Franklar davlati va huquqi


Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari



Yüklə 164 Kb.
səhifə6/13
tarix15.09.2023
ölçüsü164 Kb.
#143808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Franklar davlati va huquqi

4. Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari

Huquq manbalari

Frank qabilalarida davlatchilikning shakllanishi huquqning yaratilishi bilan birga kechdi. Bu qadimgi german urf-odatlarini yozish yo‘li bilan amalga oshiril-di. Shu tariqa Franklar davlatida huquqning muhim manbalari sifatida «varvarlar haqiqatlari» paydo bo‘lgan. Bular varvar qabilalarining odat huquqi yozuvlaridir. Yozma «haqiqatlar» Rim imperiyasi hududida joy-lashgan ko‘pgina qabilalarda V-VI asrlarda vujudga kelgan. V asr oxirida vestgotlar yozma huquqi (qirol Evrik Sudebnigi) vujudga kelgan. VI-VII asrlarda ”Vestgot haqiqati”ning birinchi to‘liq nashri paydo bo‘lgan. Buning asosiga Rim imperatorlaridan mustaqillikni olgan va o‘z egaligini kengaytirib borgan vestgotlar qiroli Evrikning (466-489 yillar) qonunlar to‘plami qo‘yilgan. Vestgotlardan so‘ng burgundlar o‘zlarining xususiy sudebnigini yaratishga kirishganlar. Burgundlar sudebnik yaratishar ekan, bunda amaliy maqsadlar bilan birga siyosiy-ramziy maqsad - Rim hokimi-yatidan ozod etilgan hududda o‘z hukmronliklarini mustahkamlash maq-sadini ko‘zlagandilar.
Gotlar singari burgundlar ham uzoq vaqt rimliklar orasida yashaganliklari uchun ularning sudebniklarida ma’lum darajada kechki rim imperiyasi tartiblarining ta’siri o‘z aksini topganligini ko‘rish mumkin.
”Varvarlar haqiqatlari” orasida eng qadimgilaridan biri - ”Sali haqi-qati” V asrning oxiri - VI asrning boshlarida Xlodvig hukmronligi davrida tuzilgan. Boshqa frank qabilalarining sudebnigi - ”Ripuar haqiqati”ning asosiy qismi VI asrda vujudga keldi, lekin uning to‘liq nashri VIII asrga taalluqlidir. Alleman va Bavar haqiqatlari VIII asrda paydo bo‘lgan. Sak-son va Tyuring haqiqatlari esa VIII asrning oxiri - IX asrning boshlarida vujudga kelgan. ”Varvarlar haqiqatlari”, “Alleman haqiqati”da yozib qo‘-yilganidek, qirollar tomonidan ”eng aslzodalar” (yepiskoplar, gersoglar, graflar) va ”yig‘ilgan xalq” bilan birga yoki, ”Bavar haqiqati”da ko‘rsatil-ganidek, ”knyazlar va butun xristian xalqi bilan birga” yaratilgan.
“Sali haqiqati”dan uch va undan ko‘proq asr keyin yozilgan barcha sudebniklar o‘zlarida ancha eskirgan, qadimiy huquq me’yorlarini saqlab qolish bilan birga, feodal munosabatlar rivojlanishining yangi bosqichini ham aks ettirgan. Agar ”Sali haqiqati”da franklar jamiyatining o‘sha davr-dagi rivojlanishi, urug‘-qabila aloqalarining yemirilishi jarayoni hali bata-mom nihoyasiga yetmaganligi, yerga nisbatan feodal xususiy mulkchilik hali to‘liq o‘rnatilmaganligi o‘z aksini topgan bo‘lsa, ancha keyingi ”haqi-qatlar”da avlodning boshqa birovga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan yer mulki sifatida paydo bo‘lishi mustahkamlangan hamda ijtimoiy darajalanish, erkin kishilar orasidagi qaramlik munosabatlari va boshqalar ancha aniq ifodalangan. Shuningdek, ularning hammasi rim va cherkov huquqining muhim ta’siri ostida yozilgan edi.
”Varvarlar haqiqatlari” mazmunan ingliz-sakslar odat huquqlari yozuvlariga, xususan, Etelbert haqiqatiga (VI asrdagi), Ine haqiqatiga (690 yilgi), shuningdek, XII-XIV asrlarda tuzilgan skandinav provinsiyalarining sudebniklariga yaqin edi.
Sudebniklar orasida V asrda ostgotlarning qiroli Teodorix tomonidan yozilgan qonun (edikt)lar to‘plami alohida o‘rin tutadi. Mazkur qonunlarni o‘rganar ekanmiz, uning qator moddalari mazmunan ko‘p jihatdan o‘z davridan bir qadar olg‘a ketganligini kuzatishimiz mumkin. Masalan, edikt ”varvarlar haqiqatlari”dan farq qilib, qirollik hududida yashovchi barcha shaxslarga teng darajada tarqatilgan. Ya’ni unga ostgotlar ham, rimliklar ham bir xil darajada amal qilishgan. Ediktning diqqat markazida asosan xususiy shaxslarning yer mulkini rasmiylashtirish va himoya qilish turgan (10-12, 27, 75 va boshqa moddalar).
Teodorix o‘z qonunlari to‘plamini tuzishda ”idrok talablari”ni huqu-qiy asos qilib olganligini ko‘rsatadi. Bunday asoslash istilo qilingan rim-liklardan o‘zlashtirib olingan edi. To‘plamning 155-moddasida ”eski huquq”qa, ya’ni rim huquqi me’yorlariga havola qilish uchraydi. Bunda rim huquqi me’yorlarining hurmat qilinishi va bu haqida ostgotlarning qiroli doimo g‘amxo‘rlik qilib turishi lozimligi ko‘rsatiladi.
Qirol Rimga nisbatan o‘z sodiqligini, butun aholi to‘g‘risida g‘am-xo‘rlik qilishini ta’kidlab, ediktning sudda ”taniqli va boy kishilar”, shu-ningdek, “biror harbiy va fuqarolik mansabini egallab turgan” qudratli ki-shilar tomonidan rahbariy asos qilib olinishi haqida buyruq bergan. Ehti-mol, ediktni tuzishda faqat ostgot zodagonlari vakillarigina emas, rim zodagonlari ham ishtirok etgan bo‘lsalar kerak. Edikt bir vaqtlar XII jadval qonunlariga o‘xshab, bronzadan yasalgan doskalarga yozilgan va hamma ko‘rishi uchun maydonlarga osib qo‘yilgan edi.
German xalqlarida odat huquqi me’yorlari yozilishining bunchalik uzoqqa cho‘zilishi g‘arbiy Yevropaning janubida ham, shimolida ham feodal munosabatlarning asta-sekin tarqalishi bilan bog‘liq. ”Varvarlar ha-qiqatlari” turli davrlardagi tajribani, o‘zlari paydo bo‘lgan muayyan ichki va tashqi sharoitlarni aks ettirgan.
Shu bilan birga o‘sha vaqtdagi ijtimoiy muhitning bir tipdaliligi, xrestian mafkurasi va cherkovining o‘sib borayotgan ta’siri, alohida qabila guruhlarining joylashish chegaralari aniq emasligi, nihoyasiz urushlar davomida aralashib ketgan elitalarning qo‘shilib ketishi ”varvarlar haqi-qatlari”ning va boshqa g‘arbiy Yevropa mamlakatlari huquq manbalari-ning mazmunan bir-biriga o‘xshashligini, yaqinligini belgilaydi. Masalan, ingliz-sakslar qiroli Etelbert o‘z qonunlarini chiqarishda ko‘p jihatdan ”Sali haqiqati”ga taqlid qilgan edi. Jumladan, Etelbert qonunlarining 90 ta moddasidan 19 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ”Sali haqiqati” va boshqa haqiqat-lardagi moddalar bilan bir xil mazmunga ega edi.
“Varvarlar haqiqatlari” sudyalar uchun qo‘llanma vazifasini bajaruv-chi sudebniklardir. Shu bilan birga ular ilk sinfiy jamiyatning barcha tomonlariga taalluqli huquqiy me’yorlalarni batartib bayon qiluvchi to‘plam-lar hisoblanmaydi. Ularning to‘liq emasligi, alohida parchalardan iboratligi (uzuq-yuluqligi), tizimga solinmaganligi - bularning hammasi ularning o‘sha davrga xos odat huquqi asosida vujudga kelganligi natijasidir. Albatta, ”varvarlar haqiqatlari” jamiyatdagi barcha xilma-xil urf-odatlarni o‘zida to‘liq aks ettira olmagan edi.
”Varvarlar haqiqatlari” uchun, shuningdek, turli tartibotlar va maro-simlarning batafsil bayon qilinishi ham xarakterlidir. Bu ularning ilk feodal huquqida katta ahamiyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.
”Varvarlar haqiqatlari” eski urug‘doshlik tuzumi qoldiqlarini o‘zida saqlab qolgan edi. Ushbu huquq yodgorliklarida shaxs jamoadan ajratilma-gan, insonning huquqiy layoqati urug‘ga, jamoaga, katta oilaga taalluqliligi bilan belgilangan edi. Bu jamoalardan tashqarida inson hech qanday huquqlarga ega bo‘lmasdi. Jamoadan, urug‘dan, oiladan haydab yuborish “Sali haqiqati”da nazarda tutilgan eng og‘ir jazolardan biri edi. Bir shaxs tomonidan sodir etilgan u yoki bu huquqbuzarlik uchun faqat o‘sha shaxsning o‘zigina emas, u taalluqli bo‘lgan ijtimoiy guruh - jamoa, urug‘, oila ham javobgar hisoblanardi.
”Varvarlar haqiqatlari” ilk feodal huquqining yagona manbai emas edi. Qirol hokimiyatining mustahkamlanishi bilan qirollik buyruqlari, far-moyishlari paydo bo‘ldi. Ular dastlab ”haqiqatlar”ni to‘ldirib, so‘ngra alohida rasmiylashtiriladigan bo‘ldi. Bunday manbalarga avvalo frank qirollarining kapitulyariylari kiradi. Birinchi kapitulyariy qirol Xlodvig davrida yozilgan. Kapitulyariylar, ayniqsa, Karolinglar davrida tez-tez chi-qarilardi. Karolinglar qonunchiligi, shuningdek, katolik cherkovning ta’siri VIII-IX asrlarda germanlarning ilk feodal huquqi yangi hududiy tamo-yilining o‘rnatilishiga olib kelgan.
Ilk feodal huquqi manbalariga, shuningdek, qirollar tomonidan yirik feodallarga berilgan immunitet - yorliqlari va boshqa qoidalar – yorliq-larini ham kiritish mumkin. Qoidalar - yorliqlarida hujjatlar namunalari o‘rnatilib, ularning yordamida hadya, oldi-sotdi singari bitimlar rasmiy-lashtirilardi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda ilk feodal huquqining asosiy manbalaridan biri odat huquqi hisoblanadi. Odat huquqi xalq (jamoa)ning huquq ijodkorligi mahsuli bo‘lib, shon-sharaf, qasam, qasos olish, muro-saga kelish (va uning bahosi), jamoaviy javobgarlik va boshqalarga asoslangan.

Yüklə 164 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin