Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik



Yüklə 17,93 Kb.
səhifə2/8
tarix05.12.2023
ölçüsü17,93 Kb.
#173165
1   2   3   4   5   6   7   8
Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik-fayllar.org

Eng kichik qit`a – Yevropa. Maydoni - 10 000 000 km.kv. Qit`a Yevrosiyo materigining g`arbiy qismidagi hududlarni egallaydi. Osiyo qit`asidan Ural tizmasi orqali bo`linib turadi.

Eng katta orol– Grenlandiya. Maydoni – 2 175 600 km.kv. Orol Tabiiy geografik jihatdan Shimoliya Amerika materigi hududining bo`lagi hisoblanadi. Siyosiy-ma`muriy jihatdan Daniyaga qarashli. Aholisi soni 57 000 kishi. Poytaxti – Nuuk shahri.

Eng katta daryo oroli – Morajo. Ushbu orol Amazonka daryosining Atlantika okeaniga quyilish qismida joylashgan.

Eng katta yarimorol – Arabiston. Janubiy-g`arbiy Osiyoda joylashgan. Maydoni - 3 250 000 km.kv. Yarimorol hududida 7 mamlakat hududi joylashgan.

Eng katta arxipelag – Malayya. Maydoni - 2 000 000 km.kv. Arxipelag tarkibida 10 000 orol mavjud. Eng yirik orollari: Kalimantan, Sumatra, Sulavesi, Yava v.b. Shuningdek, Kanada Arktikasi arxipelagi ham eng katta arxipelag sifatida e`tirof etiladi.

Eng uzun tog` tizmasi – Janubiy Amerika materigidagi And tog` tizmasi. Uzunligi – 9 000 km. Shimoliy Amerika materigidagi Kordilera tog’ tizmasi ham And tizmasining uzunligi bilan deyarli teng. Har ikkala tog` tizmasi ham meridianal yo`nalishda joylashgan.

Eng baland cho`qqi – Everest (Jamolungma). Bu cho`qqi Xitoy va Nepal davlatlarining chegarasida joylashgan. Dengiz sathidan balandligi 8848 metr. Cho`qqini ilk bor 1953 yil 29 mayda Norvegiyalik Edmund Xillari va Nepallik Tensing Norgey, O’zbekistonliklardan esa birinchi bo`lib, 1998-yilda Rustam Rajabov zabt etgan.

Eng baland suvlik va quruqlikdagi tog` – Gavayi orollarida joylashgan. Mauna-Loa nomi bilan ataladigan vulkanik-tog` Everestdan ham balandligi bilan ajralib turadi. Uni Tinch okeani tubidagi qismi bilan qo`shib hisoblaganda umumiy balandligi 10205 metrni tashkil etadi. Shundan 4205 metrlik qismi suv ostida joylashgan.

Eng baland harakatdagi vulqon – Janubiy Amerika materigidagi Lyulyaylyako vulqonidir. Balandligi - 6723 metr.


Yüklə 17,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin