Issiqlik bilan ishlaydigan jihozlar



Yüklə 22,93 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü22,93 Kb.
#191924
  1   2   3   4
Issiqlik bilan ishlaydigan jihozlar


Issiqlik bilan ishlaydigan jihozlar

Pechlar. Ko'pgina nokatalitik jarayonlar pechlarda yuqori haroratlarda olib boriladi. Fosfatlar va sulfatlarning qaytarilishi, karbonatlar va gidroksidlarning parchalanishi, oltingugurt kol-chedanining, oltingugurtning yondirilishi va h.k. ana shunday jarayonlar jumlasidandir.


Pechlar bir qancha tasnifiy belgilariga qarab guruhlarga ajratiladi. Chunonchi issiqlik-texnik xususiyatlari bo‘yicha, quyidagi pechlar bofiadi:

  1. jarayonlarning issiqlik effekti bo‘yicha ekzotermik (kerakli harorat kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga ushlab turiladi) va endotermik (reaksiya ketadigan haroratni ushlab turish uchun tashqaridan issiqlik kiritiladi);

  2. pechga issiqlik beriiish usuliga qarab icliki. tomonidan qizdiriladigan (issiqlik reaksiya ketadigan sohaga uzatiladi), tashqi tomonidan qizdiriladigan (issiqlik devor orqali beriladi);

  3. issiqlik manbayining turiga qarab: yoqilg'i bilan ishlaydigan (gazsimon, suyuq va qattiq yoqilg‘i bilan ishlaydigan); reaksion (issiqlik kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadi); elektr (elektr energiyasi bilan isliJaydigan); ular jumlasiga yoyli, induksion, plazmali va qarshilikka asoslangan pechlar kiradi.

Tuzilishi jihatidan pechlar quyidagi turlarga bo‘linadi: shaxtali, rotorli, kamerali, tokchali, tigelli, mufelli, quvursimon, aylanma (karusel), barabanli, tunelli, vannali Va qaynovchi qatlamli pechlar.
Quyida keng tarqalgan pechlar bilan tanishib chiqamiz.
Barabanli aylanma pechlar (GOST 11875-73) oksidlash, qaytarilish, kalsinatlash, ftorsizlantirish, parchalash jarayonlarini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Ular juda ishorichli bo‘lib, ularda yoqilg'ining har qanday turini qo‘llash va har qanday mayinlikka (disperslikka) ega bo'lgan materiallarga ishlov berish mumkin. Barabanli pechlar materiallarni quritish, donalash, kuydirish, kristallashtirish va tashish uchun yaroqlidirlar. Barabanli pechlarning burchak aylana tezligi 0,1— 0,3 rad/s, barabanlarining uzunligi L —8 dan 70 m gacha, diametri D =1 dan 3,5 m gacha bo‘ladi. Ularning asosiy kamchiligi quwat va metall ko‘p sarflanadi va ish unumi past.

Rasm. Ikki tayanchli suriladigan kallakii aylanma pech: 1 - korpus;
2 - belbog* (bandaj); 3 - suriladigan kallak; 4 - patrubok; 5 - roliklar;
6 —reduktorli elektryuritgich.
Pechning asosiy qismi — ikki-uchta tayanchga tayangan aylanuvchi barabanlardir (34-rasm). Uning ustki qobig‘i kavsharlangan silindr shakliga ega bo‘lib, belbog' (bandaj) bilan mahkamlangan joylari bilan roliklarga tayanib turadi. Pech qiya o'rnatiladi va reduktorli elektr yuritgich orqali harakatga keltiriladi, issiqlik tashuvchi sifatida tabiiy, generator gazlari, ko‘mir va mazutni yoqishdan hosil bo'lgan issiq-likdan foydalaniladi. Pechning ichi olovbardosh g‘ishtlar bilan qoplangan. Qizdirish uchun yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan gazlar alohida o‘txonalardan keltiriladi yoki pechning ichida yondirib hosil qilinadi. Issiqlik pechning ichida hosil qilinganda uning silliqlangan kallagida yoqilg‘i purkagich yoki o‘t yondirgich kallagi o'matiladi. Mahsulotni pechdan tushirib olish uchun pechning silliqlab tekislangan kallagida rtiaxsus teshik mavjud. Pechning silliqlangan kallagi uning korpusiga havo kirmaydigan qilib zichlab mahkamlanadi. Yaxshilab zichlash energiya sarfini kamaytiradi.
Uzluksiz ishlaydigan pechlarda ishlov beriladigan material va issiqlik tashuvchi ikki xil: bir tomonga va qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. Xomashyo barabanli pechga uning ta’minlagichiga me’yorlagich (dozator)lardan beriladi. Kuydirilgan material pech bo'ylab aylanib harakatlanib quritiladi va parchalanadi, so‘ngra maxsus moslamalar orqali pechdan chiqarib ollnadi.
Shaxtali pechlar (35-rasm) balandligi 6,04 m bo'lgan tikka o‘matilgan silindrsimon shaxtadan iborat bo‘lib, bo‘g‘iz qobig‘ining diametri 1,74 m ni, balandligi 0,74 m ni tashkil etadi. Bunday pechlar xomashyoni qayta kuydirish uchun mo'ljallangan bo‘lib, havosi siyraklangan (6—9 kPa)



Yüklə 22,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin