Fanidan kurs ishi mavzu


Algebraik masalalarning klassifikatsiyalash



Yüklə 49,46 Kb.
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü49,46 Kb.
#191911
1   2   3   4   5   6   7
Matematika o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu “ Boshl-fayllar.org

1.2 Algebraik masalalarning klassifikatsiyalash

Maktab matematika kursidagi mashqlarni, ularning ta’lim jarayonidagi vazifalari (funksiyalari)ga qarab:

- didaktik xarakteridagi, ya’ni bugun o‘tilgan mavzu-tushuncha, qonun-qoidalarni mustahkamlashga oid mashqlar;

  • bilish xarakteridagi, ya’ni uni yechish uchun bugungi mavzuni bilishdan tashqari yana avvallari o‘tilgan mavzularni ham bilish talab etiladigan mashqlar;


  • rivojlantirish xarakteridagi, ya’ni ularni yechish uchun bugungi mavzuni, avvallari o‘tilgan mavzularni bilishdan tashqari, biroz bo‘lsa ham, ijodiy yondoshish talab etiladigan mashqlar deb uch guruhga bo‘lish metodik jihatdan ma’qullangan. Ba’zi ilmiy metodik adabiyotlarda o‘quvchilar bilimini nazorat qilishga oid mashqlar, ta’limiy xarakterdagi mashqlar degan iboralar ham uchraydi. Masalan, professor N.R G‘aybullayevning ilmiy ishlarida « matematikadan ta’limiy praktikum « iborasi uchraydi. Bunda muallif amaliy bajarish jarayonida o‘quvchilarga matematikaga oid bilim berishni nazarda tutadi. O‘qitish jarayonida mashqlar turli yo‘nalishlarda namoyon bo‘lishi mumkin:


  • bilimlarni o‘zlashtirish, mustahkamlash vositasi (masalan, « to‘la kvadrat tenglama ildizlarini topish formulasi « mavzusi);



  • o‘qitish metodlarini qo‘llash shakli (masalan, mashqlarni induktiv yoki deduktiv yo‘l bilan bajarish);


  • Bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasini nazorat qilish vositasi (masalan, yozma ishlar o‘tkazish );


  • Iqtidor va qobilyatlarni rivojlantirish, aniqlash vositasi (masalan, turli musobaqa, konkurs, olimpiadalar o‘tkazish ) va hokozo.


Mashq bilan masala tushunchalari o‘rtasidagi umumiylik va farqlanishlar mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa ular nimalardan iborat degan savol paydo bo‘ladi


Aslini olganda, masalada inson bilan biror vaziyat (holat) o‘rtasida o‘zaro aloqa sodir bo‘ladi. Shuning uchun mashqni masalaning hususiy holi deb qarash mumkin. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday topshiriq ham mashq vazifasini bajaravermaydi masalan « tenglamani yeching » deyilsa, u holda bu topshiriq 8- sinf o‘quvchilari uchun mashq vazifasini bajaradi, chunki ular keltirilgan kvadrat tenglama va uning ildizlarini topish formulasi bilan tanishganlar. Lekin bu topshiriq 6-sinf o‘quvchilari uchun mashq vazifasini bajarmaydi, chunki ular bunday tenglamalarni yechishni o‘rganmaganlar. Demak, bundan kelib chiqadiki, biror masalani mashq qatoriga kiritish uchun undan foydalanish maqsadini, mazmunini o
o‘zlashtirishdagi uning o‘rnini, uni yechish bilan o‘quvchi faoliyati o‘rtasidagi muofiqlikni oydinlashtirish kerak. Keng ma’noda qaraydigan bo‘lsak, maktabda matematika o‘qitish, asosan, o‘quvchilarni masalalar yechishga o‘rganilgan nazariy bilimlarni amalda tadbiq etishga o‘rgatish demakdir. Shuning uchun ham maktabda matematikani o‘qitishga ajratilgan vaqt (soatlar)ning deyarli yarmidan ko‘pini masalalar yechish tashkil qiladi. Taniqli psixolog A.N.Leontev fikriga qaraganda, masala – u ma’lum shartlarda (yaqqol vaziyatlarda) berilgan maqsaddir V.I.Krupich masalalarning tuzilishini tashqi tuzilish ob’yektlari haqida ma’lumot beradi. Masalan « ikki korxona », « ikki ishchi », « bir yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan » va hokozo.
Bu tuzilish masalaning muammoli (qiyinlik) darajasini belgilaydi. Ichki tuzilish esa masala yechilishining strategiyasini (yechish usulini reja asosini) va uning murakkablik darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham maktabda matematika o‘qitishning nazariy asosini masalalarning ichki tuzilishi, masalalar, yechilishining mantiqiy tuzilishini izlash, masalalar yechishning umumlashgan yo‘li va boshqalar tashkil qiladi.
Xulosa qilib aytganda maktab matematika kursida qaraladigan mashqlar quyidagi alomat (belgi)larga ega bo‘lishi kerak:
  1. o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishlari mustahkamlashlari uchun vosita.


  2. o‘quvchilarning bilim malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish usuli.


  3. o‘quvchilar – bilish faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish usuli.


  4. darsni tashkil qilish shakllaridan biri.


  5. o‘qitish metodlarini namoyon bo‘lish vositasi.


  6. o‘quvchilar iqtidor va qobilyatlarini nomoyon bo‘lish vositasi .


  7. nazariyani amaliyot bilan aloqasini o‘rnatish vositasi (masalan, bir so‘mni yarimta odamga bo‘lib bering deyilsa, darhol 1 ni ga bo‘lib, javobda 2 ni hosil qilamiz.


Endi mulohaza yuritaylik: pulning o‘zi bir so‘m bo‘lsa, uni bo‘lib bergandan keyin nega 2 so‘m bo‘lib qoldi? masala shartini amaliyotga - hayotga (voqelikka) tatbiq etaylik: aslida yarimta odam bo‘ladimi? Bo‘lmaydi. Demak, bunday muammoni o‘rtaga qo‘yishning o‘zi noto‘g‘ri ).


Aytilganlargan ko‘rinib turibdiki, mashqlar o‘quvchilar –bilish faolyatlari turlaridan biri hisoblanadi, chunki mashqlar aniq maqsadlar,shuningdek vositalar, metodlarga ega.

Yüklə 49,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin