Falsafa fakulteti «falsafa va fan metodologiyasi» kafedrasi falsafaga kiris


-MAVZU: HOZIRGI  DAVR FALSAFASINING ASOSIY VAZIFALARI



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#43531
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
17falsafagakirishpdf

12-MAVZU:

HOZIRGI  DAVR FALSAFASINING ASOSIY VAZIFALARI

REJA:

1.  Falsafaning dimyoqarash vazifasining о ‘ziga xosligi

2.  Falsafa metodologiya sifatida

3.  Falsafaning umumlashtiruvchi vazifasi

4.  Falsafaning tarbiyaviyligi

5.  Falsafa mafkuraning asosi sifatida

1.  Falsafaning dunyoqarash vazifasining o‘ziga xosligi

Falsafa  dunyoqarash  muammolarini  yechish  uchun  borliq  nima, 

tabiat, jamiyat,  inson borlig‘ining mohiyati nimada kabi muammolarni  ham 

yechmog‘i  kerak.  Bu  muommolar  dunyoning  negizida  yotuvchi  narsa, 

qandaydir  mohiyat  yoki  qurilish  material  bormi?  Ushbu  material  qanday, 

qaerda,  qay  muddatda  mavjud?  kabi  savollarni  o ‘z  ichiga  oladi.  Bu 

savollarga javob izlash falsafaning ontologik vazifasiga kiradi.

Dunyoqarash  vazifasini  bajarar  ekan,  falsafa  diniy  dunyoqarashdagi 

kabi  payg‘omga,  to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  ishonchga  emas,  mifologiyadagi  kabi 

to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  yorishuvga  emas,  balki  insonning  biluvchilik  faoliyati 

zarrama-zarra yig‘ilb kelayotgan natijalarga tayanadi.

Falsafa  bilish  jarayonining  o‘zini  ham,  uning  tabiati,  bosqichlari, 

haqqoniyligi,  haqiqiy  bilimning  belgilari,  mezonlari  kabi  bir  qator 

muammolarni  ham  yechishiga  to ‘g‘ri  keladi.  Bu  muammolarni  yechish 

falsafaning gnoseologik vazifasiga kiradi.

Falsafa  metodologiya  sifatida.  Dunyoni  universal  nazariy  bilish 

vazifasini  amalga  oshirar  ekan,  ratsional  falsafa  bu  ishni  bevosita  emas, 

ko‘proq  bilvosita  amalga  oshiradi.  Ya'ni  bu  ishda  u  voqe  olamning xilma-

46



xil  qirralari,  xususiyatlarini  o ‘rganadigan  maxsus  fan  sohalari  -  

matematika,  fizika,  astronomiya,  ximiya,  biologiya,  geologiya  va 

boshqalarga,  shu jumladan,  kundalik hayotiy bilim va tajribalarga tayanadi. 

Zero,  bizni  qurshab  turgan  bu  dunyo  cheksiz  murakkab,  ko‘pqirrali, 

xususiyatlariga  ko‘ra  bepoyondir.  Bu  rang-baranglikni  falsafa  maxsus 

fanlarni j alb  etmagan holda  qamrab  ololmaydi.  Falsafaning vazifasi xilma- 

xillik  asosida yotuvchi  umumiyatni -  dunyo  va  insonning  mohiyati,  tabiati 

muammolarini o ‘rganadi.

Falsafaning umumlashtiruvchi  vazifasi.  Ushbu umumiy bilimni  hosil 

qilish  uchun  fal safa  j ami ash,  tartiblash,  umumlashtirish  vazifalarini  ham 

bajarishi  darkor.  Zero,  falsafa uchun  voqe  dunyoning barcha  ikir-chikirlari 

aniq  bolishi  shart  emas,  balki  uning  umumiy  manzarasini  chizib  berish 

muhimdir.  Buning  uchun  ayrimlikni  o‘rganuvchi  fan  sohalari  to‘plagan 

asosiy  bilimlarni  bir joyga  to ‘plash,  ularni  muayyan  tartibda joylashtirish 

va  yaxlitlik  g‘oyasi  ostida  birlashtirish  kerak.  Shuni  ham  qayd  etish 

lozimki,  jamlash,  tartiblash,  umumlashtirish  hamma  fanda  ham  sodir 

bo la d  I.  Buningsiz  fanlaming  asosini  tashkil  etadigan  tushunchalar, 

qonuniyatlar  kelib  chiqishini,  umuman,  fan  rivojini  tasavvur  etib 

bo‘lmaydi. 

Lekin 


falsafadagi 

umumlashtirish 

boshqa 

darajadagi 

umumlashtirish 

bo lib , 

bunda 

boshqa 


fanlardagi 

qonuniyatlar, 

tushunchalar,  umulashmalar  ayrimlik  sifatida  qatnashadi. 

Falsafiy 

tafakkuming butun murakkabligi ham ana shunda.

Ratsional  falsafa  bilish  uslublari  haqidagi  ta'limot  (metodologiya) 

vazifasini  ham  bajaradi.  Zero  maxsus  fan  sohalari  o ‘z  amaliyotida 

qoMJaydigan  turli  uslub  va  vositalar,  ishonchli  bilimga  intiladigan  falsafa 

uchun  befarq emas.  Shu munosabat bilan  ilmiy  izlanish  uslubiarini maxsus 

o‘rganish,  ularni  taqqoslash,  samaradorligini  tekshirish,  ularni  qo‘llash 

imkoniyatlari  va  chegaralarini  o‘rganish  zarurati  ham  vujudga  keladiki, 

ushbu  masalalarni  falsafiy  tafakkur  doirasida  amalga  oshirish  mumkin  va 

maqsadga muvofiq.

Insonning mohiyati haqidagi muammoga javob izlovchi dunyoqarash 

shakli  sifatida  falsafa  tarbiyaviy  vazifani  ham  bajaradi.  Chunki  insonning 

chin  mohiyatini  o‘rganish  uning  hayotining  chuqur  va  asl  maqsadini 

aniqlashga  olib  keladi. 

Faylasuf  shu  maqsadga  qanday  erishuv 

mumkinligini  ko‘rsatib  berishi  mumkin.  Kishilik  falsafiy  tafakkurining 

barcha  xillari  va  tarixiy  ko‘rinishlarida  inson  hayotining  asosiy  ma'nosi 

baxtga erishuvdan  iborat.  Lekin bunga har qanday odam emas,  faqat komil 

inson  muyassar  bo‘ladi,  degan  javob  bor.  Masalan,  «Inson  vujudidan 

maqsad,-deb yozadi,  buyuk  donishmand  Abu Nasr Farobiy,-eng  oliy baxt-

47



saodatga  erishuvdir;  u  baxt-saodat  nima  va  nimalardan  iborat  ekanligini 

bilishi,  unga  erishuvni  o ‘ziga  g‘oya  va  maqsad  qilib  olishi,  unga  butun 

vujudi  bilan  maftun  bo‘lishi  kerak.  Baxt-saodatga  erishuv  va  tug‘ma 

qobiliyatlaming  rivoj lanishi  o‘z-o‘zicha boclavermaydi,  balki  bu  masalada 

qandaydir  bir  muallim  yoki  rahbarga  muhtojlik  tug‘iladi»D.  I.Kantning 

falsafaning  predmeti  haqidagi  mulohazalari  ham  Farobiyning  ayni  shu 

fikrlari  bilan  bir xildir.  Mumtoz  nemis  faylasufi  Fixte  ham  «Falsafa  butun 

insoniyatning  tarbiyachisidir»-degan  edi.  XX  asrning  argentinalik  taniqli 

faylasufi  X.A.Livraga  esa,  chin  faylasuf  o‘zidan  tinimsiz  suv  chiqarib 

turuvchi  buloq  kabidir,  buloq  bo l a   turib  suv  chiqarmaslik  mumkin 

bolm aganday,  faylasuf bo l a  turib kishilarni  tarbiyamaslik mumkin emas-, 

deb yozgan  edi.  Hozirgi  davr  kishisi  o‘z  hayotining  ma'nosini  topa olmay, 

ekzistentsial  vakuumga  tushib  qolib,  muhim  hayotiy  quvvatini  yocqotib 

borayotganidan  tashvishlangan  Amerika  ruhshunos  olimi  F.Frankl  ham 

shunday vazifani bajara oladigan falsafa haqida orzu qiladi.

Falsafaning tarbiyaviyligi

Falsafaning  tarbiyaviy  vazifasi  ikki  yo‘nalishda  amalga  oshadi.  Biri 

qadriyatlarni 

shakllantiruvchi 

qismi-aksiologiyani 

o‘z 

ichiga  olsa, 



ikkinehisi-falsafani 

amaliyotga 

tadbiq 

etilishi 

haqidagi 

ta'limot- 

prakseologiyadir. 

Demak, 


shu 

ma'noda 


falsafa 

aksiologiya 

va 

prakseologiya  vazifalarini  ham  bajaradi.  Lekin  bu  vazifalar  chuqur 



ontologik  ildizlardan  kelib  chiqishi  kerak,  ya'ni  mustaqil  bo‘ Isa  .zald 

demagogik g coyalardan boshqa narsa bo‘lmaydi.

Shunday  qilib,  biz  falsafaning  deyarli  barcha  asosiy  vazifalarini  va 

maqsadini  ko‘rib  chiqdik.  Lekin  falsafaning  vazifalari  shularning 

o‘zidangina  iborat  emas,  albatta.  Chunki  falsafa tirik  organizm  kabi  doimo 

o‘zgarishda,  o‘sishda,  yangilanishda  bo‘ladi.  Bu  jarayonda  nafaqat  uning 

arim  vazifalari,  balki  ayrim  ta'limotlari 

o ‘z  quvvatini  yo‘qotib, 

dogmalashuvi,  boshqalari  esa  o‘z  taraqqiyotini  boshlashi  yo  davom 

ettirishi  mumkin.  Lekin,  umumiy  falsafiy  tafakkur  hech  qachon  o ‘sish, 

izlanishdan  to‘xtamaydi,  U  umumbashariy  qadriyat  sifatiida  doimo  inson 

hayotining  ma'naviy  negizini  tashkil  etishda  davom  etadi.  Rivojlanish 

jarayonida  bo' lgan  har  qanday  tirik  organizmdagi  kabi  falsafaning  ham 

o‘sishi,  rivojlanishi  bilan  bog‘liq  o ‘ziga  xos  qiyinchiliklari,  muammolari 

muttasil  yuzaga  chiqib  turadiki,  ularning  echib  borilishi  butun  jamiyat 

hayotining  asosida  yotadigan  masalalarning  echilishi  sifatida  alohida 

ahamiyatga  molikdir.  Falsafaning  rivojlanishida  esa  ijodiy  tamoyil, 

intellekutual intuitsiya va transtsendentsiyaning ahamiyati katta.

48



5. 

Falsafa  mafkuraning  asosi  sifatida.  Rivojlanish  jarayonida 

falsafaning  ayrim  vazifalari  eskirshi,  o‘z  umrini  tugatishi,  yangilarining 

paydo  bo‘lishi,  kuchayib  borishiga  misollar  ko‘p.  Xususan,  falsafa 

shakllanayotgan  ilk  davrlarda  ayrimlikni  o ‘rganish  ham  uning  zimmasida 

edi,  lekin  ayrimlikni  o ‘rganuvchi  maxsus  fan  sohalari  vujudga  kelgach 

falsafa  bu  vazifasidan  ozod  bo‘lib,  asosan  umumiyatni  o ‘rganishga  octishi 

mumkin  bo‘ldi.  Buning  o ‘rniga  (ayrimlikni  o ‘rganish  vazifasi  o‘miga) 

metodoogiyaviy  funktsiyasi  rivoj  topdi.  Shuningdek,  ayrim  davrlarda 

falsafaning  ba'zi  vaifalari yoki  biron-bir vazifasi  faol  rol  o‘ynay  boshlashi, 

boshqalari  faol  bolm asligi  hollari  ham  kuzatiladi.  Bu  hoi,  albatta  konkret 

falsafiy  ta'limotning  o‘ziga  ham,  ijtimoiy  shart-sharoitlarga  ham  bog‘liq. 

Misol  tariqasida  Marks  falsafasini  olish  mumkin.  Sir  emaski,  sobiq  ittifoq 

davrida 


bu 

falsafaning 

mafkuraviy 

funktsiyasi 

boshqa 

barcha 


funktsiyalaridan ustuvor bo‘lib olgan va natijada boshqa vazifalaming rivoj 

topish  imkoniyatlari juda torayib ketgan  edi.  Bu qanday sodir bolganligini 

anglash  uchun  mafkuraviy  vazifa  mazmuniga  e'tibor  berish  kerak. 

Yunoncha  (idea)  ideya  so‘zi-g‘oya  degan  ma'noni,  (logos)  logos  esa, 

«ta'limot»  degan  ma'noni,  birgalikda  - « g ‘oyalar  haqidagi  ta'limot» 

ma'nosini 

bildiradi. 

Ushbu 


tushunchaning 

markscha 

ta'rifi 

esa, 


quyidagicha:  «ideologiya  ijtimoiy  voqelikda  namoyon  bo‘ladigan  siyosiy, 

huquqiy,  axloqiy,  diniy,  badiiy,  falsafiy  g‘oyalar  haqidagi  ta'limot  bo  lib, 

bu g ‘oyalarda kishilarning voqelikka munosabatlari o ‘z ifodasini topadi».

Agar  biroz  diqqat  bilan  qaralsa,  bu  ta'rifning  faqat  birinchi  qismi, 

ya'ni  «Ieologiya  ijtimoiy  voqelikda  namoyon  bo‘ladigan  siyosiy,  huquqiy, 

axloqiy,  diniy-badiiy,  falsafiy  g‘oyalar  haqidagi  ta'limot»-,  degan 

joylarigina  ideologiya  so‘zining  asl  ma'nosi  hajmiga mos  kelishini,  qolgan 

qismi esa,  ataylab  kiritilgani ma'lum boiadi.  Ayni  shu tufayli «ideologiya» 

so'zining  chin  ma'nosi  qadrsizlandi,  uning  umumiylik  darajasi  kamaydi, 

sifati  buzildi.  Zero, jamiyatdagi turli-tuman  g‘oyalar haqidagi  harakatchan, 

betaraf,  o ‘suvchan,  o ‘zgaruvchachn  bilim  bo‘lish  o ‘rniga  ideologiya 

kishilarni muayyan  voqelikka konkret munosabatini yo‘naltirish vositasiga 

aylantirildi.  Bu  esa,  umumiylikning  ayrimlik darajasiga tushirishdan  iborat 

mantiqiy  xato  (sofizm)  edi.  Shu  xato  tufayli  mafkura  konkret  shakl 

tutquniga  aylandi,  o ‘z  vazifasini  to ‘g‘ri  bajarish  o ‘miga  maddohlikka 

aylandi.


“Maflcura”ga  shu  xilda  tor  yondashuv  uni  «jamiyatdagi  muayyan 

qatlamning;  guru  h,  sinf manfaatlarini  ifoda  etib  kelgan  siyosiy,  huquqiy, 

diniy,  axloqiy,  badiiy  g‘oyalar»  darajasiga  tushiradi.  Ayni  shu  darajaga 

tushib  qolgan  «Mafkura»  jamiyat  hayotida  o‘z  vazifasini  to ‘g‘ri  bajarish

49



imkoniyatiga  ega  bo‘la  olmaydi,  va  aksincha,  tor  guruhiy,  sinfiy 

manfaatparastlikdan  qanchalik  yuqori  chiqa  olsa,  bu  mafkura  shuncha 

to ‘g ‘ri va foydali bo‘ladi.

Ayni  zamonda  mafkurani  dunyoqarash  bilan,  shu  jumladan,  faqat 

falsafiy  dunyoqarash  bilan  bir  deb  qarash  yaramaydi.  Bu  tushnchalar 

orasida  muayyan  bogclanish  mavjudligi  bilan  birga,  muhim  sifat  farqlari 

ham  bor.  Zero,  dunyoqarash  dunyo  va  inson  orasidagi  munosabatga 

daxldor juda keng muammolar doirasini o‘z  ichiga olsa,  mafkura jamiyatni 

tartiblashuviga  oid  g coyalarni  muayyan  g‘oy alarm  o‘z  ichiga  oladi.  Shu 

ma'noda  u  siyosiy  faoliyatning  g‘oyaviy  asosi  boMishi  mumkin  va  o‘z 

siyosiy  faoliyat  yo‘nalishiga  ega  boiishni  istaydigan  har  qanday  davlat, 

siyosiy  partiya  shu  yo‘nalish  uchun  asos  bo‘ladigan  konkret  mafkurga 

muhtojdik xis  etadi.  Lekin,  har  qanday  mafkuraning  o‘zi  ham  o‘z-o‘zidan 

paydo  bo‘lmaydi,  balki  shakllangan  muayyan  dunyoqarash  zaminidan 

o‘sib  chiqadi.  Shuning  uchun,  bugungi  kunda  mustaqil  mamdakatimiz 

ma'naviyatiga,  xususan,  mafkurasiga  asos  bo l a   oladigan  dunyoqarashning 

shakllanishi va rivoj lanishi har qanday ishdan muhimroqdir.

Shunday  qilib,  ijtimoiy  voqelikda  namoyon  bo‘lib  turgan  va  siyosiy 

faoliyat  yo‘nalishini  belgilaydigan  g‘oyalar  haqidagi  ta'limot  sifatida 

mafkura  har  qanday  dunyoqaroashning,  shu jumladan,  falsafaning  muhim 

vazifalaridan  biridir.  Ayni  shu  vazifa  bilan  falsafa  amaliyotning  ko‘p 

sohalariga:  ayniqsa,  siyosiy  amaliyotga  ta'sir  ko‘rsatadi.  Boshqacha 

aytganda,  siyosiy  amaliyot  dunyoqarashning  ayn i  shu  vazifasidan  keng 

foydalanadi.  Bu  tabiiy  va  sog‘lom  intilish  bo‘lib,  uning  asosida  mamlakat 

ma'anaviyatida,  ichki  dunyosida  nimalar  sodir  boMayotganini  bilish 

maqsadi  yotadi.  Bunday  bilimni  nazardan  soqit  qilish  esa  o‘zining  chuqur 

ma'naviyatiga,  yuksak  aql-zakovatiga  va  xis-tuygculariga,  qadriyat 

haqidagi  tasavvurlariga  ega  bo‘lgan  chin  insonlar jamiyatini  emas,  balki, 

hayvonlar to ‘dasini boshqarish bilan bir bo‘ladi.

Ijtimoiy qadriyatlar haqidagi  g ‘oyalar tizimi  sifatida mafkura nafaqat 

siyosatda,  balki  ijtimoiy  turmushning  barcha  sohalarida  -  ilmiy  bilimlar 

xosil  qilish,  san'at  asarlarini  yaratishdan  tortib  oddiy  jismoniy  mehnat 

jarayoniga  qadar  keng  qatnashuv  imkoniyatiga  ega bo‘ladi.  Zero,  malic 

Lira 


jamiyat  amaliy  hayotining  dunyoqarashdan  keyingi  poydevorini  tashkil 

etadi.  Shunga ko‘ra, mafkuraning mustahkamligi, hayotga yaroqliligi  uning 

tayangan  zaminiga  dunyoqarash  qandayligiga  bogliqdir.  Mafkura  asosida 

yotuvchi  diniy  yoki  falsafiy  ta'limot  qancha  teran,  chuqur  asoslangan, 

umumbashariy  qadriyalar  bilan  sug‘orilgan,  yuksak  ezgulikka  yo'naltira 

oladigan  boclsa,  uning  mafkuraviy vazifasi  ham  shunchalik yaxshi  amalga

50



oshadi.  Va  aksincha,  cheklangan  dunyoqarash  vazifalari  ham  o‘ziga 

yarasha boladi.  Zero, bunday ta'limotlar jamiyatdagi muayyan qatlam,  sinf 

va  hatto,  guruhning  tor  manfaatlarinigina  himoya  qilishdan  nariga  octa 

olmaydi.  Chinakam teran  dunyoqarash  esa,  haqiqat  qaerda  bolm asin  unga 

etishmoqni  istasa,  kimlargadir  hayrixohlik  bilan,  kimlargadir  adovat  bilan 

qarashdan  ehtiyot  bo‘lishi  kerak.  Aks  holda,  bunday  mafkura  sogMom 

g ‘oyalar  mazmunidan  iborat  bolm aydi,  u  go‘yo  kocziga  rangli  koczoynak 

taqib  olib,  dunyoni  o ‘sha  rangda  deb  tasaw ur  etadigan  kishiga  o‘xshab 

ketadi.

Bu  erda  yana  shuni  alohida  qayd  etish  lozimki,  mafkuraning 

tarafkashlikka aylanib ketishi  shu mafkurani vujudga keltirgan ta'limotning 

o‘zi  uchun  ham  zararlidir.  Zero,  bunday  mafkura  o‘zini  vujudga  keltirgan 

dunyoqarashning  mu him  vazifalaridan  biri  bo‘lib  hizmat  qilish,  ob'ektiv 

g‘oyaviy  tizim  bo‘lish  oYniga  siyosatning  qo‘shimchasi  va  hukmronlik 

quroli  b o iib   hizmat  qila  boshlaydi.  Bunday  mafkura  pirovardda  o‘zini 

vujudga  keltirgan  dunyoqarashga  ham  yomon  aks  ta'sir  etadi.  Chunki, 

mafkura ham  o‘zining  mavjud bo‘lishi  uchun muayan ma'naviy  manbadan 

quvvat  olishi  kerak.  Shu  maqsadda  u  o‘z  xulosalarini  “oziqlantirib  turish” 

imkoniyatini  izlaydi.  Buning  uchun  mafkura  dunyoqarashni  ham  xuddi 

o‘zi  kabi  siyosiy  voqelik  hizmatkoriga  aylantirishga  intiladi.  Bunday 

sharoitda  faylasuflar  donishmandlik  ustozlari  bo‘lish  u yoqda  tursin,  hatto 

oddiy olim darajasida ham tura olmaydilar ular mavjud  siyosiy hukmronlik 

shaklining  quruq  madhiyabozlariga  aylanadilar.  Shunday  bo‘lgach, 

ta'limotning  o‘zi  ham  mazmunan  zaiflashib,  siyqasi  chiqib,  dogmalashib 

boraveradi.  Mazkur  hikmatni  payg‘ambarlar  ham,  so‘fiylar  ham  alohida 

ta'kidlashgan. 

Masalan, 

buyuk 


shayx  mavlono 

Jaloliddin  Rumiy 

“Payg‘ambar  sallolohu  alayhi  vassalom  buyuradilarki,  “Olimning  yomoni 

amirlarni 

ziyorat 

qilgani, 

amirlaming  yaxshisi 

olimlami 

ziyorat 

etganidir...”  ”-,  degan  fikrni  o ‘z  hamsuhbatlariga  uqtirgan.  Mafkura 

darajasiga  tushib  ketish  nafaqat  falsafada,  diniy  dunyoqarashda  ham  sodir 

bo‘lgan.


Yuqoridagi  mulohazalardan  falsafa  siyosatga,  siyosat  falsafaga 

befarq  bo‘lishi  kerak  ekan,  degan  xulosa  kelib  chiqmaydi.  Fuqarolar 

amaliy  faoliyatini  yo‘naltira  oladigan  siyosat  uchun  kuchli  ong  manbai 

juda  zarur.  Busiz  siyosat  qorong‘u  shahar  ko‘chalarida  yo‘l  topa  olmay 

yurgan  musofirni  eslatadi.  O  z  navbatida  falsafa  ham  siyosatga  befarq 

bo‘la  olmaydi.  Zero,  uning  dunyoqarovchilik  mazmunida  siyosiy  hayot, 

siyosiy  faoliyat,  siyosiy  bilim  va  qadriyatlar  ham  o‘z  o‘miga  ega.  Lekin 

falsafaning  siyosat  bilan  bog‘lanishi  bilimning  o‘z  tadqiqot  ob'ekti  bilan

51



bog‘lanishidan  ortiq  bolm asligi  kerak.  Shunday  bo‘lgan  taqdirda  falsafa 

faqat  siyosat  bilan  emas,  balki  butun  ma'naviy  madaniyat  bilan  uzviy 

bog‘liq  bo‘lishi  va  ayni  zamonda  bajaradigan  barcha  vazifalari  bilan 

birgalikda,  dogmaga  aylanmaydigan,  doimo  yangilanib  turuvchi  yaxlit 

jonli  tizimga  aylanishi  zarur.  Boshqacha  aytsak,  umuman  falsafiy 

dunyoqarash  katta  suv  ummoni  kabi  turli  falsafiy  oqimlar,  maktab 

yo‘nalishlari  esa  bu  ummonga  o‘z  suvlarini  quyadigan  daryolar  kabi 

bo‘lishlari maqsadga muvofiq.

52




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin