Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

 
 
 
 
© Toshkent temir yo’l muhandislari instituti, 2020 y. 



SOZ BOSHI 
Dinshunoslik gumanitar fanlar qatoridagi insoniyatning madaniy, ma’rifiy, 
fikriy tarixini o’z ichiga olgan ilmlar qatoriga kiradi. Oliy ta’lim tizimining 
bakalavr bosqichidagi «Dinshunoslik» fanlari doirasida quyi bosqichda berilgan 
ma’lumotlar asosida dinlarning rivojlanish tendensiyalari, bugungi kundagi holati 
hamda din niqobidagi turli buzg’unchi g’oyalarning kelib chiqish sabablari, oldini 
olish yo’llari haqidagi ma’lumotlar taqdim etilishi maqsadga muvofiq. Ushbu 
konseptsiyadan kelib chiqqan holda ushu o’quv qo’llanmada asosan tahliliy 
ma’lumotlar keltirildi. 
Mamlakatimizdagi ko’p konfessiyalilik sharoitida turli millat, elat va din 
vakillari orasidagi totuvlikni ta’minlash, jahonda tinchlik va barqarorlikni 
mustahkamlash ishiga munosib hissa qo’shish har bir fuqaroning muqaddas 
burchidir. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ta’kidlanganidek, 
«Jamiyatimizda diniy konfessiyalar o’rtasida hamjihatlik va fuqarolar totuvligini 
mustahkamlashni biz bundan buyon eng dolzarb va ezgu vazifamiz deb bilamiz»
1

Dunyo miqyosida millatlararo va konfessiyalararo hamkorlik, hamjihatlikni 
mustahkamlash ko’p jihatdan jamiyat hayotiga bag’rikenglik tamoyillarining 
samaraliy joriy etilishiga bog’liq. Jahondagi murakkab va ziddiyatli kechayotgan 
jarayonlar turli din vakillari o’rtasida o’zaro hurmat, hamkorlik va hamjihatlik 
ruhidagi aloqalarni mustahkamlash tarixiy zaruriyat ekanini ko’rsatmoqda.
Oliy ta’limning bakalavr bosqichi talabalari dinning mohiyati, uning falsafiy 
talqinlari, unga berilgan turli ta’riflar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo’lishlari 
lozim. Shuning uchun ham ushbu qo’llanmada dinni o’rganishdagi yondoshuvlar, 
dinshunoslik maktablari, asosiy namoyondalari, yirik dinlarning e’tiqodiy 
yo’nalishlari, bugungi kundagi holati haqida etarlicha ma’lumot berilgan.
O’zbekistonda davlat va din masalalarini bilish jamiyatimizning har bir 
ilg’or fuqarosining burchidir. Davlat va din o’zaro munosabatlarini tartibga solish 
bo’yicha respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar hatto butun 
jahon miqyosida ham e’tiborga loyiq. Mazkur qo’llanmada yaqin yillar davomida 
dinshunoslik sohasida to’plangan tajribalar natijasi sifatida vujudga kelgan risola 
va qo’llanmalar hamda chet tillarida yozilgan tadqiqotlardan samaraliy 
foydalanilgan. 
Davlat va din munosabatlariga oid taqdim etilgan ma’lumotlar kelgusida 
mamlakatimiz rivojiga o’z hissasini qo’shish niyatida bo’lgan Toshkent temir yo’l 
muhandislari instituti talabalarining amaliy faoliyatida dasturul amal bo’lib xizmat 
qiladi, deb umid qilib qolamiz.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 
2018 yil 22 dekabr, 
// 
www.uza.uz
 




Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin