Falsafa fakulteti «falsafa va fan metodologiyasi» kafedrasi falsafaga kiris


-MAVZU: FALSAFA -  QADIMIY DONIShMANDLIK



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#43531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
17falsafagakirishpdf

5-MAVZU:

FALSAFA -  QADIMIY DONIShMANDLIK

REJA:

1.  Donishmandlik va muhabbat -  falsafaning ikki asosiy jihati

2.  Falsafaning qadimiyligi masalasi

3.  Donishmandlik va muhabbat -falsafaning ikki asosiy jihati.

1. 


Donishmandlik  va  muhabbat  -   falsafaning  ikki  asosiy  jihati. 

Avvalo,  «filosofiya”  atamasining  ma'nosiga  e'tibor  beraylik.  Bu  atamani 

yunon  faylasufi  Pifagor  birinchi  bo‘lib  kiritgan  va  lug‘aviy  ma'nosi  ikki 

tushunchaning  birikuvidan  tashkil  topadi:  «filo’ -muhabbat,  “sofiya”  -  

hikmat,  donishmandlik.

“Donishmandlik”,  “hikmat”  atamasini kundalik ong darajasidan turib 

tushunish  qiyin.  Kundalik  ongda  “donishmand”  deyilganda  og‘ir-vazmin, 

bosiq  tabiatli,  mehr-muruvvatli,  turmushning  har  qanday  tashvish  va 

g‘alvalari  oldida  dovdirab  qolmaydigan  odam  tushuniladi.  Va  odatda,

20



hayotimizda 

shunday 


odamlardan 

maslahat 

socraymiz, 

yo‘l -  


ko‘rsatmalaridan  bahramand  boclishni  istaymiz.  Lekin  bu  og‘irlik, 

vazminlik, 

mehr-muruvvatlilik 

qanday 


shakllanishini 

bilmaymiz. 

Gyotening  (1749-1932)  aytishiga  ko‘ra:  «Go‘dak  o‘zini  qurshab  turgan 

voqe-dunyoga  sofdillik  bilan  qaraydi.  0 ‘zini  unga  ishonib  topshiradi. 

Yosh  yigit  esa,  unga  o‘z  ehtiroslari  orqali  qaraydi.  U  o‘zini  boshqarishi 

kerak,  aks  holda uni  ehtiroslari  adashtirshi  mumkin.  YEtuk yoshdagi  kishi 

har  bitta  harakatini  tekshiruvdan  o ‘tkazib  bajarishga,  skeptitsizmga  moyil 

bo‘ladi,  adashishdan  qo‘rqadi.  Shuning  uchun  uning  fikrlari  juda 

o‘zgaruvchan boMadi.  Qari  odam  esa,  odatda kocproq ruhiy tajribaga moyil 

bo‘ladi.  U  aql  bovar  qilmas  hodisalaming  sodir bolishini,  va  aksincha  aql 

bovar  qiladigan  hodisalaming  barbod  bo‘lishini  ko‘ra  oladi.  U  baxt  va 

baxtsizlik  kutilmaganda  bir-biri  bilan  almashinib,  bir-birini  muvozanatga 

solishini kuzata oladi”.

Bu  haqida  donishmandlaming  oczlari,  masalan,  Qadimgi  yunon 

faylasufi  Geraklit  nima  deganini  ko‘raylik.  Uning  uqtirishiga kocra:  “Ko‘p 

narsani 


bilish 

hali 


donishmand 

bo‘lish 


emasdir”, 

Platon 


esa 

donishmandlikning  mohiyatini  bilishda  deb  hisoblagan.  Boshqa  yunon 

donishmandi,  Platonning  shogirdi  Aristotel  donishmand  odarnni  quyidagi 

belgilarga  ko‘ra  ajratadi:  birinchidan  deydi  u,-donishmand  garchi,  har  bir 

a> rim  olingan narsalaming barcha  ikir—chikirini  emas,  iloji boricha hamma 

narsani  biladigan  odamdir.  Ikkinchidan,  odamlar  uchun  qiyin  oson  bilish 

mumkin bo‘lmagan narsalarni biladigan odam 1 ami  donishmand deymiz.

Shunga  ko‘ra,  donishmand  bolishni  istagan  odam  hamma  narsani 

ikir-chikirlaridan  emas,  balki  hamma  narsaning  asosida yotadigan,  kishini 

hayratga  soladigan  narsalarni  bilgisi  keladigan  odamdir.  Bunday  savollar 

esa,  ko‘p  va  kishini  juda  band  qiladi.  Shuning  uchun  bu  yo‘lga  kirgan 

odam  kundalik  ikir  -   chikirlar  bilan  hayolini  band  qila  olamydi. 

Faylasuflik  yo‘li  ko‘p  va  chuqur  bilishga  intilishdan  boshlanadi.  Uning 

bilishdan  maqsadi  ham  boshqalamikidan  farqlanadi.  Uning  bilishdan 

maqsadi-bu  bilimdan  bevosita  foydalanish  emas,  amal  yoki  shuhrat 

qozonish emas, balki dunyo siriga dohil  bo‘lishdir.

2. 

Falsafaning  qadimiyligi  masalasi.  Falsafa  axloqiylikdan  ham 



oliyroq  ma'naviy  qadriyatdir.  Chunki,  faylasuf  uchun  muhimi  yaxshini 

yomondan  ajratish  emas,  balki,  bilimni  nodonlikdan,  jaholatdan  ham 

ajratishdir.  Zero,  barcha  yomonlik,  donishmand  nazdida  bilimsizlik 

oqibatidir.  Bilimsiz  nodonlarni  yaxshilikka  o‘ratib  bo‘lmaydi,  deb 

hisoblaydi  faylasuflar.  Ikkinchi  tomondan,  donishmandlik  bilimning

21



o ‘zidan  ham  iborat  emas.  Balki  barcha  odamlarga,  yaxshi-yomonni  ham 

mehr-muhabbat bilan qaray bilishdir.

Demak,  donishmandlik  faqatgina bilim,  bilimning  o‘zidangina emas, 

balki  ko‘proq  o ‘z  bilimlarini  qanday  q o llash   kerakligini  axloqiy  baholay 

oladigan,  odamlar va to ‘rt tabiatga hamdardlik qila oladigan odam hamdir. 

Bu ta'rifdan  donishmand  bilan  olim  orasidagi  farq  yaqqol  ko‘rinadi.  Ya'ni 

olim biror kashfiyot  qilsa,  u bu kashfiyoti  odamlarga qanchalik  foyda yoki 

zarar  keltirishidan  ko‘ra  kocproq  bu  kashfiyot  o‘ziga  nima  berishini 

o‘ylaydi.

Eng 


qadimgi 

falsafa 


mifologiyadan 

ayrim 


bolgan 

emas. 


Mifologiyada  dunyo  majoz  (ramz)larda  ifodalangan.  U  bilim  sifatida 

Odam  Atodan  Muhammad  s.a.v.  ga  qadar mavjud  b o lib   kelgan.  Xususan, 

Gegel  shunday yozadi:  “Sharqda,  ayniqsa,  Hindistonda G ‘arbdagi kabi  oliy 

Haqiqatning  tabiatini  intellekt  orqali  aniqlashga  harakat  qilganlar.  Lekin, 

ular  birinchidan,  intellektni  Haqiqatni  kashf  etishning  eng  yaxshi  quroli 

darajasiga  ko‘tarilgan  emaslar,  balki  uni  ikkinchi  o‘ringa  qo‘yganlar. 

Bimehi  o‘rinni  esa  ular  hamisha  ruhiy  intuitsiya  va  ishroqqa  (vahiy 

yordamida 

yorishuv) 

ruhiy 


(psixologik) 

tajribaga 

tegishli 

deb 


hisoblaganlar.  Shu  oliy  kashfga  bilimga  zid  keladigan  har  qanday 

intellektual  xulosani  haqiqiy  emas”,  deb  hisoblagan.  Ikkinchidan,  bu 

yerdagi  har  bir  falsafiy  ta'limot  ongning  oliy  holatiga  erishuv  amaliyoti 

(meditatsiya)  bilan  qurollangan  bo‘lgan.  Shuning uchun,  garchi  ish fikrlash 

jarayonidan  boshlangan  taqdirda ham,  maqsad  aqlgan  asoslangan  tafakkur 

doirasida tashqariga chiqadigan holga erishuvdan iborat bo‘lgan.  Har qaysi 

falsafaning  asoschisi  (va  ularning  izdoshlari)  bir  vaqtning  o‘zida 

mutafakkir-Yogin  (avliyo)  sifatiarini  o‘zida  mujassam  etib  kelgan. 

Faqatgina  intellektual  faylasuflar  o‘qimishli  bolganliklari  uchun hurmatga 

sazovor  bolgan.  Lekin  hech  qachon  Haqqa  erishganlar  darajasiga 

qo‘yilgan  emas.  Ruhiy  tajribaga  erishish  uchun  yetarli  quvvatga  ega 

bo‘lmagan 

falsafiy 

ta'limotlar 

o ‘limga 

yuz 


tutuganlar, 

tarixga 


aylanganlar..  ” .  G ‘arbda  esa  ,  aksincha  ...  Bu  erda  yana  shuni  alohida 

ta'kidlash  kerakki,  yunon  falsafasi  ham  quruq  yerda  vujudga  kelgan  emas. 

Qadimgi  yunon  faylasuflari  Geraklit,  Pifagor,  Suqrot,  Platon  va  boshqalar 

“hol”ga 


erishuv 

orqali 


haqqa 

yetishgan 

donishmandlar 

ekanini 


tasdiqlaydigan hujjatlar bor.

Demak,  faylasuflar  ham  “ruhiy  tajriba”  bilan  mashg‘ul  bo‘lganlar. 

Hazrati  Muhammad  s.a.v.  ham  Hiro  g‘orida  30  kun  ro'za  tutib  birinchi 

vahiy kelganida shunday oliy “hoi”  darajasida bo‘lganlar

22



Shunday  “hoi”  (yoki  vahiy)ga  yetishuv  uchun  vosita  bo‘ladigan 

muraqaba  (meditatsiya)  ruhiy  tajribasi  juda  qadimiy  va  hamon  juda 

yoshdir.

3.  Donishmandlik  va  muhabbat  -   falsafaning  ikki  asosiy jihati.  Biz

о 4m ish 

mafkurasi 

davrida 

YEvropa 


falsafasi 

Yunon-Rim 

sivilizatsiyasidan  boshlangan  deb  ishonib  keldik.  Toki,  XIX  asrga  kelib

O.Shpengler “YEvropa halokati”  asarini yozsa hamki,  butun  YEvropaning 

o‘zi  qadimgi  yunon  sivilizatsiyasi,  madaniyatidan  oldin  ham  ko‘plab 

buyuk  sivilizatsiyalar  mavjud  bo‘lganini  tan  olinayotgan  va  hozirgi  davr 

olimlari  ham  oldingi  sivilizatsiya  qoldiqlaridan  izlab  topib  borayotgan  va 

Platonning  “Atlantida”  haqidagi hikoyasi  fantaziya  emasligi ma'lum bo‘lsa 

hamki,  hamon falsafa tarixni yunon sivilizatsiyasidan boshlash  hollari ko‘p 

uchraydi.  Vaholanki,  nemis  falsafa  tarixchisi  O.Shpenglerdan  (1880-1936) 

oldinroq  yashagan  ezoterizm  namoyondasi  E.P.  Blavatskaya  (1831-1891) 

shunday yozgan  edi:  “Sivilizatsiya mavjud boclgan  deb  hisoblanadigan  har 

bir  qadimgi  mamlakatda  donishmandlik  deb  ataladigan  bilim  tizimi, 

ezoterik doktrinalardagina mavjud bo‘lgan...”

Bolqon  yarim  oroliga  Hindistondan  kelgan  Orfey  ta'limoti  yerda 

shakllangan  va  rivojlangan  ko‘p  falsafiy  maktablar  uchun  manba  b olgan 

ekan.  Yangiplatonehi  Plotin  (204-270)ning  ustozi,  ikkinchi  asrda  yashab 

o‘tgan  Ammoniy  Saksning  fikriga  ko‘ra,  donishmandlik  dinining  sirli 

talim oti  Germes  kitobida tolaligicha bor.  Pifagor va Platon o ‘z bilimlarini 

o‘sha kitobdan  olganlar.  Bu talim ot  esa  Sharq  donishmandligi  bilan  aynan 

birdir.

Donishmandlikning  tabiati 

va  qadimiyligi  tasavvuf  mashhur 

shayxlaridan  biri  Suhravardiy  tomonidan  shunday  ochiladi.  Uning 

tushuntirishiga  ko‘ra:  «To‘liq  (chuqur)  va  haqiqiy  bilim  bo‘lgan  ishroq 

(Nurlanish)  nafsni  tiyish  va zikr  orqali  erishiladigan  bilim  bo‘lib,  qadimgi 

yunonlar  bu  bilimni  Hudoning  (Zevsning)  o ‘g‘li  deb  hisoblaganlar. 

Xermes  osmondan  olgan va  bu  bilim yunon,  arab  va Eron  donishmandlari 

bir-birlaridan olib turgan bilimning o‘zidir .

Shunday  qilib,  ezoterik  (sirli,  mistik,  osmondan  olinadigan)  bilim 

sifatida  ilohiy  hikmatning  tarixi  juda  qadimiydir.  Uning  manbai 

ilohiyotning  o‘ziga  borib  taqaladi.  Shuning  uchun  uni  mana  bu  davrda 

vujudga  keldi  deb  ko‘rsatish  qiyin.  Lekin,  inson  vahiyatga  erishgandan 

buyon bu  ilm  bor deyish mumkin.  Vahiylik  esa Odam Atodan  Muhammad 

s.a.v.gacha mavjud bo‘lib kelgan.

23




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin