Franklarning ijtimoiy tuzimi va davlatning tashkil topishi mavzusini o’rganish


Franklarning tarixi Merovinglar sulolasining davlat boshqaruvi



Yüklə 158,5 Kb.
səhifə2/7
tarix20.09.2023
ölçüsü158,5 Kb.
#145987
1   2   3   4   5   6   7
1. Buyuk Karl imperiyasi va Franklar davlati

1.Franklarning tarixi Merovinglar sulolasining davlat boshqaruvi.

Rim imperiyasi terrtoriyasida to’zilgan varvar qirolliklari ichida eng kattasi va kuchlisi franklar qirolligi edi. Franklar bora-bora burgundlarni buysundirdilar. Galliyadan vestgotlarni surib chikardilar. Italiya langobardlarni zabt etdilar va Reynning narigi tomonida qolgan german qabilalarining hammasi deyarli o’zlariga itoat ettirdilar. Franklarning o’zlari ham dastlab Reynning narigi tomonida yashar edilar. Ularning ota-bobolari Tasitning asarida har xil nomlar bilan, chunonchi, hamavlar, sukamblar, batavlar degan nomlar va boshqa nomlar bilan atalgan. «Frank» degan nom (bu so’zni «jasur», «erkin» deb tarjima qilishadi.) III asrning urtlaridagina paydo bo`lib, qandaydir bitta qabilaga emas, balki Reynning O’rta va quyi okimlarida yashagan butun bir gruppa – german qabilalariga ta’llukli umumiy nom edi. Bu qabilalar dastlab Reyn daryosining ung kirgogida yashar edilar. Dastlab ular Rimliklarga nisbatan dushmanlik munosabatida buldilar, keyin bu munosabat ancha dustona munosabatga aylandi.3


451 yildagi Katalaun jangida, yuqorida kursatib utilganidek, franklar, federetlar sifatida Rimliklar tarafida turib, gunnlarga qarshi urushdilar. O’sha vaqtdayok ular katta-katta ikki gruppaga bulingan bo`lib, bir gruppasi (ular Reynning quyi oqimida yashar edilar) dengiz buyi franklari yoki Sali franklari deb, ikkinchi gruppasi Reynning O’rta oqimida (har ikki kirgokda) yashagan franklar – kirgok franklari yoki ripuar franklari deb atalar edi. Ulardan kuchlisi Sali franklari bo`lib, ular Galliyaning G’arbiga qarab bordilar.4
Xlodvigning podsholik tarixi (481-511) episkop Grigoriy Turskiyning «franklar tarixi» degan kitobida mufassal bayon qilingan bo`lib, Turskiy bu kitobni ancha keyinrok, VI asrning ikkinchi yarmida yozgan. Franklar hayotida ruy bergan katta-katta voqealar Xlodvig nomi bilan boglangandir. Xlodvig 486 yilda butun Shimoliy Galiyani istilo qildi. Rim kushini franklar tomonidan tor-mor etildi. Siagriy vestgotlar qiroli xo’zuriga kochdi. Lekin vestgotlar qiroli uni Xlodvigga tutib berdi. Xlodvig asirni uldirishga buyruk berdi.5
Xlodvig o’z podsholigining oxirgi davrda Luaraning janubiga ancha jilib borib, Garona daryosigacha etdi. Vestgotlar Galliyaning janubidagi erlardan bir oz qisminigina saqlab qoldi xolos.90-yillar O’rtasida Xlodvig xristianlikni qabul qildi. Dastlab xristianlikni Xlodvigning o’zi va drujinasi qabul qildi, keyin oddiy franklar va ularning oila a’zolari qabul qildilar. Lekin franklarning xristianlashuvi ikkinchi bir, yanada muhimrok ahamiyatga ega edi. Galliya va Rimdagi e`tiborli mahalliy ruxoniylar Xlodvigni va boshqa frank qirollarini zur berib kullab-kuvvatladilar. Xlodvigning ugil va nevaralari qirollikni tez-tez bo`lib va kayta bo`lib turishlariga o’zaro urushlar olib borib turishlariga qaramay, qirollikning chegaralarini kengaytirishni davom ettirdilar. 534 yilda ular Burgundiyani zabt etdilar, 542 yilda vestgotlarning Galliyadagi oxirgi erlari ham bosib olindi.6
Ilgari Teodorix davrida ostgotlar kulida bo`lgan gegemonlik endi franklar qo`liga utdi. Franklarning V asr oxiri VI asr boshlaridagi ijtimoiy tuzumi “Sali xakikati” franklarning sud soxasidagi rasm-koidalarining tuplami bo`lib, Xlodvig zamonida, uning podsholigining oxirlarida (500 yilga yakin) yozilgan bo`lsa kerak. Ularning xo`jalikida chorvachilik (ayniqsa chuchka bokish) ham katta rol uynagan.) “Sali xakikati” da yana balikchilik, asalarichilik, bogdorchilik va dexqonchilikka oid asosiy xunarlar to`g`risida ham gapiriladi.7 VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab franklar jamiyatida keskin o’zgarishlar yo’z bera boshladi. Dunyoviy zodagonlar ham cherkov zodagonlari ham, o’z erlarini, qiroldan tashkari birinchi navbatda dexqonlar xisobiga kengaytirdilar. Erkin va mustaqil dexqonlarning asta-sekin yuqolib, krepostnoy kishilar sinfiga aylanishida ifodalangan feodallashuv jarayoni sobik Rim imperiyasiga kelib joylashgan varvarlarning hammasida ham buldi. Katta er egaligining usishi va shu bilan birga qirol erlarining kamayib borishi hamda ilgari faqat qirolning o’zigagina tobe bo`lib, unga asosiy-harbiy resurslar berib kelgan erkin dexqonlarining xiyla qismining yuk bo`lishi natijasida qirol xoqimiyati tushkunlikka uchradi.8
Dastlab uch mayordomdan eng kuchligi Neystriya mayordomi edi. U Burgundiya mayordomini ham o’ziga buysundirdi. Lekin Neystriya mayordomi tez vaqt ichida kuchlirok bo`lgan boshqa bir mayordomning Avstraziya mayordomining qarshiligiga uchradi. Shu bilan birga Avstriyada zodagonlar bir muncha kuchsiz bo`lib, ular o’z gersogining, mayordomining boshchiligiga buysunishga majbur edilar.9



Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin