Dars: Zoologiya fani va uning vazifalari. Mavzu



Yüklə 32,21 Kb.
səhifə5/11
tarix11.05.2023
ölçüsü32,21 Kb.
#111152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-sinf Zoologiya namuna maktabim.uz (1)

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2 Davomatni aniqlash.3. O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.
III. Yangi mavzu rejasi:

  1. Yashash muhiti va harakatlanishi.

  2. Oziqlanishi , nafas olishi

  3. ko’payishi va xilma - xilligi

IV. Yangi mavzu bayoni. Bir hujayralilar tuzilishining ko'p hujayralilarning bitta hujayrasiga
o'xshashligi va undan farq qilish belgilari botanikadan o'tilgan bilimlar asosida tushuntiriladi. Buning
uchun bir hujayralilarning bir hujayrasi ham ko'p hujayralilar hujayrasidagi singari hujayra qobig'i,
yadro, sitoplazma va undagi organoidlardan iboratligi, ularning o'zi uchun xos organoidlarning borligi
ta'kidlab o'tiladi. Bu mavzu amyoba misolida yanada kengaytiriladi. O'tiladigan materiallarni tushunib
olish o'quvchining hayvonlar klassifikatsiyasi to'g'risidagi malumotlarni o'zlashtirishi bilan bog'liq.
Shuning uchun o'qituvchi o'quvchilar e'tiborini yana tur, urug', oila, turkum, sinf, tip tushunchalariga
qaratadi va amyoba bir hujayralilarning soxtaoyoqlilar sinfiga kirishini ta'kidlaydi. . So'ngra
amyobaning qayerda yashashi, qanday oziqlanishi va harakatlanishi tushuntiriladi. Soxtaoyoqlarning
harakatlanganda va oziqni qamrab olayotgandagi holatini doskaga chizib tushuntirish lozim. Hazm qilish
vakuoli funksiyasini jo'nroq qilib, oziq tarkibidagi moddalarni suvda erigan holda sitoplazmaga o'tishi
va hazm bo'lmay qolgan moddalarni hujayradan chiqarib yuborilishi tarzida tushuntiriladi.
Qisqaruvchi vakuola vazifasi tushuntirilganda amyoba hujayrasi membrianasi orqali suv doim sizib o'tib turishi, agar suv chiqarilib turilmasa, hujayra yorilib, nobud bo'lishi orqali tushuntiriladi.
Harakatlanishi. Amyoba hujayrasi sirtida qalin qattiq qobiq bolmaganligidan sitoplazmasi qaysi tomonga oqib o'tsa, tanasining o'sha tomoni bo'rtib chiqib, «soxta oyoq» deb ataladigan o'simta hosil qiladi. Amyobaning harakatini bir tomchi suvning oqishiga o'xshatish mumkin. Soxta oyoqlar to'xtovsiz hosil bo'lib va yo'qolib turganidan amyobaning tana shakli ham o'zgarib turadi.
Oziqlanishi. Amyoba bakteriyalar, may da suv o'tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Harakatlanayotgan amyoba oziqqa duch kelganida bir necha soxta oyoqlar hosil qiladi. Soxta oyoqlar oziqni qamrab olib, uni sitoplazmaga o'tkazadi. Sitoplazmadan hazm shirasi ajralishi bilan oziq atrofida kichik pufakcha - hazm qilish vakuolasi paydo boladi. Hazm shirasi ta'sirida vakuoladagi oziq moddalar hazm boladi. Oziqning hazm bolmagan qismi sitoplazmadan tashqariga chiqarib yuboriladi.
Nafas olishi . Amyoba suvda erigan kislorod bilan nafas oladi.
Ko’payishi . Amyoba ikkiga bo’linish yo’li bilan jinnissiz ko’payadi.
Sovuq tushganda yoki suv qurib qolganda amyoba harakatlanishdan to’xtab , yumoloqlanadi ; uning hujayrasi sirtidan qalin po’st – sista hosil bo’ladi.

Yüklə 32,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin