Franklar davlati va huquqi


Mahalliy boshqaruvning tashkil etilishi



Yüklə 164 Kb.
səhifə5/13
tarix15.09.2023
ölçüsü164 Kb.
#143808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Franklar davlati va huquqi

Mahalliy boshqaruvning tashkil etilishi
ranklar davlati okrug (pag)larga, ya’ni graf-liklarga bo‘linib, har bir pagning tepasida graf (comite) turgan.
Graf odatda yirik yer egalari ichi-dan qirol tomonidan tayinlangan. U o‘z hududida sud, ma’muriy, moliyaviy, harbiy vakolatlarni amalga oshirgan.
Paglar, ya’ni grafliklar yuzliklarga bo‘lingan. Yuzliklar tepasida yuzboshilar turgan. Grafliklarda moliyaviy organlar sifatida graflar bilan birga satsebaronlar ham harakat qilganlar. Ular keyinroq graf mansabi-ning rivojlanishi bilan tugatilgan.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, joylarda tunginlar ham mavjud bo‘lib, ular asosan sud funksiyasini bajarganlar. Bular ilgari urug‘-qabila-lar boshliqlarining avlodlari hisoblanib, keyinchalik ularning ham vazifasi graflarga o‘tgan.
Graflar o‘zlariga o‘rinbosarlar va yordamchilar tayinlaganlar. Ular vikariylar yoki vitse-graflar deb yuritilib, Karolinglar davrida vikariylarga o‘zlarining hududiy okruglari ajratib berilgan edi. Shu tariqa ular yuzbo-shilardan kam farq qilib, keyinchalik bularning mavqei bilan tenglashtiril-gan. Ba’zi joylarga (odatda chegara tumanlarga) qirol gersoglar tayinlardi. Gersogning vakolati bir necha (2-12) graflikkacha yoyilgan. Uning asosiy vazifasi mudofaani tashkil etish va mamlakatni himoya qilish edi.
Karolinglar sulolasi davrida mahalliy idora organlarining ishini tekshirish uchun har yili ikki kishidan iborat elchilar tayinlanardi. Ular-ning biri dunyoviy, ikkinchisi diniy kishilardan iborat edi. Bu qirol taftish-chilari (missi dominici) deb atalmish tekshiruvchilar odatda ikki kishi - ikki kishi bo‘lib yurib, grafliklardagi ahvolni tekshirar, aholining graf, yepiskop va boshqa amaldorlar ustidan beradigan shikoyatlarini qabul qilishardi.
F
Sud hokimiyati
ranklar davlatida oliy sud hokimiyati monarxga - qirolga - imperatorga tegishli edi. U bu hokimiyatni zodagonlar vakillari bilan birga amalga oshirardi. Qirollik kengashi eng xavfli huquqbuzarliklarni ko‘rib hal qilardi.
Mamlakatda eng ko‘p huquqbuzarlik haqidagi ishlarni ko‘rib hal qiladigan sud muassasasi - yuzliklar sudi edi. Merovinglar davrida bu sud organi - yuzliklar sudi -”malberg” - yuzlikning erkin aholisi yig‘ini deb atalib, unda sud ishlari yirik feodallardan saylangan yettita raxinburg ishtirokida (raxinburglar sudida) ko‘rilgan. Ularning ichidan bosh sudya saylab qo‘yilardi. U tungin deb atalgan. Bu sud majlisiga yuzlikning ham-ma katta yoshli va to‘la huquqli ozod aholisi (erkaklar) ishtirok etishi lozim edi. Bunda qirolning vakillari faqat sud ishlari yuritilishining to‘g‘ri-ligini kuzatib turishgan.
Buyuk Karl muhim sud islohoti o‘tkazib, ozod aholining barcha sud majlislarida ishtirok etish majburiyatini bekor qilib, saylab qo‘yiladigan raxinburglar o‘rniga skabinlar tayinlanadigan bo‘ldi. Skabinlarni qirol el-chilari (taftishchilari) mahalliy yer egalari ichidan tayinlanardi. Ular qirol xizmatida turib, graf raisligida sud qilishardi. Bu jamiyatning feodal-lashuvi oqibati bo‘lib, eski urug‘-qabilachilik qoldiqlariga zarba berdi.
Buyuk Karl zamonida cherkov sudlari ham paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, aralash tarkibdagi sudlar ham vujudga keldi.
F
Armiya
ranklarda qadimdan mavjud bo‘lgan xalq lashkar-larini dehqonlarning xonavayron bo‘lishi tufayli chaqirish tobora qiyinlashib bordi. Bundan tashqari, u endilikda o‘zining ilgarigi jangovarlik ahamiyatini yo‘qotgan edi. Qo‘shinning hal qiluvchi qismi otliq askarlar bo‘lib qolgandi. Karl Martell islohoti natijasida benifitsiya olganlar harbiy xizmat o‘tashlari, qo‘shinni otliq askarlar bilan ta'minlab turishlari lozim edi. Franklarning Karl Martell tomonidan takomillashti-rilgan yangi qo‘shini (yaxshi qurollangan, qisman malakali otliq askarlar tashkil qilingan, piyoda askarlar ham o‘z ahamiyatini qisman saqlab qol-gandi) arablar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda juda yaxshi ish ko‘rsatgan. Puate yonidagi jangning eng birinchi siyosiy oqibati shu bo‘ldiki, Karl Martell harbiy islohot o‘tkazdi. Harbiy ishda otliq qo‘shin uzil-kesil ra-vishda asosiy o‘rin tutadigan bo‘lib qoldi (ilgari esa, qadimgi germanlar-ning hammasida bo‘lgani kabi, franklarda ham asosiy kuch piyoda askarlar edi). Yaxshi qurollangan va ot ustida uzoq yurishlar qilishga qobil otliq askarlar franklar qo‘shinining asosiy kuchiga aylandi.
Tabiiyki, endi bunday qo‘shinning xonavayron bo‘lgan va ilgarigi mustaqilligidan mahrum qilingan dehqonlardan tuzilishi mumkin emas edi. Shunday qilib, Karl Martellning islohoti natijasida dehqonlarning ko‘p-chiligi harbiy xizmatdan chetlashtirildi. Bu yangi malakali otliq qo‘shin yoki keyinchalik atala boshlaganidek, ritsarlar qo‘shini katta yer egalari va hali erkinlikdan mahrum qilinmagan dehqonlarning eng badavlat qismidan tuziladigan bo‘ldi.
Buyuk Karl davlatning hamma fuqarolaridan jon boshiga harbiy xizmat talab etishni bekor qilib, faqat yer egalarinigina harbiy xizmatga jalb etdi. Mayda yer egalari 3-4 dehqon uchastkalaridan bittadan qurolli ki-shi taqdim qilishlari lozim edi. Shu tariqa xalq lashkarlari butunlay malakali jangchilar bilan almashtirildi.
Buyuk Karl zamonida harbiy benifitsiyalar tizimining avj olishi, erkin dehqonlarning zaiflashuvi va tushkunlikka uchrashi oqibatida deh-qonlar harbiy xizmatni o‘tashga tobora kamroq chaqiriladigan bo‘ldi. Lekin benifitsiyalarning ham faqat bir qismi imperatorga, ko‘pchiligi esa katta yer egalariga - magnatlarga qaram edi, bu magnatlar harbiy yurish-larga odatda ”o‘z sodiq kishilari”dan butun-butun otryadlar olib kelardilar. Shunday qilib, Buyuk Karl qo‘shini haqiqatda uning o‘ziniki bo‘lmay, balki tobora aniqroq tashkil topgan katta feodallar qo‘shini edi, bu feodal-larning esa juda ko‘p pomestelari bo‘lib, ular joylarda keng siyosiy huquqlarga ega edi, ularning qaramog‘ida ko‘plab mayda ritsarlar (suvoriylar) bor edi.



Yüklə 164 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin