Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

Ikkinchisi, Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar 
majmuasi. Yuqorida aytilganidek har bir dinda topinish obyekti - Xudo bo‘lishi 
lozim. Yaratuvchi bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui 
(qurbonlik, ro‘za, bayramlar) kult deb ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, 
yakka tartibdagi yoki jamoaviy kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, 
islom dinida «Namoz mo‘minning me’roji» (ya’ni Alloh taoloning huzuriga 
ko‘tarilishi) hisoblansa xristianlikdagi «sirli marosimlar»da Muqaddas Ruhning 
o‘zi ishtirok etadi, deb hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar 
vositasida e’tiqodchilar o‘z ilohlari bilan bog‘lanadilar.
Uchinchisi esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning 
mavjudligi. Diniy tashkilot, bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy 
rasm-rusum, 
ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan 
muassasalaridir. Islomda - masjid, madrasa, xristianlikda - cherkov, seminariya, 
yahudiylikda - sinagoga va hokazo.


10 
Dinlar tarixi, ular bilan bog‘liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli 
jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan «Dinshunoslik» deb ataladi. 
Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish obyektiga 
ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish 
bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat 
taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi. 
3.Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi 
Dinni yopiq va izolatsiya qilingan tizim sifatida o‘rganish mukin emas. U 
kishilarning ma’naviy hayotining o‘ziga xos shakli bo‘lib, kishilik jamiyatini turli 
davrlarida har-xil mavqega ega bo‘lgan holda ijtimoiy tizimning boshqa 
elementlari bilan chambarchas bog‘langan va o‘zaro aloqadorlik kasb etgan. 
Mazkur aloqadorlik ijtimoiy ongda diniy g‘oyalar qay darajada o‘rin egallashiga, 
diniy faoliyat va diniy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq.
Dinning jamiyat hayotidagi o‘rni quyidagicha namoyon bo‘ladi: 
-ijtimoiy g‘oya, me’yor, munosabat, guruh va institutlarni muqaddaslashtiradi; 
-diniy guruhlar axloqiy mushtaraklikni ta’minlaydi. Diniy faoliyat ijtimoiy 
faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Sotsial institular o‘z ichida diniy va 
dunyoviy hokimyatni birlashtiradi; 
-dunyovilik tushunchasi diniy ong bilan bir safda mavjud bo‘lishi. 
-diniy ongni jamoa dunyoqarashidan keyin, boshqa tizimlarni ustun sanab, uni 
ikkinchi darajali deb qarash. Diniy guruhlarni etnik jamoalardan farqlanishi va 
hukumat bilan nomuvofiqlik mavjudligi, diniy hamda dunyoviy hokimyatning turli 
institutlarga tegishli ekanligi; 
-dinning hech qanday o‘rni bo‘lmagan jamiyat; 
Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini farqlash lozim, ular bir biri bilan 
bog‘liq, lekin o‘xshash emas. Funksiya - bu dinning jamiyatdagi harakat usuli 
bo‘lsa, rol - bu funksiyani bajarish natijalarining jami yig‘indisidir. Dinning 
funksiyalari quydagilardan iborat:
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga 
nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din 
hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‘la va undagi 
ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va 
idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki 
rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o‘z ichiga oladi. 
Diniy dunyoqarash yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi. 
Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish, dinga ishonganlar uchun turli 
cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi. Yorqin kelajak, huzur-halovatga 


11 
erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg‘izlik, tushkunlikdan ozod 
bo‘lishni qo‘llab-quvvatlaydi. 
Kompensator funksiya ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham 
turmushning obyektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish 
va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy 
guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‘ladi; diniy 
tashkilotlar 
tomonidan 
beriladigan 
xayr-ehsonlar, 
mehr-shafqat, 
tarbiya, 
daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. 
Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va 
ma’naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim 
ahamiyatga egadir. 
Kommunikativ funksiya muloqotni ta’minlaydi. U ham diniy, ham diniy 
bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro 
ta’sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o‘zaro bir-birlari bilan 
muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi 
mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, 
o‘lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti. 
Regulyativ funksiya ma’lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip 
qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va 
jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. 
Ayniqsa, me’yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun 
ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va 
jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va’da berish) muhim 
ahamiyatga ega.
Integratsion-dezintegratsion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir 
tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar
ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va 
chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion 
funksiya ma’lum bir ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud bo‘lganda amalga 
oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq 
bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi 
konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi. 
Madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi oldin madaniyatning ma’lum bir 
qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan 
bo‘lsa, hozirda ba’zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba’zilarini inkor etgan 
holda diniy, madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma’naviy 
merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi. 
Legitimlashtirish-legitimlarni olib tashlash funksiyasi ba’zi jamoat tartiblari, 
institutlar, munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy 
qilish yoki ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. 


12 
Din ma’lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi. Uning asosida ba’zi 
ko‘rinishlarga ma’lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda 
majburiy va e’tiroz qilib bo‘lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida, 
birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma 
uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning 
bahamjihat yashashiga ko‘malashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini 
mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib 
o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy 
qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va 
shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin