Dinshunoslik


-mavzu. DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

1-mavzu. DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH 
Reja: 
1. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti
2. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi. 
3. Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi. 
4. Dinlarni tasniflash. 
 
Tayanch tushunchalar: Din, e’tiqod, diniy tashkilot, diniy ong, religiya, 
«religio», transsendent, immanent, kult, dinshunoslik, transsendent hodisa
topinish obyekti, mutloq ruh, «al-Firaq», «ar-Radd», «ad-Diyonot», «al-Milal», 
din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi. 
Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarda dinning mohiyati, dinshunoslik fanining 
yuzaga kelishi tarixi, dinshunoslik fani sohalari, dinning jamiyatdagi 
funksiyalari, dinlarning tasnifi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish. 
1. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dinlarni 
o‘rganish uzoq tarixga ega. Bu boradagi ilk ma’lumotlarni Qadimgi Gretsiya va 
Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri «tarix 
otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari 
haqida ma’lumotlar keltirgan. Bu qiziqish O‘rta asr Yevropasida ham mavjud 
bo‘lgan. Lekin boshqa dinlar haqida ma’lumot beruvchi shaxslar, xristian dinining 
hukmron mafkurasi ta’siri ostida bir tomonlama va yuzaki fikr bildirganlar. 
Islom olamida ham dinlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar uzoq tarixga 
borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv(munozara)larni o‘z 
ichiga olgan «maqola»lar (keyinchalik «maqolot»), VIII -IX asrlardan e’tiboran esa 
boshqa dinlarga «raddiya»lar yozila boshlangan. Keyingi asrlardan esa «al-Firaq» 
(Firqalar), «ar-Radd» (Raddiya), «ad-Diyonot» (Dinlar) va «al-Milal» (Xalqlar) 
yo‘nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan. 
«Ad-Diyonot» (Dinlar) yo‘nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-
Navbaxtiyning (vaf. 910) «al-Aro vad-diyonot» (E’tiqodlar va dinlar) kitobi 
hisoblanadi. Keyinchalik Mas’udiy (957) o‘zining «ad-Diyonot» (Dinlar), 
Masbihiy (1029) «Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti» (Dinlar va 
e’tiqodlar vasfida maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning 
(973-1048) «Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av 
marzulatin» (Aqlga maqbul yoki noma’qul bo‘lgan Hindistonga oid izlanishlardan) 
nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi. 
«Al-Firaq» (Firqalar) yo‘nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur 
Abdulqodir al-Bag‘dodiyning (vaf. 1038) «al-Farq baynal-firaq» (Firqalar 
orasidagi farq) asari hamda Abul-Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf. 
1092) «Baynal-adyon» (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin. 



«Al-Milal» yo‘nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012) «al-
Milal van-nihal» (Dinlar va xalqlar), Abu Muhammad Ali Ibn Hazmning (vaf. 
1064) «Kitobul-fasl fil-milal val-ahvoi van-nihal» (Dinlar, havo va xalqlar haqida 
ajraluvchi kitob), Abul-Fath Muhammad ibn Abdulkarim ash-Shahristoniyning 
(vaf. 1183) «al-Milal van-nihal» asarlarini sanash mumkin. 
«Ar-Radd» (Raddiya) yo‘nalishida ham ko‘plab asarlar dunyo yuzini 
ko‘rgan. Ularga Imom G‘azzoliyning (vaf. 1111) «ar-Raddul jamil» (Go‘zal 
raddiya), Ibn Kalbiyning (vaf. 819-821) «Kitobul-asnam» (Butlar kitobi) nomli 
asarlarini alohida qayd etish lozim.
Darhaqiqat, Musulmon Sharqi o‘lkalarida bu sohada ko‘plab asarlar 
yaratilgan bo‘lib, keyinchalik ular «Dinshunoslik» fanining taraqqiyoti uchun 
fundamental manba bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «al-
Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar»), 
«Hindiston», Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning «al-Milal van-nihal» 
(«Dinlar va oqimlar»), Ibn Hazm Andalusiyning «al-Fasl fil-milal val-ahvo van-
nihal» («Dinlar, adashgan firqalar va mazhabni ajratish») kabi asarlari
shuningdek, Ibn Nadim (987-988) va Abul Hasan Omiriy kabilarning tadqiqot 
ishlari ko‘plab Yevropa tillariga tarjima qilingan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini 
o‘rganuvchi G‘arb mutaxassislarining dinlar tarixiga oid islomiy tadqiqot 
ishlaridan asosiy manba sifatida foydalanishlari uchun qulay imkon yaratdi. 
Bunday asarlarda mualliflar tarixiy voqe’likni to‘g‘ri va xolis yoritganlar. Ular 
o‘zlari musulmon bo‘la turib, boshqa din va e’tiqodlar haqida ma’lumot berish 
yoki ularni tavsif qilishda noxolislikka olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday 
shaxsiy hissiyotlarni suiste’mol qilmaganlar. Buni Shahristoniyning quyidagi 
so‘zlari tasdiqlaydi: «Men har bir firqani (din yoki diniy yo‘nalishlarning hech 
birini) yoqlamay, kamsitmay, ularning kitoblarida qanday bo‘lsa, shundayligicha, 
undagi xatolarni ajratib ko‘rsatmay bayon qilishga ahd qildim».
Beruniy o‘zining «Hindiston» asari haqida shunday yozadi: «Bu kitob bahs-
munozara kitobi emas, tarix kitobidir. Hindlarning dinlarini ularning o‘zlaridan 
o‘rganib, fikrlarini tanqid qilmay bayon qilaman». Bu Beruniy asarlarining butun 
dunyoga mashhur bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 
Ibn Nadim esa: «Dinshunoslik fani hijriy IV-V asrlarga kelib mustaqil fan 
sifatida shakllandi.», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to‘g‘ri kelib, aynan shu 
davrda Beruniy o‘zining «Hindiston» asarini yozgan.
Yevropada XVII asrga kelib cherkov ta’siridan holi ravishda din haqida 
dastlabki noodatiy fikrlar bildirila boshlandi. Fransuz ma’rifatparvarlari (Volter, 
Didro, Golbax) din insonlarning yolg‘oni va jaholatining natijasi, din insonlar 
hayotidan yiroqlashgani sari taraqqiyotga yo‘l ochiladi, deb hisoblagan. Tabiiyki, 
bu kabi yondoshuvlar biryoqlama hamda yuzaki bo‘lib chiqdi.
Olmon faylasufi I.Kant dinga transsendent hodisa sifatida baho berib, uni 
eksperimental va nazariy tadqiqot chegaralaridan tashqaridagi, xudoga bo‘lgan 



ishonchga asoslangan holda ruhning mavjudligi va abadiyligi to‘g‘risidagi maslak 
sifatida talqin qildi.
Gegelning “din falsafasi bo‘yicha ma’ruzalar”i falsafiy nuqtai-nazardan 
talqin qilingan bo‘lib, juda abstrakt shaklda ta’riflagan. Uning fikriga ko‘ra din 
uchta bir-biriga bog‘liq elementlarni o‘z ichiga qamrab oladi: 
- inson ruhiyatining mutloq ruh bilan suhbati natijasi o‘laroq diniy tasavvur 
(g‘oyalar) yuzaga kelishi; 
- mazkur g‘oyalar diniy his-tuyg‘u va tajribalarni yaratishi; 
- diniy g‘oya va diniy his-tuyog‘ular sintezi sifatida marosimlarni paydo bo‘lishi; 
Umuman, Gegelning dinga bergan ta’rifidagi dinning tuzilishi haqidagi 
qarashlari ilmiy jamoatchilik orasida e’tirofga erishdi. 
XIX asrga kelib K.Marksning dinga nisbatan keskin tanqidiy ruhdagi ta’rifi 
paydo bo‘ldi. U din haqida “yolg‘on dunyoning yanglish dunyoqarashi”, 
“shavqatsiz dunyoning yuragi” va nihoyat, “din xalq uchun afyundir” kabi bir 
qancha g‘oyalarni o‘z asarlarida keltirib o‘tar ekan, “din kishilik jamiyatining 
nomutanosibligi, ijtimoiy-adolatsizlik va zulm oqibatida yuzaga kelgan soxta 
tasavvur sifatida jamiyatda kompensatorlik(tasalli beruvchilik) vazifasini bajaradi. 
Shunday ekan, adolat o‘rnatilgan kommunistik jamiyatda din o‘z-o‘zidan 
yo‘qoladi” deya baholadi. 
Rus mutafakkir va faylasuflari (Dostoyevskiy, Solovyev, Berdyayev va 
boshqalar) din madaniyatning negizi bo‘lishi bilan birga uning tashkiliy g‘oyasini 
axloqning asosi sifatida e’tibor qaratishdi. Ular hozirda mavjud barcha madaniyat 
va sivilizatsiyalar diniy poydevor ustiga qurilganini birinchilardan bo‘lib aytishgan. 
Bundan tashqari, ular kelajakda ham dinsiz madaniyat paydo bo‘lishi imkonsiz 
ekani haqidagi qarashlarini bayon qilidi. 
Ehtimol, din haqidagi turli ta’riflar sintezi uning mohiyatini to‘laroq anglash 
imkoniyatini berishi mumkin. Biroq, yuqorida dinga berilgan ta’riflarning hech biri 
dinning mohiyatini to‘la ravishda ochib berdi, deb ayta olmaymiz.
Zamonaviy Dinshunoslik esa qariyb bir yarim asr avval paydo bo‘ldi. 
G‘arbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900) 
tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda 
nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli 
asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo‘l ochgan va kattagina e’tibor 
qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan 
ma’ruzalar o‘qigan. O‘zining «Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi» 
asarida u ilk bora «religious studies» (dinshunoslik) so‘zini qo‘llagan.
Shunday qilib davrlar o‘tishi bilan Parij, Bryussel va Rim kabi markazlarda 
dinshunoslik universitetlar ta’lim dasturlaridan joy olgan. 



XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik sohasida olib borilgan 
izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan sohada bir 
qancha mutaxassislar yetishib chiqqan. Ulardan Van der Lyu, R.Otto, G.Menshing, 
J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.Sharp, Ninian 
Smart, M.Kitagava, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.Shoyps va Mixayel 
Paylar nomini zikr qilishimiz mumkin.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin