Gaz qonunlari



Yüklə 4,23 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü4,23 Kb.
#187719
Gaz qonunlari

Gaz qonunlari

Hajmiy nisbiy qonuni

  • Hajmiy nisbatlar qonuni .Fransuz olimi Gey-Lyussak gaz moddalarning ta’sirlashuvini tekshirib, o’zining hajmiy nisbatlar qonunini kashf etdi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi:
  • " O’zgarmas haroratda va bosimda reaksiyaga kirishgan gazlar hajmlarining o’zaro nisbati hamda reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazlar hajmlariga nisbati butun kichik sonlar kabi bo’ladi".
  • Masalan:
  • H2O + Cl2 = 2HCl
  • 1v 1v 2v 1:1:2
  • N2 + 3H2 = 2NH3
  • 1v 3v 2v 1:3:2

Avogadro qonuni

  • Harorat OoS, bosim 101,325 kPa(760 mm simob ustuni, yoki 1 atmosfera) bo’lgan sharoit normal sharoit (n.sh.) deyiladi.
  • Hajmiy nisbatlar qonunini tushuntirish uchun italiya olimi Avogadro 1811 yilda quyidagi gipotezani oldinga surdi:
  • "Bir xil sharoitda (bir xil harorat va bir xil bosimda) va teng hajmda olingan gazlarning molekulalari soni o’zaro teng bo’ladi”
  • Bundan uchta xulosa kelib chiqadi:
  • 1) normal sharoitda 1 mol har qanday gazning hajmi 22,4 l ga teng;
  • 2) normal sharitda 1 mol modda tarkibida 6,O2*10 23 ta molekula mavjud bo’ladi.
  • 3) bir xil sharoitda teng hajmli gazlar massalarining nisbati ular molekulyar massalarining nisbatiga teng bo’lib, bu nisbat birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi.
  • m1 / m2 = M1 / M2; m1/m2=D ; D = M1 / M2 .

Boyl-Mariot qonuni.

  • Doimiy haroratda ma’lum miqdor gazning bosimi uning hajmiga teskari proporsional.
  • T = const P1*V1 = P2*V2 P1/P2 = V2/V1
  • Gey-Lyussak qonuni. O’zgarmas bosimda gazning hajmi uning mutloq haroratiga to’g’ri proporsional.
  • P = const ; V1/T1=V2/T2 yoki V/T = const.

Sharl qonuni.

  • O’zgarmas hajmda gazning bosimi uning mutloq haroratiga to’g’ri proportsional.
  • V = const ; P1/T1=P2/T2; P/T = const.
  • Bu uchchala qonunni birlashtirilsa, gazlarning holat tenglamasi kelib chiqadi:
  • P1*V1/T1= P2*V2/T2
  • P 1 , V 1 , T1 - ma’lum miqdor gazning bosimi, hajmi, harorati
  • P 2, V2, T2 – shu gazning boshqa sharoitdagi bosimi,hajmi va harorati.
  • Agar shu gazning normal sharoitdagi bosimi, hajmi, harorati hisobga olinsa
  • Po*Vo/To=R
  • R- nisbat ma’lum miqdor gaz uchun o’zgarmas qiymatdir.
  • Agar bu nisbat 1 mol modda uchun olinsa, uni gaz doimiysi deyiladi.
  • Po= 101,325 kPa, To=273 T, Vo=22,4 l
  • bo’lsa bu qiymat 8,31 J/molga teng.

Yüklə 4,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin