«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan



Yüklə 151,04 Kb.
səhifə43/47
tarix14.12.2023
ölçüsü151,04 Kb.
#178736
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org

Nazorat savollari.
  1. Payvandlash kurilmalarining xarakteristikalari?


  2. Takrorlanuvchan – qisqa muddatli rejimi?


  3. Elektr yoy payvandlash qurilmalarining energiya manbalariga talablar.


  4. Payvardlash turlari kaysilari?


  5. Plastik payvandlash kanday?




MAVZU - 17
O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok payvandlash yoyning o‘ziga xosligi.
REJA:

1. Ko‘p postli o‘zgarmas tok payvandlash agregatlari.

2. Bir postli payvandlash generatorlari.

3. O‘zgaruvchan tok payvandlash agregatlari.

Tayanch so‘zlar va iboralar: Ko‘p postli payvandlash agregatlari, ballast reostat, bir postli payvandlash generatorlari, payvandlash generatorining tashqi xarakteristikalari, o‘zgaruvchan tok payvandlash agregatlari, drosselli payvandlash transformatori, Nikitin transformatori, o‘zgaruvchan tok payvandlash agregatlarining afzalliklari, PSM-1000 tipidagi o‘zgartirgich, bir postli payvandlash generatorining salt yurish va yuklama rejimlari.




17.1. Ko‘p postli o‘zgarmas tok payvandlash agregatlari

1-rasm
Belgilanishiga ko‘ra o‘zgarmas tok generatorlari ko‘p postli va bir postli generatorlarga bo‘linadi. Ko‘p postli generatorlar qattiq tashqi xarakteristikada ishlashlari uchun aralash qo‘zg‘atish chulg‘amiga ega bo‘ladilar.


Alohida payvandlash posti ko‘p postli generatorga, ortib ketishi mumkin bo‘lgan kuchlanishni bartaraf etish uchun belgilangan ballast reostati orqali ulanadi (bundan tashqari ballast reostati orqali ulash oqibatida yoyning barqaror yonishi ham ta’minlanadi). Ko‘p postli payvandlash qurilmasining ulanish sxemasini quyidagicha tasvirlash mumkin. (23-rasm).
Nominal tok 200, 250, 350 A bo‘lganda ballast qarshilikdagi (RB) tokni boshqarish chegaralari mos ravishda 50 - 200 A; 80 - 250 A va 100 - 300 A bo‘lishi va har bir boshqarish bosqichida tokni 10 - 15 A ga 5% aniqlikda o‘zgartirish kerak.
Agar generator kuchlanishi 60 V, yoydagi kuchlanish 20 V ga teng bo‘lsa va payvandlash metall elektrodlar yordamida amalga oshirilsa, RB 40 V kuchlanishga tanlanadi.
Tok kuchi 40 dan 260 A gacha bo‘lgan va 5 ta parallel seksiyaga ega bo‘lgan ballast reostat (RB) sxemasi 2 - rasmda keltirilgan:

2-rasm
Misol tariqasida ko‘rsak, PSM - 1000 tipidagi o‘zgartirgichga bir paytning o‘zida payvandlash toki 200 A bo‘lgan 9 ta postni yoki payvandlash toki 300 A bo‘lgan 6 ta postni ulash mumkin. Ushbu o‘zgartirgich bir korpusli bo‘lib, bitta umumiy o‘q bilan birlashtirilgan, quvvati 60 kVt, nominal toki 1000 A bo‘lgan SG - 1000 tipidagi generator va quvvati 75 kVt, aylanish tezligi 1450 ayl/min bo‘lgan asinxron dvigatelp AD lardan iborat. Generator parallel va ketma-ket chulg‘amlaridan iborat aralash qo‘zg‘atish chulg‘amiga ega.


Ko‘p postli payvandlash qurilmalari, qurilmaning va foydali quvvat birligiga nisbatan sarflarning arzonligi, ishlab chiqarish maydonini kam egallashi, ishlatishda ishonchliligi kabi afzalliklarga ega bo‘lib, quyidagi kamchiliklardan holi emas: energiyaning ballast reostatda sezilarli yo‘qolishi, statsionar o‘rnatilgan payvandlash qurilmalaridan harakatda foydalana olish imkoniyati cheklanganligi kabilardir.

Yüklə 151,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin