«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


MAVZU - 1 Elektr texnologik jarayon haqida tushuncha



Yüklə 151,04 Kb.
səhifə2/47
tarix14.12.2023
ölçüsü151,04 Kb.
#178736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org

MAVZU - 1

Elektr texnologik jarayon haqida tushuncha

Reja:



1. Elektrotexnologik qurilmalar

2. Elektrotexnologik kurilmalarning kimyoviy xolati.

3. Elektr tokining pirovard issiqlik ta’siriga asoslangan qurilmalar

Tayanch so‘zlar va iboralar: Elektr yoyi, elektrotexnologiya, elektrotexnologik jarayonlar, elektrotexnologik qurilmalar (Elektr texnologik kurilmalar), Elektr texnologik qurilma turlari, issiqlik ishlovi berish elektr texnologik qurilmalari, elektrokimyoviy ishlov berish elektr texnologik qurilmalari, elektromexanik qurilmalar, elektrokinetik qurilmalari, elektr texnologik qurilmalarning afzalliklari va rivoji.




    1. Elektrotexnologik qurilmalar

Elektr energiyasini iste’mol qilib, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish orqali va shu vaqtning o‘zida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun belgilangan qurilmalar elektrotexnologik qurilmalar deb ataladi. Bunday qurilmalar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ularning tarkibiga ishchi organ, ya’ni plazmatron, plazmali reaktor, elektron to‘p, yoy va ion agregatlarining elektrodlar tizimi va belgilangan ish rejimini avtomatik ta’minlovchi yoki mikroprotsessorli texnika yordamida boshqariluvchan maxsus energiya manbalari kiradi. Suv, gaz ta’minlash va vakuum hosil qilish hamda uni saqlash tizimlari esa elektrotexnologik qurilmalar tarkibiga yordamchi jihoz sifatida kiradi. Elektrotexnologik qurilma qanday texnologik jarayonni bajarish uchun belgilangan ekanligini bilmay, uni talab doirasida montaj qilish, sozlash va ishlatish mumkin emas.
Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy ro‘zg‘or extiyojlari elektrotexnologik qurilmalar bilan tobora to‘yinib bormoqda. Bunday to‘yinish faqatgina mazkur qurilmalarga bo‘lgan extiyojning o‘sishi bilangina asoslanib qolmasdan, balki uglevodorodli yoqilg‘i tan narxining ma’lum darajada oshishi, tashqi muhitni muhofaza qilish bo‘yicha aniq choralar belgilash zaruriyati, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilar bilan ham bog‘liqdir. Elektrotexnologik jarayonlarni rivojlantirish mamlakatimizning rivojlanib borayotgan energetik tizimini, yangi elektr stansiyalari va yuqori quvvatli elektr tarmoqlarini qurish orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 151,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin