Fanidan kurs ishi mavzu


I.BOB BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLIKLARIDA MASALALAR TO'G'RISIDA BA’ZI BIR FIKR VA MULOHAZALAR



Yüklə 49,46 Kb.
səhifə3/7
tarix24.12.2023
ölçüsü49,46 Kb.
#191911
1   2   3   4   5   6   7
Matematika o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu “ Boshl-fayllar.org

I.BOB BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLIKLARIDA MASALALAR TO'G'RISIDA BA’ZI BIR FIKR VA MULOHAZALAR

1.1 Algebraik masala haqida tushuncha

Masalalarni arifmetik, algebraik, geometrik masalalar deb turlarga ajratganda berilgan masala matematikaning qaysi tarmog‘iga oid ekanligi nazarda tutiladi. Bunday masalalar o‘z navbatida yana kichik turlarga bo‘linishi mumkin. Masalan, geometrik masalalar planimetrik yoki stereometrik masalalarga bo‘linishi va ularning har biri hisoblashga doir, yasashga doir, isbotlashga doir deb yuritiladigan uch guruhga (turga) bo‘linadi. Maktab matematika kursidagi masalalarning turlari va ularning yechish metodlari to‘g‘risida taniqli metodist olimlardan ayrimlarining bildirgan fikrlarini keltiramiz.



Masalan, L.M. Fridman, E.N. Turiteskiyning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra maktab matematika kursidagi masalalarni bunday turlarga ajratish mumkin:
1.Obyektlarning xarakteriga ko‘ra masalalar amaliy va tadbiqiy xarakterga bo‘ladi.
2.Topshiriqlarning xarakteriga ko‘ra masalalar noma’lumlarni topish; shakl
almashtirish yoki yasash; isbotlash yoki tushuntirish xarakterida bo‘ladi.
3.Nazariyaga nisbatan masalalar standart va nostandart bo‘ladi.
Nostandart masalalar yechilish metodlari jihatidan ancha murakkab masalalar hisoblanadi. Bunday masalalarni yechish uchun:
masalaning sharti almashtiriladi; obyektlarni boshqalari orqali almashtirish yo‘li bilan berilgan masala unga teng kuchli masalaga almashtiriladi.
Ma’lum va noma’lum kattaliklar bir-biriga bog‘lanadi, masalani qismlarga bo‘linadi; berilgan masalaga aniqlik kiritish yuzasidan yordamchi elimentlar kiritiladi.
Nostandart masalaning yechimini izlash esa bunday reja asosida olib boriladi:
masala tahlil qilinadi, uning yordamchi moduli tuziladi:
Agar masalaning shartidan yanada soddaroq masalalar ajratib olish yok uni bir necha sodda masalalarga ajratib yuborish mumkin bo‘lsa, u holda bu ishni bajarib, har bir sodda masala yechiladi. Agar mumkin bo‘lmasa, u holda masalaga yordamchi elimentlar kiritilib, masalaning shaklini almashtirish mumkinligi aniqlanadi;
Agar bunday qilish mumkin bo‘lsa, u holda masalaning shakli almashtiriladi;
Agar mumkin bo‘lmasa, u holda masalaning ifodalanishi o‘zgartiriladi (masalaning modeli yasaladi), so‘ngra masala yechiladi va hakoza.
Shunday qilib, har qanday matematik masalaning yechilish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Masalaning tahlili;
Masalaning yechish usulini izlash;
Masalani yechish rejasini tuzish;
Masalani yechish rejasini amalga oshirish (4),
Yechimni tekshirish;
Masalaning javobini aniqlash;
An’anaga ko‘ra, uzoq vaqtlardan beri mashqlarni ko‘nikma va malakalarni hosil qilish uchun bajariladigan ish sifatida qarab kelingan. Bunga sabab bilimlarni ma’lum tartibga tushgan sestima sifatida emas, balki majmua sifatida tasavvur qilish, shuningdek, dars strukturasini uy vazifasini tekshirish, yangi materialni bayon qilish, uyga vazifa berish kabi bosqichlardan iborat deb tushinishdir. Haqiqatan ham, bundan 20-30 yillar ilgari nashr etilgan – metodik adabiyotlarda huddi shunday yondashish mavjud edi.
Hatto hozirgi paytlarda ham ayrim o‘qituvchilar faolyatida bunday holatlarni uchratish mumkin. Natijada maktab o‘qituvchilaridan ayrimlari mashqlarga e’tiborsizlik bilan qaraydilar. U yoki bu sabablarga ko‘ra o‘tilmay qolgan darslarning o‘rnini bosish uchun mashqlarga ajratilgan soatlar miqdorini qisqartiradilar. Ular
« yangi materialni o‘rgatsam bo‘lgani, misol masalalarni yechish shartmi », degan kayfiyat bilan ish ko‘radilar.
Keyingi yillarda pedagog, psixolog, metodistlar (M.I.Maxmutov, Yu.K Babanskiy, Ya.I Lerner, T.I.SHamov, A.N.Leont’ev, Yu.M.Kolyagin, G.I.Saratisev, N.R.G‘aybullayev, T.To‘laganov, R.A.Habib va boshqalar ) olib brogan ilmiy-tatqiqot ishlari o‘qitish jarayonida mashqlarga bo‘lgan qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi. Gap shundaki, darsliklardagi har bir mashqning o‘z o‘rni, roli va vazifasi bor. Ulardan birortasini ham tushirib qoldirish mumkin emas. 1950- yillardagi darsliklarni ko‘zdan kechirsak, ulardagi mashqlar soni ancha ko‘pligiga ko‘zimiz tushadi. Hozirgi darsliklarda esa har bir soatiga o‘rtacha 4-5 ta mashq to‘g‘ri keladi. Hatto ba’zi sinflar uchun darsliklarda sinfda bajariladigan va uyda bajariladigan mashqlar alohida-alohida qilib ko‘rsatilgan. Shuning uchun har mashqlarni ko‘zdan o‘qitish zimmasidagi vazifalardan biri sanaladi.

Yüklə 49,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin