Endokrin tizim kasalliklari va ularni oldini olishda patronaj hamshirasining vazifalari. Nazariy – 2 soat Dars rejasi



Yüklə 47,05 Kb.
səhifə2/5
tarix11.07.2023
ölçüsü47,05 Kb.
#136374
1   2   3   4   5
1 Мавзу Эндокрин тизим касалликларини олдини олишда патронаж ҳамшираси вазифалари

Gipotireoz(miksidema) - yallig‘lanish va autoimmun jarayonlar oqibatida qalqonsimon bezning funksiyasi pasayib ketishi natijasida rivojlanadi. Tug‘ma aplaziya yoki bezning gipoplaziyasi, endokrin sistemasining boshqa bo‘limlarining buzilishi (uzoq rentgen nurlanish oqibatida gipofizning old bo‘lagini zararlashi) yoki giperfunksiyasi, tireodit, radioktiv yod bilan aloqador davolashda qalqonsimon bezni olib tashlash kabi sabablar natijasida rivojlanadi. Ikkilamchi gipotireoz - gipofizning oldingi bo‘lagini ishemiyasi, tug‘ruk vaqtida ko‘p qon - yo‘qotish, shamollash, gipofiz o‘smasi, dori ta’siri natijasida rivojlanadi. Uchlamchi gipotireoz gipotalamus zararlanishi, kalla-miya shikastlari, o‘smalar, yallig‘lanishlardan so‘ng yuzaga keladi. Periferik gipotireoz - tireoid garmonlarning aktivlashishi, sirkulasiya jarayonida (antitelolar bilan) yoki to‘qima preparatlarini garmonlarga sezuvchanligi pasayishi (sezuvchanlikni oilaviy past bo‘lishi) natijasida paydo bo‘ladi.
Qandli diabet. Me’da osti bezi(rancreas) - aralash bez bo‘lib, uning endokrin faolligini Langargens orolchalari ta’minlaydi. Uning uzunligi o‘rtacha 15 sm, og‘irligi esa 100g ni tashkil etadi. Bu orolchalarda: A hujayralar 25% – glyukagon, V hujayralar 60% – insulin va D hujayralar 15% somatostatin gormoni sintezlanadi. Insulin qondagi qand miqdorini me’yorda ushlab turadi. Glyukogon insulinga qarama qarshi ta’sir etadi. Qandli diabet - endokrin va moddalar almashinuvi kasalligi bo‘lib, mutlaq yoki nisbiy insulin yetishmasligi, ayniqsa uglevod almashinuvi buzilishi, qonda glyukoza miqdori oshishi va siydikda ajralishi bilan ifodalanadi. Tasnifi: 1.Insulinga bog‘liq bo‘lgan diabet. 2. Insulinga bog‘liq bo‘lmagan diabet. Qandli diabetning 1 turi 10-15% bemorlarda uchraydi. Asosan o‘smirlik va o‘spirinlik yoshida ko‘proq kuzatiladi. QDning mazkur turida me’da osti bezining insulinni ishlab chiqaruvchi V-hujayralari viruslar. autoimmun jarayonlar ta’sirida shikastlanadi. Natijada bezning insulin ishlab chiqarish faoliyati zaiflashadi, qonda insulin miqdori kamayishi kuzatiladi. Etiologiya. Irsiy moyillik. 2. Autoimmun omillar.3. Atrof muhit omillari. 4. Infeksiyalar. 5. O‘tkir va takrorlanuvchi stresslar. 6. Ko‘p miqdorda ovqatlanish. Qandli diabetning 1 turida xastalik boshlangandan so‘ng bir necha yillar davomida me’da osti bezining insulinni sintez qilish faoliyati so‘nib boradi. Qandli diabet 2 tip. Diabetning bu turi ko‘pincha 30 yoshdan yuqori ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan shaxslarda kuzatiladi. Bunda me’da osti bezining orolcha hujayralari insulin ishlab chiqarish faoliyatini saqlab qoladi. Qon tarkibida insulin miqdori normada yoki sal yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Ammo organizm to‘qimalarining insulinga nisbatan sezgirligi pasayishi natijasida ishlab chiqarilayotgan insulin o‘z samarasini bermaydi. Natijada to‘qimalarning glyukozani o‘zlashtirish qobiliyati kamayib, u qon tarkibida to‘planib qoladi.


Yüklə 47,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin