Davlat mulki va tadbirkorlik


O‘zbekistonda xususiy mulk shaklidagi korxonalar



Yüklə 47,87 Kb.
səhifə4/5
tarix05.12.2023
ölçüsü47,87 Kb.
#173066
1   2   3   4   5
refarat

O‘zbekistonda xususiy mulk shaklidagi korxonalar:
1. Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ)
2. Ma’suliyati cheklangan jamiyat (MCHJ)
3. Qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyat (QMJ)
4. Qo‘shma korxonalar
5. Xususiy korxonalar
6. Oila tadbirkorligi
7. Fermer xo‘jaliklari
8. Dehqon xo‘jaliklari
9. SHirkat xo‘jalilari (yaylov chorvachiligida)
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning hozirgi bosqichining xususiyatlari
«Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish.» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategi yasi to‘g‘risida »gi farmoni e’lon qilindi.
Xususiylashtirishning hozirgi bosqichiga xos xususiyatlar va tamoyillar:
• xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilishga doir qonunchilikni yanada mustahkamlash;
• xususiylashtirish ishlariga nisbatan munosabat va yondashuvlarni tubdan o`zgartirish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga qarashli korxonalarning aktsiyalarini kimoshdi savdosiga qo`yish;
• davlat mulkini xususiy investorlarga sotish samarasini ta`minlashda investorlarning
korxonalarni rivojlantirishga qaratilgan investitsiya majburiyatlari bilan jalb etilishi ustuvorligi;
• zarar ko`rib ishlayotgan, past rentabelli, istiqbolsiz davlat korxonalari va ulardagi davlat
ulushini investitsiya majburiyatlari evaziga nolga teng xarid qiymati bo`yicha xususiy mulkka sotish.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mexanizmini takomillashtirish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 iyuldagi “2007-2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish bo`yicha choralar to``grisida”gi PQ-672 sonli Qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrda “Iqtisodiyot real sektori korxonalari moliyaviy barqarorligini yanada oshirish bo`yicha choralar to``grisida”gi PF-4053-sonli Farmoni, 2008 yil 24 apreldagi “Baholash tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning ko`rsatiladigan xizmatlar sifati uchun mas`uliyatini oshirish to``grisidagi PQ-843-sonli Qarori qabul qilingan. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 yanvardagi “Davlat aktivlarini sotish mexanizmini takomillashtirish bo`yicha choralar to``grisida”gi 27-sonli Qarori bilan “Birja savdolarida davlat aktivlarini sotish tartibi to``grisida”gi va “Birjadan tashqari savdolarda davlat aktivlarini sotish to``grisida”gi tartiblar tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-sonli Qaroriga binoan Davlat mulk qo`mitasi BMT Rivojlanish dasturi bilan “O`zbekiston Respublikasida baholash metod+ologiyasi va amaliyotini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash” loyihasi amalga oshirish bo`yicha shartnoma imzolangan. Ushbu loyiha doirasida O`zbekiston Respublikasining uchta milliy standarti, ya`ni “Xususiylashtirish maqsadida mulkning qiymatini baholash”, “Biznes qiymatini baholash”, “Ko`chmas mulk qiymatini baholash”standartlari O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazildi.
2017 –yil 18-apreldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish to’g’risida”gi farmoni ishlab chiqildi.
2010 yilda 96 ta davlat aktivlari 64,5 mln. dollar va 40,98 mlrd. so`mga, shu jumladan, ulardan 63,5 mln. dollar va 21,26 mlrd. so`mlik investitsiya majburiyatlari hisobiga sotilgan. Davlat tender komissiyasi qaroriga binoan 60 ta davlat aktivi 64,52 mln. dollar va 35 mlrd. so`mga sotildi. Ularning 63,5 mln. dollari va 17,73 mlrd. so`mini investitsiya majburiyatlari tashkil etadi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida 2007-2010 yillarda 474 ta shartnoma bo`yicha investitsiya majburiyatlari bajarildi. Ularning umumiy qiymati 129,37 mln. AQSh dollari va 106,53 mlrd. so`mni tashkil etdi. Shu jumladan, xorijiy investorlar tomonidan 42 ta mulkni investitsiya majburiyatlari asosida xarid qilish to``grisidagi shartnomalar to`liq bajarildi.
Ularning qiymati 2007-2010 yillarda 86,76 mln. AQSh dollari va 11,86 mlrd. so`mni tashkil etdi.

Yüklə 47,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin