Endokrin tizim kasalliklari va ularni oldini olishda patronaj hamshirasining vazifalari. Nazariy – 2 soat Dars rejasi



Yüklə 47,05 Kb.
səhifə1/5
tarix11.07.2023
ölçüsü47,05 Kb.
#136374
  1   2   3   4   5
1 Мавзу Эндокрин тизим касалликларини олдини олишда патронаж ҳамшираси вазифалари


20.06.2022y. 1 Mavzu: Endokrin tizim kasalliklari va ularni oldini olishda patronaj hamshirasining vazifalari. Nazariy – 2 soat Dars rejasi:
1. Endokrin kasalliklarini oldini olish aholi salomatligini saqlashdagi dolzarb vazifa. 2. Endokrin tizim kasalliklari to‘g‘risida ma’lumot. 3. Endokrin kasalliklarini oldini olishda patronaj hamshirasining vazifalari.
Ma’ruza matni. Respublikamizda so‘ngi yillarda aholining endokrin kasalliklari bilan kasallanish darajasini kamaytirish, tizim kasalliklarini erta aniqlashning zamonaviy diagnostika usullarini qo‘llash hamda samarali davolash borasida keng ko‘lamli ishlar oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora - tadbirlari to‘g‘risida” 102-son Qarori ijrosini ta’minlash Sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimidagi hamshiralar uchun qandli diabet va yod tanqisligi holatlarini birlamchi profilaktika qilish, aholining sog‘lom hayot tarzi madaniyatini oshirishga qaratilgandir. Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida endokrin kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va boshqarish dasturlarini amaliyotga joriy etish muhim vazifalar etib belgilandi.
Endokrin tizimi ichki sekresiya bezlaridan tashkil topgan bo‘lib, organizmniing o‘sishi, rivojlanish va faoliyati uchun zarur biologik moddalar gormonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonga ajratadi. Ichki sekresiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqonsimon oldi bezi, me’da osti bezi, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar kiradi. Gormonlar barcha moddalar almashinuvida qatnashadi, nerv funksiyasi regulyasiyasida, yurak-tomir va ovqat hazm qilish xamda boshqa tizimlar funksional jarayonlarida faol ishtirok etadi. Ichki sekresiya bezlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, shuning uchun bir bez funksiyasi buzilsa, boshqalarida ham o‘zarishlar rivojlanadi, natijada spesifik va nospesifik belgilarni namoyon bo‘lishi kuzatiladi.
Tireotoksikoz - qalqonsimon bezning nasliy, genetik jixatdan moyil bo‘lgan shaxslarda diffuz kattalashuvi bilan kechuvchi autoimmun kasallik bo‘lib, undagi toksik o‘zgarishlar oqibatida tireoid gormonlarining giperproduksiyasi bilan kechadi. Diffuz toksik bo‘qoqni xozirgi vaqtda nasliy xamda autoimmun kasallik deb qaraladi. Kasallikni paydo qiluvchi omillar ruhiy travmalar, infeksion-yallig‘lanish kasalliklari, bosh-miya shikastlari, burun, xalqum kasalliklari bo‘lib hisoblanadi. Patogenezida tug‘ma T-limfosit supressor funksiyasini taqchilligi hisobiga qalqonsimon bezning antigenlarga nisbatan autoimmun reaksiyasini rivojlanishi kuzatiladi. Qalqonsimon bezning garmon ishlab chiqarishi oshadi. Gomonlarning oshiqcha sintezi temirning yod tutib kolishini oshishiga olib keladi. Qonga ko‘p miqdorida tiroksin va triyodtironin ajraladi, ularning ta’siri xujayra va xujayralararo kuchayib ketadi. Oqsil sintezi buzilib to‘qimalar distrofiyasi rivojlanadi, bu esa yurak, jigar, buyrak va boshqa a’zolar faoliyatining avj olishiga olib keladi. Diffuz toksik bo‘qoq har qanday yoshda uchraydi, ayollar erkaklarga nisbatan taxminan 10 marotaba ko‘p aziyat chekadilar.

Yüklə 47,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin