Davlat mulki va tadbirkorlik


Xususiylashtirishning asosiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 47,87 Kb.
səhifə3/5
tarix05.12.2023
ölçüsü47,87 Kb.
#173066
1   2   3   4   5
refarat

Xususiylashtirishning asosiy ko‘rsatkichlari
(2018 yil yanvar’-dekabr’ holatiga)


O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra 2018 yil yanvar-dekabr oylarida 835ta(dastur doirasida va dasturdan tashqari) korxona ob’yektlar xususiylashtirildi.
Xisobot davrida eng ko‘p xususiylashtirilgan ob’ektlar soni:
Toshkent viloyati- 133(15,9%)
Farg’ona viloyati – 84(10,1%)
Qoraqolpog’iston Res – 74(8,9%)
Surxondaryo viloyati - 73 (8,7%)
Qashqadaryo viloyati - 69 (8,2%)
Andijon viloyati - 66 (8,0%)
Xususiylashtirilgan davlat mulki ob’ektlari tarkibida eng ko‘p ulush mahalliy xokimiyatlarga 683 ta ob’ekt (respublika bo‘yicha jami xususiylashtirilgan ob’ektlarning 81.8 %), Sog‘liqni saqlash vazirligi 72 ta ob’ekt (8,6%), Xalq ta’limi vazirligi -13 ta ob’ekt (1,6), Qishloq xo‘jaligi vazirligi -13 ta ob’ekt (1,6 %), va “Navoiy kon metallaurgiya kombinati” DK-12 ta ob’ekt (1,4%) ga to‘g‘ri keladi.
2018 yilning yanvar’-dekabrida davlat mulkini sotishdan tushgan tushumlar 223,0 mlrdso‘mni tashkil qildi.
2018 yilning yanvar’-dekabrida respublika xududlari kesimida davlat mulkini sotishdan tushgan tushumlar tarkibi: Hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan tushgan tushumlarning asosiy qismi Toshkent shaxriga(Barcha tushumlar 58,6%), Toshkent(7,2%), Namangan (5,2%),Farg‘ona (4,6 %),Samarqand (4,2 %), Buxoro (4,1%) viloyatlari issasiga to‘g‘ri keladi.
Davlat noturarjoy fondidan samarali foydalanish maqsadida 2018 yilda ob’ektlarni ijaraga berish bo‘yicha 30,9 mingdan ortiq ijara shartnomalari tuzildi. Buning natijasida 5,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.Davlat mulkini ijaraga berishdan tushgan tushumlar jami 135,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2018 yil yanvar’-dekabrida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi tashkil topgan kichik korxona va mikrofirmalar eng ko‘p savdoda 11713 ta, shuningdek:
Savdoda – 11713 ta;
Sanoatda – 11262 ta;
Qurilishda- 6360 ta;
Qishloq, shrmon va baliqchilik xo‘jaligida -5586 ta;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 3891 ta;
Tashish va saqlashda – 2107 ta;
Axborot va aloqada – 1228 ta;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda -1154ta;
Boshqa turdagi xizmatlarda – 5621 tani tashkil etdi.

Yüklə 47,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin