«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


) elektrodlarni qisish usuliga ko‘ra; 5)



Yüklə 151,04 Kb.
səhifə47/47
tarix14.12.2023
ölçüsü151,04 Kb.
#178736
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org

4) elektrodlarni qisish usuliga ko‘ra;


5) o‘rnatilishi va montaj qilinishiga ko‘ra statsionar va harakatdagi.
CHokli payvandlash qurilmalarining quvvati 0,75 dan 750 kV*A gachani tashkil etadi, misol uchun, ASP - 10; MS; K; MSL tipidagi chokli payvandlash qurilmalarining quvvati 10 - 750 kV*A, birlamchi kuchlanishi 220 yoki 380 V; ikkilamchi kuchlanishi (1,2-3,2) dan (5,5 – 14,6) V gacha, ishlab chiqaruvchanligi soatiga 20 dan 200 tagacha payvandlash, detallarga berilayotgan kuch 0,5 dan 200 kN ga tengdir.
18.3 Nuqtali payvandlash va rolikli payvandlash
Nuqtali payvandlash. Ushbu usulda payvandlashni 1-rasmda keltirilgan tartibda tasvirlash mumkin. Bunday usulda payvandlashda detal maxsus elektrodushlagichlarga qotirilgan elektrodlar o‘rtasiga o‘rnatilib, qattiq qistirilgach, elektrodlardan tok o‘tkaziladi. YAdrodagi harorat metallni eritish haroratidan bir muncha yuqori bo‘ladi. Bitta nuqtani payvandlash uchun ketgan vaqt detalning qalinligi, detal materialining xossalari, payvandlash mashinasi (qurilmasi) ning quvvati va detalni qisish kuchi kabilarga bog‘liq bo‘lib, sekundning mingdan bir ulushidan bir necha sekundgacha teng bo‘lishi mumkin (qo‘pol ravishda po‘lat qalinligi 1 mm bo‘lsa, 1 sekund vaqt ketadi deb qabul qilinadi).

2 – rasm


Nuqtali payvandlash usuli list ko‘rinishdagi materiallarni, kesuvchan sterjenlarni, shuningdek, listlarni sterjen va boshqa ko‘rinishdagi prokatlangan mahsulotlar bilan
payvandlash uchun qo‘llaniladi.

3- rasm
Misol uchun MT tipidagi qurilmalar parametrlari: quvvati 20 - 400 kV.A; birlamchi kuchlanishi 220 yoki 380 V; ikkilamchi kuchlanishi (1,42 – 2,84) dan (6 - 12) V gacha; payvandlanayotgan detallar qalinligi 0,25 dan 8,0 mm gacha, ishlab chiqaruvchanligi minutiga 40 dan 150 ta nuqtagacha, elektrodlarga ta’sir etilayotgan kuch 3 – 32,5 kN ni tashkil etadi.


Rolikli payvandlash.
Mazkur usulda payvandlash qurilmasi 3 - rasmda keltirilgan. Rasmda 1 - payvandlash transformatori;
2- rolikli elektrodlar;
3- roliklarni aylanma harakatga keltiruvchi yuritma;
4 - payvandlanayotgan detallar.
Mazkur usulda, aylanayotgan roliklardan tok o‘tkazish orqali detallarni uzlukli va uzluksiz chok bilan payvandlash amalga oshiriladi. Payvandlash xususiyatlariga ko‘ra nuqtali payvandlash usuliga o‘xshaydi. Rolikli payvandlash kichik qalinlikdagi yupqa detallarni, masalan yoqilg‘i baklari, turli mahsulotni tashish uchun belgilangan bochkalarni payvandlash ishlarida qo‘llaniladi.


Nazorat savollari.
1. Kontaktli payvandlash nima?
2. CHokli payvandlash kurilmalari?
3. Nuqtali payvandlash kanday amalga oshiriladi?
4. Rolikli payvandlash nima?
5. CHokli payvandlash qurilmalari turlari?


http://fayllar.org
Yüklə 151,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin