Foydalanish metodikasi



Yüklə 278,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix15.06.2023
ölçüsü278,29 Kb.
#130743
  1   2   3   4
7 ma’ruza; TA’LIM JARAYONIDA KO’RGAZMALI VOSITALARIDAN



6-ma’ruza; TA’LIM JARAYONIDA KO’RGAZMALI VOSITALARIDAN 
FOYDALANISH METODIKASI
 
Reja: 
6.1. Ko’rgazmalilik-didaktik tamoyillari asosida. 
6.2. Zamonaviy ta`lim vositalarining turlari va tavsifi. 
6.3. O’quv xona doskasiga chiziladigan rasm. 
6.4. O’qitishning axborot-texnika vositalari. 
6.5. O’quv videofilmi va undan foydalanish metodikasi. 
Tayanch so’z va iboralar: Ko’rgazmalilik tamoyili, ta’lim vositalari 
turlari, yassi tasviriy ko’rsatma, hajmiy tasviriy ko’rsatma, maket, model, 
grafik organayzerlar, haqiqiy namunalar, o’quv xona doskasiga chiziladigan 
rasm, o’qitishning axborot texnik vositalari, o’quv videofilmi, o’quv 
videofilmini namoyish qilish metodikasi.
 
6.1. Ko’rgazmalilik-didaktik tamoyillari asosida.
 
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham 
alohida ahamiyatga ega.
Ko‘rgazmali metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga
amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz
hajmini ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi.
Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum 
bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish 
retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora 
qo‘llaniladigan “YUz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi” maqoli ilmiy
asosga ega ekan.
Namoyish metodi o‘rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib
berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki
tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy ob’ektlarni
namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi,
qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi
yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda
o‘rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.


Tajribalar namoyishi esa o‘quv xonasi doskasiga chizish yoki o‘qituvchining
maxsus jihozlar yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu
tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada
ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har 
doim ham mumkin bo‘lavermaydi. SHu bois o‘qituvchilar tabiiy predmetlarni
namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, dastgohlar bilan
ishlab chiqarish korxonalarida tanishish) yoki sun’iy ravishda yaratilgan ob’ektlar
(maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.
Bu metod yordamida o‘qituvchi ta’lim oluvchilarni mustaqil ravishda
ob’ektlarni o‘rganish, zaruriy o‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o‘rnatish,
shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab etishga bir so‘z bilan aytganda faol
bilish jarayoniga yo‘naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchini
ko‘rgazmali materialni ta’lim oluvchining tayyorgarlik darajasiga mos holda
to‘g‘ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan
predmetning muhim jihatlariga yo‘naltirishiga bog‘liqdir.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq
bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va
jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari – chizma, port, rasm, fotosurat, yassi
modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bog‘liqlikda bir-birini to‘ldirgan holda
qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni ta’lim oluvchi yaxlit holda qabul qilishi
zarur bo‘lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.
Tasvirning 
samarasi 
ko‘pincha 
o‘qituvchi
tomonidan 
ko‘rsatuv texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Ko‘rsatmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati 
o‘rganilayotgan ob’ekt mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. 
Aslida illyustratsiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rinlarda 
kerakli hajmda ko‘rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi ta’lim 


oluvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg‘itadi. Ayrim hollarda tarqatma 
materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy ob’ektlar va boshqalar) yoki texnik 
vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun
quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: 

ko‘rgazmalilikning ta’lim oluvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga
mos kelishi;

namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha ta’lim oluvchilarga yaxshi
ko‘rinib turishi;

namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon
(holat)larning ajralib turishi;
- tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini
chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi;

namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un
bo‘la olishi lozim.
Didaktikada 
ko’rsatmalilik 
tamoyili 
konkret 
bilan 
abstraktning 
birligi to’g’risidagi qoidasi asosida ko’rib chiqiladi. Narsa yoki hodisaning 
aslini yoki tasvirini idrok etish inson uchun atrofdagi borliqni, biror 
haqiqatni 
bilishning dastlabki va eng oddiy akti hisoblanadi hamda 
o’rganilayotgan narsalar, jarayonlar, hodisalar to’g’risida aniq tasavvurlar va 
abstrakt tushunchalar hosil qilish uchun asos vazifasini o’taydi.
O’qitishning ko’rsatmaliligiga sabab bu insonning fikrlash xususiyatidir. 
Bu xususiyat asosan konkretdan abstraktga tomon rivojlanadi. Tushunchalar 
va abstrakt qonun-qoidalar konkret kuzatishlar natijalariga asoslansa hamda ular 
bilan mustahkamlansa, 
ancha 
oson 
va 
tez 
shaklanadi. 
Kishilarda 
tafakkurning rivojlanishi ularning yoshiga, hayot va ish tajribasiga va 
boshqalarga 
bog’liq. Ammo bizning tafakkurimiz rivojlanishning qaysi 
bosqichida bo’lmasin hamda biz qanchalik murakkab masalalarni o’rganmaylik, 
konkret faktlar va obrazlardan ajralib qolmasligimiz kerak.


Ko’rsatmalilik tamoyili o’qituvchining xilma-xil o’quv qo’llanmalari 
va o’qitishning 
audiovizual
(eshitish-ko’rish) 
axborot-texnika 
vositalaridan foydalanishida, ularning pedagogika jihatidan ma’qul tarzda 
yasalishida aks etadi.
Ko’rsatmali qo’llanmalar-talabalarni o’rganiladigan ob’ektlar, hodisalar
jarayonlar to’g’risida yaqqol (asosan ko’rish) tasavvurlar hosil qilish metodida 
o’qitish maqsadida ishlatiladigan vositalar, o’zlashtiriladigan bilimlar xarakteriga, 
talabalarda mavjud bo’lgan tasavvur, tushuncha, hayot va ish tajribasiga, darsning
konkret vazifalariga qarab ko’rsatma qo’llanmalar o’qitishda har xil rolni bajaradi.
Ular bilimlar manbai sifatida, shuningdek, o’qituvchi so’zlab berish, tushuntirish,
suhbat vaqtida foydalanadigan rasm sifatida xizmat qilishi mumkin. Ko’pincha, bu
ikkala vazifa kompleks tarzda kelishi mumkin.
Ko’rsatma qo’llanmalar va ulardan foydalanish haqidagi umumiy masalalar
pedagogik adabiyotda ancha batafsil yoritilgan, shuning uchun bu vositalarning
maxsus va umumkasbiy fanlarni o’rganishda foydalanilishini batafsilroq ko’rib
chiqamiz.
Maxsus va umumkasbiy fanlarini o’qitishda ko’rsatmalilikdan
foydalanish, 
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokidagi 
fanlarini o’qitishdagiga nisbatan muayyan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar 
yuqoridagi ikki o’quv bloki fanlari mazmunining o’ziga xos xususiyatlari va ularni 
o’rganish metodikasi bilan bog’liq. Agar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, 
matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokidagi fanlarini o’rganishda ko’rsatma 
qo’llanma tamoyilini, asosiy g’oyani yaxshiroq o’zlashtirishga yordam bersa, 
maxsus fanlarini o’rganishda esa ob’ektning tuzilishi, texnologik ish jarayoni, 
mexanizm yoki tarkibiy qismlarning o’zaro ta’siri birinchi o’rinda turadi. Maxsus
fanlarni o’rganishda mashina, dastgoh, mexanizm va tarkibiy qismlarning aslini
o’rganish, shuningdek, ularni qismlarga ajratish hamda yig’ish uchun talabalarga
imkoniyat tug’dirish muhim o’rin tutadi.
Ko’rsatmali qo’llanmalardan quyidagi hollarda foydalaniladi:


o’rganiladigan ob’ektniig asli juda katta yoki juda kichik bo’lganda
(domna va marten pechlari, soat mexanizmi va shu kabilar);
ob’ekt yoki hodisalarning aslini ko’rish mumkin bo’lmaganda (elektr 
toki, molekulalarning tuzilishi, kristall panjaralar va shu kabilar);
o’rganaladigan ob’ekt yoki hodisalarning aslini bevosiga kuzatish -
mumkin bo’lganda (dvigatelning ichki tuzilishi, kimyoviy apparatlarda, pechlarda
va shu kabilarda sodir bo’ladigan jarayonlar);
tushunchani grafik tarzda tasvirlash talab etilganda (dvigatel,
tsiklogramma va shu kabilarning xarakteristikasi);
murakkab ob’ektlarni oddiylashtirish yoki ishlash prinsipini ko’rsatish
zarur bo’lganda (qurilma sxemalari, dastgohlarning kinematik sxemalari, prinsipial
elektr sxemalar va shu kabilar);
Harakatlanishning 
eng 
xarakterli 
momentida 
mexanizm 
yoki 
mashina detallarining joylashuvini qayd qilish va ko’rsatish talab etilganda 
(ichki yonuv dvigateli krivoship-shatunli va taqsimlash mexanizmlarining 
chekka nuqtalari, egovlashda harakatning o’ziga xos har xil nuqtalarida 
qo’llar, oyoqlar hamda gavdaning vaziyati va shu kabilar).

Yüklə 278,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin