«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan



Yüklə 151,04 Kb.
səhifə8/47
tarix14.12.2023
ölçüsü151,04 Kb.
#178736
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org

Elevator tipidagi pech tubi ochiq qo‘zg‘almas kamera va pastga tushiriladigan qismga (tubga) ega. Kamera silindr yoki to‘rtburchak shaklga ega bo‘lib, 3-4 m balandlikka ega bo‘lgan ustunlarga o‘rnatilgan. Pechning tubi gidravlik yoki elektromexanik ko‘tarish qurilmasi yordamida tushiriladi va yangi mahsulot yuklangach, kameragacha ko‘tariladi. Pechning ishchi harorati 700, 1000, 1250 oS ni tashkil qiladi, quvvati 600 kVt ni tashkil etadi va o‘nlab tonna mahsulotga bir vaqtning o‘zida issiqlik ishlovi beradi.
Kamerali pechlar mahsulotni yuklab, tushirish eshikchasi yon tomondan bo‘lgan to‘g‘ri burchakli kameradan tashkil topgan bo‘lib, mahsulot asosan qo‘lda yuklab tushiriladi. Kamera tubi yuqori haroratga chidamli plita bo‘lib, unga kizitish elementlar o‘rnatilgan. Ishchi harorati 1000 - 1800 K, foydali ish koeffitsienti 65 - 70 % ga teng.


SHaxta tipidagi pech - quvvati 300 - 400 kVt, ishchi harorati 1500oS ga teng bo‘lgan yuqori qismida maxsus mexanizm yoki ko‘tarish krani yordamida ochiladigan qopqoqqa ega bo‘lgan va ishchi kamerasi er tubiga joylashtirilgan pechni ifodalaydi.
2.3. Uzluksiz rejimda ishlovi elektr karshilik pechlari
Kuyida 3-rasmda misol tariqasida uzluksiz rejimda ishlovchi elektr karshilik pechlari namunalarining ko‘rinishi tasvirlangan:

3 - rasm



a - tunnel tipidagi pech ;
b - rolgang tipidagi pech ;
v - tortib qizdirish pechi;
6 - futerovkalangan arava;
7 - yuqori haroratlarga bardoshli rolganglar;
10,101 - qabul qiluvi va uzatuvchi barabanlar.
Tunnel tipidagi pechlarda mahsulot futerovkalangan aravaga yuklangan holda pechning bir tomonidan kiritilib, belgilangan haroratgacha qizdirilgach tashqariga uzatiladi. Ma’lum vaqtda barcha aravalar bir arava uzunligiga teng masofaga suriladi, bunda pechning bir tomonidan mahsulot yuklangan arava kirsa, ikkinchi tomondan qizdirilgan mahsulot yuklangan bir arava tashqariga uzatiladi. Bunday pechlarning ishchi harorati 1300 - 1500 K ga teng.

Yüklə 151,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin