Dinshunoslik


 Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

2. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi.
Din so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi «ishonch, 
e’tiqod»dir. Istilohiy ma’nosi lotin tilidagi «religion» so‘zi bilan mos keladi.
O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida «din» - ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, 
hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat 
qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi. 
Islomdan avval turkiy xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli 
davrlarda «darm», «nom» va «den» kabi so‘zlarni ishlatganlari ma’lum. 
O‘zbek tilidagi «din» ma’nosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud. 
Jumladan, zardushtiylarning manbasi «Avesto»da «din» sifatida «daena», qadimgi 
fors pahlaviy tilida «den», «din», «dena», «daena» so‘zi ishlatilib, «yo‘l», 
«mazhab», «marosim», «uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan. Ibroniy tilida 
istifoda qilinadigan «dath» so‘zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy 
termin bo‘lib, «hukm», «amr» va «qonun» ma’nolarini anglatgan. 
Rus tilida din ma’nosini anglatadigan «religiya» so‘zining kelib chiqishi 
borasida lug‘atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o‘tilgan. Ulardan ba’zilariga 
ko‘ra mazkur atama lotincha «religio» so‘zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik
taqvodorlik, xudojo‘ylik, mo‘minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo, 
ziyoratgoh, ibodat-topinish-sig‘inish va u bilan bog‘liq diniy marosimlar» degan 
ma’nolarni anglatadi. 
Ikkinchi guruh tilshunoslar «religio» so‘zi semantik, ma’no va morfologik 
jihatdan «relegere» so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, «yangidan to‘plamoq, yangidan 
tanlashga kirishmoq, qayta ishlab chiqish uchun oldingi sintezga qaytish» kabi 
ma’nolarni anglatadi, deb ta’kidlaydilar. 
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri 
insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni 
yaratgan, ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan 
va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, 
qarash, ta’limotdir.
Din 
muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy 
tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini 
tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo 
bo‘lgandan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din 



insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy 
kuchdir.
Din asli nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din 
ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va ruhiy-
ma’naviy ehtiyojlaridandir.
Din tushunchasiga olimlar tomonidan yuzlab ta’riflar berilgan. Bunda, turli 
soha va dunyoqarash egalari, o‘z sohalari va qarashlaridan kelib chiqib dinga ta’rif 
berishgan. 
Umuman olganda, olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch 
asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan birinchisi
g‘ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda 
topinish obyekti - Xudo bo‘lishi shart hisoblanadi.
Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga - 
transsendent va immanent ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga 
insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va 
nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom 
dinidagi Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi 
Yaxvelarni keltirish mumkin. 
Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur 
qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik
buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolar kiradi. 
Bunday turdagi ilohlar ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo 
zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda 
tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida Qadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari, 
zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya dinlarini sanash mumkin.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin