Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik



Yüklə 17,93 Kb.
səhifə6/8
tarix05.12.2023
ölçüsü17,93 Kb.
#173165
1   2   3   4   5   6   7   8
Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik-fayllar.org

Eng serqatnov bo`g`oz – La-Mansh bo`g`ozidir. Bog`ozdan sutkasiga 500 dan ortiq kema o`tadi.

Eng baland suv qalqishi – Atlantika okeanidagi Fandi qo`ltig`ida kuzatilgan. Suv to`lqinining balandligi 18 metrga yetgan.

Eng uzun iliq oqim – Golfstrim. Oqim Meksika qo`ltig`idan boshlanib to Shimoliy Yevropagacha davom etib, 10 000 km masofani o`z ichiga oladi.

Eng uzun sovuq oqim – G`arbiy shamollar oqimidir. Ushbu oqim Antarktida materigi atrofida joylashgan. Kengligi 1000 km, uzunligi 30 000 km ga teng.

Eng, Eng, Eng… (Atmosfera bo`yicha)

Eng issiq hudud – Tripoli shahri yaqinidagi Al-Aziziyada +58o C li harorat kuzatilgan.

Eng quruq joy – Chili davlati hududidagi Atakama cho`li. Yillik yog`in miqdori 50 mm ga teng. Ba`zida yog`in miqdori bundan ham kam bo`lishi mumkin.

Eng sovuq hudud – Antarktida materigining Rossiyaga qarashli Vostok stansiyasi. Bu hududda 1960 yil -89,2o C li manfiy harorat kuzatilgan.

Eng sovuq odam yashaydigan hudud – Oymyakon. Bu yerdagi eng past harorat -71 C ni tashkil etgan. Qish oylarida o`rtacha havo harorat -40o va undan ham past bo`lishi mumkin.

Eng seryog`in hudud – Hindistonning Cherrapunji hududi. Yillik o`rtacha yog`in miqdori 12 665 mm. Yog`ingarchilikning ko`p miqdorda bo`lishida Hind okeanidan keladigan musson oqimining hissasi katta. Cherrapunjida 1860-yil 1-avgustdan 1861-yil 31-iyulgacha 22 987 mm li rekord darajadagi yog`in tushgan.

Eng sertuman hudud – Shimoliy Amerikadagi Nyufaundlend oroli.

Eng kuchli shamol – Tornado. Shimoliy Amerikada ko`p kuzatiladi va tezligi soatiga 600 km ga yetadi.

Eng, Eng, Eng… (Biosfera bo`yicha)

Eng katta o`rmon – Tayga.

Eng uzun daraxt – Avstraliya evkalipti. Balandligi 155 m.

Eng yengil daraxt – Balsa. Uning 1 m.kub bo`lagining og`irligi 120 grammga teng.


Yüklə 17,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin