Falsafa fakulteti «falsafa va fan metodologiyasi» kafedrasi falsafaga kiris



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#43531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
17falsafagakirishpdf



0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASI 

OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI 

0 ‘ZBEKIST0N MILLIY UNIVERSITETI

FALSAFA  FAKULTETI

«FALSAFA VA FAN METODOLOGIYASI»  KAFEDRASI



“FALSAFAGA KIRISh”

KURSIDAN QISQA MATNLAR

Toshkent 

2013



KIRISh

“Falsafaga  kirish”  kursidan  yozilgan  ushbu  matnlarning  asosiy 

vazifasi talabani qisqacha bo‘lsa ham falsafa qanday ma'naviy hodisa ekani 

bilan tanishtirishdan  iborat.

Ushbu kursning kerakligi  va dolzarbligi  alohida e'tiborga loyiq.  Zero, 

0 ‘zbekiston  o ‘z  mustaqilligiga  erishgunga  qadar  yakkayu  yagona  to ‘g‘ri 

ta'limot  bo‘lib  kelgan  va  mafkuraning  mustahkam  poydevori  hisoblangan 

eski  falsafa o‘miga o ‘z  mil 1 iy  falsafamizni  shakllantirish vazifasini  amalga 

oshirish  y o lid a   izlanish  olib  borar  ekanmiz,  bu  yangi  falsafa jamiyatimiz 

hayoti  uchun  eng  yaroqli  ta’limot  qanday  bo‘lishi  kerakligi  masalasini 

chetlab  o ‘tib  bo‘lmaydi,  Shu  ma'noda  falsafa  dunyoqarashning  barcha 

shakllari orasidagi о ‘mini va ularga munosabati masalasini, ma'naviyatning 

boshqa sohalari bilan bog‘lanishlarini aniqlab olish zarurati katta.  Ayniqsa, 

diniy  ekstremizm  va  fundamentalizm  taz'yiqi  mavjud  bo‘lib  turgan 

sharoitda  dinning  mazmuni  va  yangi  falsafaning  unga  munosabati 

masalasini,  ilmiy-texnika  revolyutsiyasi  tufayli  kelib  chiqqan  ekologik 

umumbashariy  krizislar  sharoitida  falsafaning  fanga,  ilmiy  dunyoqarashga 

munosabati  masalasini  va  umuman,  falsafaning  boshqa  dunyoqarash 

shakllaridan farqi,  afzal va umumiy jihatlari masalasini yyechishga harakat 

qilmaslik mumkin emas.

Mazkur  qisqacha  matnlar  shunday  ehtiyojning  natijasi  o ‘laroq 

tayyorlandi.  Bu  kursdan  yozilgan  birinchi  ish  sifatida  uning  muayyan 

nazariy,  mantiqiy va boshqa kamchiliklari bo‘lishi tabiiy.

Shunga  qaramasdan  talabaning  falsafa  bilan  dastlabki  tanishuvi 

uchun  tayanch  bo‘ladi  degan  umidda  bu  ish  iloji  boricha  zudlik  bilan 

amalga  oshirildi.  Mustaqillikka  erishilgan  14  yil  mobaynida  xosil  bo‘lgan 

ma'naviy  bo‘shliqqa  biroz  bo‘lsa  ham  qo‘shib  qo‘yish  mumkinligi 

talabaning  ham  keyingi  izlanishlari  uchun  asos  bo‘lishi  mumkinligi 

nazarda tutildi.

Qisqacha matn Falsafa fakultetining Ilmiy Kengashida ко‘rib chiqilib 

tasdiqlangan bayonnoma №  11  2004 yil  30  iyun.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin