Endokrin tizim kasalliklari va ularni oldini olishda patronaj hamshirasining vazifalari. Nazariy – 2 soat Dars rejasi


Endokrin kasalliklarini oldini olishda patronaj hamshirasining vazifalari



Yüklə 47,05 Kb.
səhifə3/5
tarix11.07.2023
ölçüsü47,05 Kb.
#136374
1   2   3   4   5
1 Мавзу Эндокрин тизим касалликларини олдини олишда патронаж ҳамшираси вазифалари

Endokrin kasalliklarini oldini olishda patronaj hamshirasining vazifalari
1. Patronaj hamshirasi lavozim faoliyatiga kirishar ekan, bugungi tibbiyotga oid zarur bilim va ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirishi, tibbiyot etika va deontologiyasi qoidalariga amal qilishi zarur.
2. Odamlarning ruhiyati, temperamentiga ko‘ra muloqot, munosabatning zamonaviy usullarini qo‘llash.
3. Shaxslararo munosabatlarda ritorika usullaridan o‘rinli foydalanish.
4. Aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va zararli odatlardan voz kechish to‘g‘risida ishonarli targ‘ibot ishlarini bajarish.
5. Endokrin kasalliklarni aniqlashda zamonaviy tekshirish usullarini qo‘llashda faol ishtirok etish.
6. Qandli diabetning yashirin va klinik jixatdan aniq shakllarini erta aniqlash.
7. Diyetologiya, nutrisiologiya to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish, parxez stollarini bilish va tavsiya etish tamoyillariga amal qilish.
8. Tibbiy-profilaktik, diagnostik, reabilitasion va reanimasion tadbirlarni vrach ko‘rsatmalari asosida maqsadli amalga oshirish.
9. Shoshilinch holatlarda vrachgacha bo‘lgan tez tibbiy yordam choralarini ko‘rish.
10. Qandli diabet va diabet oldi holatlarini faol aniqlash, BTSYo ga o‘z vaqtida tashriflarni ta’minlash, zarur tekshiruvlarni tashkil etish.
11. Endokrin kasallik tasdiqlangan hollarda tor mutaxassislarni jalb etish, birlamchi tekshiruvlarni to‘liq o‘tkazish.
12. Qandli diabet va yod tanqisligi kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni o‘z-o‘zini parvarish qilishga o‘rgatish, asoratlar profilaktikasi choralarini ko‘rish.
13. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini uzluksiz targ‘ib etish, sog‘lomlashtirish ishlarini samarali bajarish.
14. Aholining salomatlikni saqlashga doir tibbiy bilimlarini oshirish, sog‘lom hayot tarzi madaniyatini shakllantirish.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.”Terapiya”. M.Ziyayeva. 2016y.
2. “Ichki kasalliklar”. S.Bobojonov. 2010y.
3. “Normal fiziologiya”. O.Alyaviya. 2008y.
4. “Terapiyada amaliy mashg‘ulotlar”. 2010y.
5. “Hamshiralik ishi asoslari”.Q. Inomov. Toshkent. 2014y.



Yüklə 47,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin