5-mavzu mavzu va variatsiyalar (variatsion shakl)



Yüklə 23,37 Kb.
səhifə1/5
tarix30.01.2022
ölçüsü23,37 Kb.
#51819
  1   2   3   4   5
5-mavzu


5-mavzu

MAVZU VA VARIATSIYALAR (VARIATSION SHAKL)

Reja

1.Variatsiya shakli



2.Variatsiyaning turlari

3.Ostinato basga (basso ostinato) variatsiyalar

4.Qat’iy variatsiyalar

Tayanch tushunchalar

Variatsion shakl, turlari, basso ostinato, qat’iy variatsiya, mavzu shakli

Variatsiya (lotincha va ria do) - mavzu bayoni va uning o‘zgartirilgan bir necha takroridan iborat shakl. Variatsion shakl sxemasi quyidagicha;

A+A1+A2+A3+…

Variatsiyalash rivojlovning keng tarqalgan shakllaridan biri sanaladi, zero istalgan tuzilma variatsiyalangan bo‘lishi mumkin. Bunda, odatda, mavzuning asosiy strukturasi saqlanib qoladi. Sof ko‘rinishdagi variatsiyali rivojiov mavzu materialini boyitish, uning yangi tomonlarini jiddiy o‘zgaitirishlarsiz ochib berish vositasi sanaladi.

Variatsiyalashni rivojlantirish tamoyili sifatida hamda variatsiyani shakl sifatida farqlash lozim.

Variatsiyalash rivojlantirish tamoyili sifatida istalgan janr va shaklda uchraydi. Masalan, davriyada Ikkinchi jumla birinchi jumlaning variatsion qayta bayoni boMishi mumkin. Rondo shaklida takrorlarda refren variatsiyalanishi mumkin. Sonata shaklining o‘rtalig‘i – rivojiov qismida variatsionlik ko pincha jiddiy rol o'ynaydi.

Variatsiyalar asar shakli sifatida ma’lum tuzilishdan iborat: tugal mavzu bayoni uning o‘zgargan takrorlari - shu mavzuga variatsiyalar bilan beriladi.

Variatsiya termini nafaqat shakl, balki janrni ham ifodalaydi. Bu holat uni boshqa shakllardan ajratib turadi. Variatsiyalar mustaqil asar (Brams. “Paganini mavzusiga variatsiyalar”), shuningdek, nisbatan yirik asarning qismi (Betxoven. Sonatalar № 10,23,30,32 (ohista qismlar): Shuman. Sonata f-moll, III q) bo’lishi ham mumkin.

Variatsiyalar mavzusi oddiy tugal sitakida bayon qilinadi. Xuddi shunday tugal shakl variatsiyalarning har birida saqlanib qoladi. Juda ko‘p hollarda qaysidir ommaviy asardan parcha, xalq qo’shig’i yoki raqsi variatsiya mavzusi bo’lib xizmat qiladi.

Mavzu uchun oddiylik, esda oson-oson qolishi, kuy, garmonik til va fakturaning soddaligi xarakterli. Bu sifatlar keyinchalik mavzuni murakkablashtirish va detallashtirish yo‘li bilan rivojlantirish imkonini beradi.

Mavzuni variatsion o‘zgartirish rang-barang bo’lishi mumkin. Kuyning o‘zi yok uning jo’rligi, yo har ikkalasi variatsiyaga uchrashi mumkin. Mavzu tonalligi va hatto strukturasi, faktura, ritm , metr garmonik ketma-ketlik (izchillik), lad o’zgarishi mumkin.

Variatsiyalar turkumi alohida mustaqil tuzilma sifatidagi koda yoki oxirgi variatsiyaning kengaytirilgan xotimasi bilan yakunlanishi mumkin.


Yüklə 23,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin