Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik



Yüklə 17,93 Kb.
səhifə1/8
tarix05.12.2023
ölçüsü17,93 Kb.
#173165
  1   2   3   4   5   6   7   8
Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik-fayllar.org


Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik

Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) 

Eng katta materik – Yevrosiyo. Maydoni – 54 600 000 km.kv. Geografik o`rni ancha qulay, shimolda Shimoliy Muz, sharqda Tinch, janubda Hind, g`arbda Atlantika okeanlari o`rab turadi. Materik o`zida Osiyo va Yevropa qit`alarini birlashtiradi. Shuningdek, materik bir qator ko`rsatkichlar bo`yicha dunyoda "rekordsmen” yoxud "super materik” hisoblanadi.

Eng kichik materik– Avstraliya. 7 659 000 km.kv. Avstraliya sharqda Tinch okeani va g`arbda esa Hind okeani bilan chegaradosh. Materikda yagona davlat Avstraliya Ittifoqi joylashgan.

Eng sernam materik – Janubiy Amerika. Materikning sernam bo`lishida Atlantika okeanidagi Braziliya va Gviana iliq oqimlarining olib kiradigan yog`ingarchilik miqdori katta. Namgarchilikning ko`p saqlanib qolishining yana bir sababi materik qalin o`rmonzorlar bilan qoplanganligidadir.

Eng issiq materik – Afrika. Materikka bunday nom berilishining sababi, geografik o`rniga (ekvator chizig`ida joylashganligi), havo bosimi, havo massalari, okean oqimlari va relyefiga bog`liq. Yuqoridagi unsurlarning barchasi Afrikadagi issiq iqlimining tarkib topishiga sababchi bo`lgan.

Eng qurg`oqchil materik – Avstraliya. Ushbu eng kichik materikda bunday iqlim xususiyatining tarkib topishida tropik iqlim mintaqasi hukmronlik qilishidadir. Afrikaga nisbatan besh baravar kam yog`in yog`adi. Yog`ingarchilikning asosiy qismi Katta Suvayirg`ich tizmasining sharqiy qismiga tushadi.

Eng sovuq materik – Antarktida. Ushbu muzli materik geografik o`rniga mos ravishda muz va qor bilan qoplangaligi boisdan unda sovuq iqlim xususiyatlari tarkib topgan. Bu yerda dunyodagi eng sovuq harorat kuzatilgan.

Eng baland materik – Antarktida.

Eng katta qit`a – Osiyo. Maydoni – 44 000 000 km.kv. Qit`a Yevrosiyo materigining sharqiy qismidagi katta hududlarni egallaydi. Yevropa qit`asidan Ural tizmasi orqali bo`linib turadi.


Yüklə 17,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin