Foydalanish metodikasi


 Zamonaviy ta`lim vositalarining turlari va tavsifi



Yüklə 278,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix15.06.2023
ölçüsü278,29 Kb.
#130743
1   2   3   4
7 ma’ruza; TA’LIM JARAYONIDA KO’RGAZMALI VOSITALARIDAN

6.2. Zamonaviy ta`lim vositalarining turlari va tavsifi.
 
Garchi so’nggi vaqtda pedagogik tajribada yassi va hajmiy 
elementladan
tuzilgan ko’pgina ko’rsatma qo’llanmalar (dinamik plakatlar, hajmiy 
sxemalar, elektrlashtirilgan sxemalar 
va 
shu 
kabilar) 
paydo 
bo’lgan 
bo’lsada, tasviriy ko’rsatma qo’llanmalrni yassi hamda hajmiy qo’llanmlarga 
bo’lish mumkin (6.1- rasm).


6.1-rasm. O’quv jarayonida foydalaniladigan ta’lim vositalarining turlari
Yassi tasviriy ko’rsatma qo’llanmalar jumlasiga o’quv plakatlari 
(bular mashina, mexanizm, ish usullariniig rasmiy tasvirlarini, sxema, jadval, 
raqamli va teksli, grafik ko’rinishidagi hamda aralash matriallarni o’z 
ichiga oladi); fotografiya va fotoplakatlar; kitob, jurnal hamda albomlardagi 
rasmlar; o’qituvchi sinf doskasiga chizadigan tasvirlar kiradi.
Hajmiy tasviriy ko’rsatma qo’llanmalar jumlasiga model va maketlar kiradi.
Model ishlaydigan ko’rsatmali qo’llanma bo’lib, tasvirlangan mashina yoki
qurilma qismlari hamda mexanizmlarinint kinematikasini va o’zaro ishlashini
ko’rsatadi.
Model tasvirlangan originalning tashqi ko’rinishini aks ettirishi shart
emas, unda o’zaro ishlaydigan asosiy detallari ajratib ko’rsatiladi. Maket, aksincha, 
tasvirlanadigan originalning tashqi (ichki) ko’rinishini iloji boricha aniq aks
ettiradi. Maketlar, ko’pincha, ishlamaydigan ko’rsatmali qo’llanma bo’lib, ishlov 
berish oson bo’lgan va arzon materiallar: pape-mashe (elim, gips hamda bor 
aralashtirilgan qog’oz massa), gil, gips, yog’och penoplast va shu kabilardan 
tayyorlanadi. Maketlar originalning ichki tuzilishini ko’rsatish uchun, ko’pincha,
qismlarga ajraladigan qilib tayyorlanadi. Ular, odatda, originalga nisbatan kichik
yoki katta qilib yasaladi.
Mulyaj (fransuzcha mouler so‘zidan - qoliplamoq, quymoq) — birorbir 
ob’ektdan gips, mum, papemasheda olingan nusxa; odatda bo‘yalgan, asosan, 
ko‘rgazmali qurol vazifasida xizmat qiladi. Mulyaj naturadan olingan qolipda
quyiladi yoki o‘lchovlar asosida qo‘lda tayyorlanadi.
Mulyajlar maketlarning bir turi hisoblanadi. Maxsus va umumkasbiy
fanlarning o’qituvchilari harakatlanuvchi ko’rsatmali qo’llanmalar (multimedia)dan 


keng foydalanadilar. Bu qo’llanmalarda yassi tasvirlar bilan birga harakatchan 
elementlar ham bo’lganligi tufayli ba’zi jarayonlar dinamikasini ko’satishga 
imkon beradi.
Ammo o’qituvchilarga, ko’pincha, ko’rsatmali qo’llanmalar loyixalash,
tayyorlash yoki bunday qo’llanmalar yaratishga rahbarlik qilishga to’g’ri keladi.
Bunda quyidagn talablarga rioya qilish talab etiladi:
ko’rsatma qo’llanma barcha talabalar yaxshi ko’ra oladigan darajada katta
bo’lishi kerak; 
qo’llanmadagi yozuvlar o’quv xonasining istagan joyidan bemolol ko’rsa
bo’ladigan darajada yirik, qora harflar bilan yozilishi lozim;
muhim detal va joylar bo’lishi zarur haddan tashqari yorqin va kontrast
bo’yoq tanlash yaramaydi; fon bilan tasvirlar ranglarining eng yaxshi nisbatlari
quyidagilar: oq-ko’k, qora-sariq, yashil-oq, qora-oq plakatlardagi tasvirlar imkoni
boricha ob’ektning rangiga bo’yalishi kerak; tasviriy vositalar kompleksi,
qo’llanmaning mazmunini ochib berish uchun tanlangan bo’yoqlar, qo’llanmaning
bajarilishi ta’lim oluvchilarda estetik did hosil qilishi va bu didni rivojlantirishi
lozim;
ko’rsatma qo’llanmada tekst haddan tashqari ko’p bo’lmasligi kerak;
plakatlarda tasvirlar soni, haddan tashqari ko’p bo’lmasligi zarur;
plakatlarda tasvirlanadigan ob’ektlar tabiiy vaziyatda ko’rsatilishi lozim;
ko’rsatmali qo’llanma masshtabga rioya qilgan holda bajarilishi kerak; bu 
narsa, ayiqsa, muhim detallarning proportsiyalariga taalluqlidir;
qo’llanmaning va uni ishlatish uchun xizmat qiladigan moslamalarniig
konstruktsiyasi qo’llanmaning uzoq vaqt saqlanishini ta’minlashi zarur 
(doka, mato yoki kartonga - elimlab yopishtirilishi, lok bilan qoplanishi
plakatlar bir-biriga lenta tarzida elimlab yopishtirilishi darkor va hokazo).
Talabalarga yangi materialni bayon etishda ko’rsatma qo’llanmalardan 
to’gri va o’z vaqtida foydalanish katta ahamiyatga ega. Pedagogika fani va ilg’or 
tajriba darsda ko’rsatma qo’llanmalar namoyish qilishga oid metodik talablar 
ishlab chiqdi, bu talablarga rioya qilish ularning didaktik qimmatini oshiradi.


Avvalo, 
hamma 
vaqt 
shuni 
esda 
tutish 
zarurki, 
ko’rsatma 
qo’llanmani namoyish qilish — maqsad bo’lmay, balki vositadir. Qo’llanmani 
ko’rsatish emas, balki u bilan ishlash kerak.
O’rganilayotgan materialning mazmuni va darsga ajratilgan vaqt taqozo 
etgan hollardagina ko’rsatma qo’llanmani namoyish qilish tavsiya etiladi. 
darsda namoyish qilinadigan qo’llanmalar soni talabalar o’quv materialini 
sifatli o’zlashtirishi uchun optimal bo’lishi lozim; darsda qo’llanmalardan 
haddan tashkari ko’p foydalanish yaramaydi. 
Namoyish qilinayotganlarni 
idrok 
etish 
jarayonida 
talabalar 
sezgi
organlarining (analizatorlarining) ko’rish, eshitish, sezish, zarur hollarda esa ta’m
bilish va hid bilish organlarining ko’pini jalb etish kerak.
O’qituvchi so’zi bilan ko’rsatmalilikning to’g’ri qo’shib olib borilishi katta
ahamiyatga ega. Ko’rsatma qo’llanmalarni idrok etishning asosi birinchi signal
sistemadir, ammo ikkinchi signal sistemaning signallariga tartibga soluvchi ta’sir
etadi. Har qanday ko’rsatma qo’llanmalar namoyish qilinganda hamma vaqt izoh
berib turiladi. Ana shu izoh ta’lim oluvchining e’tiborini qo’llanmadagi aosiy va
muhim tomonlarga qaratishga, kuzatilayotgan model, ob’ekt yoki hodisalardan
ularning mohiyatini tashkil etuvchilarni ajrtib olishga yordam beradi. Qo’llanmani
namoyish qilishdan oldin nimani va qanday maqsadda ko’rishlari to’g’risida ta’lim
oluvchilarga aytib o’tish zarur.

Yüklə 278,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin