Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik



Yüklə 17,93 Kb.
səhifə4/8
tarix05.12.2023
ölçüsü17,93 Kb.
#173165
1   2   3   4   5   6   7   8
Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik-fayllar.org

Eng baland vulqonli ko`l – Tyanchi deb nomlanadi. Ko`l Xitoyning Chayboyshan tog`ida joylashgan bo`lib, balandligi 2744 metrni tashkil etadi

Eng katta muzlik (Antarktidasiz) – Grenlandiya. Maydoni – 2 175 600 km.kv.

Eng katta harakatdagi muzlik – Lomberto. Uzunligi 470 km, eni 64 km.

Eng katta tog`-vodiy muzligi – Fedchenko. Pomir tog` tizmasida.

Eng katta vodiy muzligi – Alyaska. Uzunligi 145 km.

Eng baland sharshara – Anxel sharsharasi bo`lib, balandligi 1054 metrga teng. Sharshara Venesuelladagi Orinoko daryosining irmog`i Churunda joylashgan. Sharsharani ilk bor AQSHlik uchuvchi Jeyms Eynjela 1933-yili aniqlagan.

Eng ko`rkam sharshara – Niagara. Balandligi – 51 metr. AQSH va Kanada chegarasida joylashgan. Sharsharaning maftunkorligini ko`rish uchun yiliga 10 mln sayyoh boradi.

Eng sersuv sharshara – Kongo Demokratik Respublikasida joylashgan Bayoma sharsharasidir. Suv sarfi sekundiga 17 000 metr.kub.

Eng katta delta – Nil daryosining O`rta Yer dengiziga quyilish joyida. Maydoni - 24 000 km.kv.

Eng katta suvosti deltasi – Hind okeanida joylashgan.

Eng katta okean – Tinch. Shuningdek, okean dunyodagi eng keksa, eng issiq, eng ko`p baliq ovlanadigan, eng kuchli shamollar esadigan, biomassaga eng boy, orollari eng ko`p, suv tubi vulkanlari eng ko`p okean ham hisoblanadi. Maydoni – 178 700 000 km.kv, suv hajmi esa 710 400 000 km.kubga teng. Okean Dunyo okeanining 50% maydonini egallaydi. Eng chuqur cho`kmasi – Mariana.

Eng kichik okean – Shimoliy Muz. Okean maydoni – 14 100 000 km.kv, suv hajmi 18 000 000 km.kub, ya`ni shu nisbatga ko`ra u eng kichik okean hisoblanadi. Shuning bilan birga eng sovuq, eng sayoz, eng yirik oroli bor okean hisoblanadi. Shimoliy Muz okeani Yevrosiyo va Shimoliy Amerika materiklarining shimoliy qismida joylashgan. Eng chuqur cho`kmasi – Grenlandiya dengizi yonida.

Eng sho`r okean – Hind. Okeanga quyiladigan daryolar sonining kamligi sababli u sho`rligi yuqori. Bundan tashqari Hind okeani dunyodagi eng issiq ko`rfazi mavjud, cho`kindi jinslari eng qalin, o`simlik va hayvonlarga eng kambag`al, neft-gaz zaxirasiga eng boy okean hisoblanadi. Maydoni – 76 170 000 km.kv, suv hajmi 282 700 000 km.kub ga teng. Eng chuqur joyi – Zond cho`kmasi.

Eng uzun okean – Atlantika. Okean shimoldan janubga 12 ming km masofaga cho`zilgan. Maydoni – 91 700 000 km.kv, suv hajmi 330 000 000 km.kub. Okean bir qator ko`rsatkichlariga ko`ra ham takrorlanmas hisoblanadi. Masalan, qirg`oqsiz dengizi bor, ichki dengizlari eng ko`p, eng sersuv daryolar quyiladi, eng baland suv qalqishlari kuzatiladi, dunyo suv transportida birinchilikni egallaydi va h.k. Eng chuqur joyi – Puerto-Riko cho`kmasi.


Yüklə 17,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin