilan maxkamlangan. Vaqtlar o’tishi bilan IX-X asrlarda benefisiy er egalari o’zining umrbodlik xususiyatini nuqotib borib xarbiy xizmat majburiyati bilan bog’liq bo’lgan doimiy ya’ni merosiy er egaligini tusini oldi. Karl Martell cherkovga qarshi ekan degan xulosa chiqarmaslik kerak . U cherkov er egaligining kuchayib ketishini jilovladi xolos.27



Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin