Franklar davlati va huquqi



Yüklə 164 Kb.
səhifə9/13
tarix15.09.2023
ölçüsü164 Kb.
#143808
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Franklar davlati va huquqi

Majburiyat huquqi
ajburiyat munosabatlari franklarda uncha batafsil tartibga solinmagan edi. Bu franklarda o‘sha vaqtda hali tovar-pul munosabatlari, xususiy mulk-chilik rivojlanmaganligidan, shuningdek, mayda dehqon natural xo‘jaligi hukmronligidan darak berardi.
“Sali haqiqati” majburiyatlarning kelib chiqish asoslari bo‘yicha ik-kala turini ham nazarda tutadi. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majbu-riyatlar ko‘pincha jinoyat sodir etish natijasida vujudga kelgan. Masalan, o‘g‘rilik eshikni, binoni buzib yoki boshqa zararlar yetkazib sodir etilsa, jarima jazosi bilan birga yetkazilgan zararni undirish ham nazarda tutilgan.
“Sali haqiqati”da shartnomalarning ba’zi turlari haqida eslab o‘tiladi. Lekin unda shartnomalarning haqiqiyligi to‘g‘risidagi umumiy shartlar ko‘rsatilmaydi. Shunday bo‘lsa ham, oldi-sotdi, ayirboshlash, yuk tashish, garov, qarz, ssuda, hadya kabi shartnomalarni tuzishda tomonlarning erkin xohish bildirishlari nazarda tutilgan. Xohish bildirish boshqa shaxsga qarata ”yerga shoxcha” tashlash yo‘li bilan amalga oshirilgan yoki, boshqa manbalardan ma’lum bo‘lishicha, uyni sotishda xohish bildirish eshik qulfini o‘tkazish orqali bildirilgan va hokazo. Harakatdagi ashyoning haqiqiy egasi uni sotib olganligini yoki ayirboshlaganligini isbotlashi lo-zim edi. Aks holda, u o‘g‘ri deb e’lon qilinishi mumkin edi.
Shartnomani buzganligi uchun javobgar nafaqat mulkiy, balki shaxsiy javobgarlikka ham tortilardi. Majburiyatni bajarmagan qarzdor, qoida bo‘yicha, kreditorning quli bo‘lib qolardi. Ba’zi ”haqiqatlar” bo‘-yicha, masalan “Bovar haqiqati”ga ko‘ra, qarzdor bilan bir qatorda uning xotini va bolalari ham qulga aylantirilar edi.
“Sali haqiqati”da qarz shartnomasi batafsil ko‘rib chiqilgan. Kreditor sud majlisini chetlab o‘tib, bevosita o‘zi qarzni undirish huquqiga ega edi. Kreditor guvohlar bilan qarzdorning uyiga borib, qarzni to‘lashni talab qilgan. Agar qarzdor ”majburiyat bo‘yicha qarzni to‘lashni xohlamasa, kreditor uni sudga chaqirgan. Agar qarzdor sudga ham kelmasa, kreditor bir haftadan so‘ng ikkinchi marta chaqirgan, shunda ham kelmasa, yana bir hafta o‘tgach, uchinchi marta chaqirgan. Qarzdordan har bir chaqirilganda sudga kelmaganligi uchun jarima undirilgan. Qarz graf va raxinburglar yordamida qarzdor mulkining tegishlicha qismini musodara qilish yo‘li bilan ham undirilishi mumkin edi. Bunday holda undirilgan qarzning uchdan bir qismi grafga kelib tushgan.
“Bavar haqiqati”da shartnomalar haqida ko‘proq qo‘shimcha boblar-da gapiriladi. “Bavar haqiqati”ga 722 yilgi dekret bilan qo‘shimcha boblar kiritilgan edi. Ularda shartnoma huquqining ba’zi umumiy tamoyillari: shartnomalarning qonuniyligi shartlari, ularning bekor qilinmasligi haqida, ”xohishning kamligi” to‘g‘risida ma’lumotlar uchraydi.
Shartnoma yoki bitim, “Bavar haqiqati”da aytilishicha, uch yoki undan ortiq guvoh ishtirokida yozma tuzilgan bo‘lsa, zinhor o‘zgartirilishi mumkin emas, chunki ularning amal qilish kuni va yili aniq ko‘rsatib qo‘-yilgan (XVI titul, 16-modda). Agar ashyoni sotish o‘ldirish yoki turmaga qamash bilan qo‘rqitib yoki boshqacha zo‘rlik ishlatib amalga oshirilgan bo‘lsa, haqiqiy emas deb hisoblangan.
“Bavar haqiqati”da, shuningdek, sud qaroriga muvofiq garov, saq-lash, ssuda shartnomasi haqida ham me’yorlar mavjud. Agar ashyo saq-lashga topshirilib, bunda saqlovchining ”foyda olishi” nazarda tutilmagan bo‘lsa va ashyo ”baxtsiz hodisa tufayli nobud bo‘lsa”, ashyoni saqlovchi javobgar bo‘lmaydi. Saqlashga topshirilgan ashyoning o‘g‘rilanishidan kelib chiqqan zarar teng taqsimlanardi (XV titul, 5-modda). Oldi-sotdi shartnomasi narxning pasayganligi oqibatida bekor qilinishi mumkin emas edi. Agar sotilgan ashyoning nuqsoni yashirilgan bo‘lsa, u holda bunday shartnomani bekor qilishga yo‘l qo‘yilardi (XV titul, 9-modda). Oldi-sotdi shartnomasini ta’minlash uchun zakalat berilgan va kelishuv buzilgan taqdirda, ya’ni biror ashyoni sotib olaman deb, buning uchun zakalat berib, keyin uni sotib olmasa, zakalat qaytarib berilmasdi.
G

Yüklə 164 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin