Fanidan kurs ishi mavzu


Kurs ishning maqsad va vazifasi



Yüklə 49,46 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü49,46 Kb.
#191911
1   2   3   4   5   6   7
Matematika o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu “ Boshl-fayllar.org

Kurs ishning maqsad va vazifasi. Matnli algebraik masalaning mohiyatini tushunish va turli tipdagi algebraik masalalarni yechish metodlari bo‘yicha berish asosiy maqsad hisoblanadi. Bundan tashqari algebraik masalalarning ratsion usullarda yecha bilish texnikasini o‘zlashtirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar berishdan iborat.
Mavzuning asosiy vazifasi bu maqsadni amalga bajarish uchun eng zarur bo‘lgan (mustaqil masala yechishni mashq qilish, murakkab va sodda masalalarning farqini ajrata bilish, eng avval sodda masalalarni yechish texnikasini o‘zlashtirib olish (murakkab masalalarni sodda masalalarga ajratish va h.k).
Mashqlarni uzluksiz mustaqil bajarish yordamida masala yechish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
Bundan tashqari tayyor masalalarni yechish bilan birga berilgan masalaga teskari masala tuzishni bilish va masalani to‘g‘ri yechilganligini tekshirishning usullaridan biri ekanligini tushunib yetish vazifasi ham turadi.
Mavzuning ilmiyligi. Bilim beruvchi har bir fan jumladan uning har bir mavzusi asoslangan qoida va qonunlar asosida tuzilgan voqealar bayon etilgandir.
Demak, o‘quvchilar bu manbalardan bilim bilan qurollantirilar ekan u ilmiydir.
Xuddi shuningdek algebraning masalalarini yechish metodlarini o‘rganish va shu asosda masalalar yechish bo‘yicha ko‘nikma va malakasi shakllanishiga ham mavjud ilmlarga asoslanadi. Asoslanmasdan hech narsa o‘rgatilmaydi. Faqat matematika aksiomalarigina isbotsiz qabul qiladi, chunki haqiqatdir, shunday isbotsiz qabul qilmaslikni iloji yo‘q aks holda boshqa bir matematik jumlani isbotsiz bilim sifatida tushuntirilar edi.
Shunday qilib shuni aytish kerakki qanday ishni o‘rganmaylik u ilmiydir.
Kurs ishning amaliy ahamiyati. O‘rganilayotgan har bir mavzu ma’lum darajada amaliy ahamiyat bor, o‘zidan keyin o‘rganiladigan mavzularni tushuntirishda qo‘llaniladi. Xuddi shuni fikrni masalalarning ham amaliy ahamiyati borligi to‘g‘risida ham aytish mumkin.
Ma’lumki masalalar hisoblashga, yasashga va isbotlashga doir turlarga bo‘linadi. Har bir isbotlashni talab etadigan matematik jumlani masala deyish mumkin va u isbotlashga doir masalalar turkumiga kiradi.
Bundan kelib chiqib har bir teoremani isbot talab etadigan masala deylik mumkin. Har bir isbot qilingan teorema keyingi teoremalarni isbot qilishda yoki misol va masala yechishda qo‘llaniladi. Bu esa shu fandagi amaliy ahamiyatlidir.
Masalan, Muavr va Nyuton formulalaridan foydalanib karrali argumentli trigonometrik funksiyalarning karrasiz (bir karrali) funksiya shaklida ifodalash mumkin yoki normal ko‘rinishdagi algebraik kompleks sondan istalgan ko‘rsatkichni ildiz chiqarishda trigonometrik kompleks sonlardan ildiz chiqarishdan foydalaniladi.
Masalalar yechish o‘quvchilarning mustaqil abstrakt fikrlash qobiliyatlarini, fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda alohida ahamiyatga egadir.

Yüklə 49,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin