«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan



Yüklə 151,04 Kb.
səhifə6/47
tarix14.12.2023
ölçüsü151,04 Kb.
#178736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org

Nazorat savollari
1. Elektrotexnologik qurilmalar deb kanday kurulmalarga aytiladi?
2. Moddalar necha xil agregat xolatda uchraydi?
3. Elektromexanik qurilmalar deb qanday qurulmalarga aytiladi?
4. Moddalar kimyoviy xolat buyicha necha xil buladi?
5. Elektrokinetik qurilmalar?
6. Elektr tokining pirovard elektrokimyoviy ta’siriga asoslangan qurilmalar?


MAVZU - 2

Elektr qarshilik pechlari

REJA:

1. Qarshilik pechlarininng klassifikatsiyasi.

2. Bilvosita issiqlik ishlovi beruvchi elektr qarshilik pechlari.

3. Uzluksiz rejimda ishlovchi elektr karshilik pechlari.

Tayanch so‘zlar va iboralar: YOn eshikchali kamerali elektr qarshilik pechlari, shaxta tipdagi elektr qarshilik pechlari, qolpoq tipdagi elektr qarshilik pechlari, tubi chiqariluvchan kamerali elektr qarshilik pechlari, elevator tipidagi elektr qarshilik pechlari; uzluksiz rejim elektr qarshilik pechlari (tunnel tipidagi va b.), elektr qarshilik pechlarining belgilanishi va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘ra turlari, bevosita ishlovchi elektr qarshilik pechlari, bilvosita ishlovchi elektr qarshilik pechlari, davriy rejim elektr qarshilik pechlari, uzluksiz rejim elektr qarshilik pechlari.




2.1. Qarshilik pechlarininng klassifikatsiyasi
Elektr qarshilik pechlari mashinasozlik, metallurgiya, engil va kimyo sanoati, qurilish va kommunal xo‘jalikda keng qo‘llanilishi munosabati bilan ular turli xil konstruksiyaga ega. Ular turli ko‘rsatgichlariga ko‘ra turlarga bo‘linadi.
Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirilishi usuliga ko‘ra elektr qarshilik pechlari ikki toifaga bo‘linadi, ya’ni bilvosita ishlovchi elektr qarshilik pechlar va bevosita ishlovchi elektr qarshilik pechlar. Bilvosita ishlovchi elektr qarshilik pechlarda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga maxsus qizitish elementlarda aylantiriladi va issiqlik qizdirilayotgan mahsulotga issiqlik o‘tkazuchanlik, konveksiya va nurli issiqlik uzatish usullarida uzatiladi. Bevosita ishlovchi elektr qarshilik pechlarda esa qizdiriluvchi mahsulot bevosita elektr manbasiga ulanadi.
Haroratiga ko‘ra elektr qarshilik pechlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- past harorat elektr qarshilik pechlari ( 900 - 1000 K ) ;
- o‘rta harorat elektr qarshilik pechlari ( 1000 - 1600 K ) ;
- yuqori harorat elektr qarshilik pechlari ( 1600 K dan yuqori ).
Texnologik belgilanishiga ko‘ra elektr qarshilik pechlar qizdiruvchi elektr qarshilik pechlarga va eritish jarayonlari elektr qarshilik pechlariga bo‘linadi.
Ish rejimiga ko‘ra esa elektr qarshilik pechlar davriy rejim elektr qarshilik pechlari va uzluksiz rejim elektr qarshilik pechlariga bo‘linadi.
O‘z navbatida esa davriy rejim elektr qarshilik pechlari toifasiga kamerali, shaxta, qolpoq tiplaridagi, tubi chiqariladigan, va elevator tipidagi elektr qarshilik pechlar kiradi. Uzluksiz rejim elektr qarshilik pechlari toifasiga esa konveer, turtkilab harakatlantiriluvchi, rolgang, karusel, tubi harakatlanuvchan, tubi tebranuvchan, baraban tiplaridagi va tortib qizdirish elektr qarshilik pechlari kiradi.



Yüklə 151,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin