Davlat mulki va tadbirkorlik



Yüklə 47,87 Kb.
səhifə1/5
tarix05.12.2023
ölçüsü47,87 Kb.
#173066
  1   2   3   4   5
refarat




  1. Davlat mulki va tadbirkorlik

  2. O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirishning maqsadi va bosqichlari

  3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning hozirgi bosqichining xususiyatlari

Davlat mulki va tadbirkorlik
Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim davlat vositalaridan biri o`z mulki bo`lgan tarmoq va korxonalarni boshqarish, ya`ni bevosita tadbirkorlik faoliyati bilan shu`gullanishdir.
Davlat mamlakat ishlab chiqarish vositalarining bir qismini mulk egasi sifatida bevosita ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi, rejalashtiradi va uni nazorat qiladi. Davlat tadbirkorlik faoliyati orqali fan-texnika inqilobi talablariga ko`ra xalq xo`jaligi tuzilishini shakllantirishga hamda bozor baholaridan birmuncha past baholarda tovar sotish va xizmatlar ko`rsatish orqali ishlab chiqarishning boshqa sektorlarining rivojlanishiga ko`maklashadi. Davlat mulki va sohibkorligi ko`lami bozor iqtisodiyoti sharoitida cheklangan bo`ladi. U, asosan, mamlakat iqtisodiyotini samarali rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Uning doirasiga O`zbekiston Respublikasida, birinchidan, oltin, uran, neft , gaz, ko`mir, rangli metallar va boshqa tabiiy boyliklarni qazib chiqarish sanoati tarmoqlari; energetika,temir yo`l, avtomobil yo`llari, transportning bir qismi kirishi lozim.
Qazib chiqaruvchi tarmoqlar mahsulotlari mamlakatning eng muhim milliy boyligi hisoblanadi. Energetika va transport esa xalq xo`jaligining hayotiy qon tomirlaridir. Shu bilan birga, ularning kapital hajmkorligi yuqori va aylanish muddati uzoq bo`lganligi uchun xususiy korxonalarning bu sohadagi tashabbuskorligi cheklangan bo`ladi. Ana shu sabablarga ko`ra, ushbu tarmoqlarni davlat bevosita boshqarishi maqsadga muvofiqdir. Hamma rivojlangan mamlakatlarda ham davlat kapital mabla`glarining ko`p qismi ushbu sohalarga yo`naltiriladi.
Ikkinchidan, O`zbekiston iqtisodiy mustaqillikni qo`lga kiritish uchun mashinasozlik, shu jumladan, avtomobilsozlik, uskunasozlik, fan-texnika inqilobi vujudga keltirgan elektrotexnika sanoati tarmoqlarini rivojlantirishi zarurdir. Bu yangi tarmoqlar qaror topishi davlat tadbirkorlik faoliyati doirasida bo`ladi.
Uchinchidan, fan-texnika inqilobi sharoitida fan va texnikaga rahbarlik qilish ham davlat zimmasiga yuklanadi. Davlat eng qimmatli fundamental fanlar sohasidagi ilmiy ishlarni moliyalashtiradi.
Davlat o`z korxonalarining tovar va xizmatlarini past darajadagi, aksariyat hollarda ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin bo`lgan baholar bilan sotadi. Bu bilan aholi turmush darajasining oshishiga, xususiy va boshqa korxonalarning samarali ishlashiga, xalq xo`jaligi tarmoqlarining ma`lum nisbatlarini shakllantirishga ta`sir ko`rsatadi.
Davlat o`ziga qarashli korxonalarni ijaraga berish, mehnat kollektivlariga, xususiy shaxslarga sotish, aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish yo`li bilan aralash mulkni shakllantirish orqali iqtisodiyotning boshqa mulk doiralarining tashabbuskorligiga, rentabelligining oshishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Davlatning xususiy, jamoa va boshqa toifadagi korxonalardan tovar va xizmatlar sotib olishi iqtisodiyotni tartibga solishning bir usuli hisoblanadi. XX asrning buyuk iqtisodchilaridan biri bo`lgan Jon Keyns bu vositani “iqtisodiyotni tetiklantiradi” deb ta`kidlagan. Ushbu o`rinda savol tu`giladi. Xo`sh, davlat qanday tovarlarni sotib oladi?
Davlat, birinchidan, o`ziga qarashli tarmoq va korxonalarning samarali ishlashi uchun xom ashyo, asbob-uskunalar; ikkinchidan, boshqaruv apparati xodimlarini moliya bilan ta`minlash; uchinchidan, mehnatga layoqatsiz mayib-majruhlar, qariyalar, yetim bolalar, kamba`gallar hamda ko`p bolali oilalar, yolg`iz, qarovsiz kishilarga yordam maqsadida iste`mol tovarlari va xizmatlar bilan ta`minlash; to`rtinchidan, harbiy anjomlar, qurol-yaro`glar armiya uchun lozim bo`lgan iste`mol tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, beshinchidan, turli xil tabiiy ofatlarning oldini olish uchun davlat zaxiralarini tashkil etish maqsadida tovarlar sotib oladi. Buning oqibatida davlatning tovarlar va xizmatlar bozori shakllanadi. Davlat bozori muhim ijobiy rol o`ynaydi. Bu bozor kafolatli bo`lib, uning to`lov qobiliyati davlatning byudjet va valyuta fondi orqali ta`minlanadi. Har qanday bozor kon`yunkturasi sharoitida ham davlat buyurtmasi va kontraktlari yuzasidan ishlayotgan korxonalar bozori kasod bo`lmaydi. Bu bozor davlat buyurtmalari orqali tartibga solinadi, unda kelishilgan baholar amal qiladi va uning ishtirokchilariga barqaror foyda keltiradi.

Yüklə 47,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin