Dars: Zoologiya fani va uning vazifalari. Mavzu



Yüklə 32,21 Kb.
səhifə10/11
tarix11.05.2023
ölçüsü32,21 Kb.
#111152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-sinf Zoologiya namuna maktabim.uz (1)

V. Darsni mustahkamlash:

  1. Infuzoriyalar tuzilishining qaysi xususiyatlari boshqa bir hujayralilardan farq qiladi?

  2. Tufelka sitoplazmasida qanday organoidlar joylashgan?

  3. Tufelka oziqni qanday hazm qiladi?

  4. Tufelkaning jinssiz ko'payishi qanday sodir bo'ladi?

  5. Nima sababdan tufelka murakkab tuzilgan bir hujayralilarga kiritiladi?

  6. Bir hujayralilar hujayrasi ko'p hujayralilar bitta hujayrasidan qanday farq qiladi?

VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar baholarini kundaliklariga qo’yish. Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va savollariga javob yozish
Sana ________2018yil Sinf: 7-“ ”
6-DARS: 1- Laboratoriya mashg'uloti.
Mavzu: 1- Lobaratoriya mashg'uloti. Tufelkaning tuzilishi va harakatlanishi, ta'sirlanishi.
Maqsad:Ta'limiy: Tufelka misolida bir hujayralilarning tuzilishi, harakatlanishi va ta'sirlanishini mustaqil o'ganish va kuzatish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash, o'z-o'zini nazorat qilish va baholash ko'nikmasini hosil qilish. O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.
Kompetensiya: o’z-o’zini rivojlantirish, tabiatga bo’lgan muhabbat
Dars jihozi: mashg'ulotning texnologik xaritasi (har bir o'quvchiga bittadan), tufelkali pichan ivitmasi, mikroskop, soat oynasi, qoplag'ich oynacha, predmet oynasi, tomizg'ich, qizil neytral bo'yoq, shisha tayoqcha, filtr qog'ozi.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.2.Davomatni aniqlash.3. O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni.

O'quv elementi

O'quv materiali, topshiriqlar

Vaqt,tavsiyalar,baho

0-OE

Talimiy maqsad: modul mazmunini o'zlashtirish orqali Siz infuzoriyalarning tuzilishi va hayot kechirishi to'g'risida umumiy tushunchaga, tirik obyektlarni mustaqil o'rganish va kuzatish ko'nikmasiga egabo'lasiz

3 minut. Mavzuni yo­zib oling.

1-O'E

Maqsad: vaqtinchalik mikropreparat tayyorlashni o'rganish. 1. Soat oynasiga tufelkali pichan ivitmasidan 15—20 tomchi tomizing, unga qizil bo'yoqdan bir necha zarra tashlab, shisha tayoqcha bilan aralashtiring.2. Bo'yalgan eritmadan kichik tomchi olib, buyum oynasiga tomizing:tomchini qoplag'ich oynacha bilan yoping.
3. Tayyorlagan preparatingizni mikroskop stolchasiga qo'ying, qoplag'ich oynachetidagi ortiqcha suvni filtr qog'oziga shimdirib oling.

10 minut. 2-3 kishilik guruh bilan ishlang. O'qituvchidan yordam oling. O'qituvchi-ning mas-lahati bilan bajaring.

2-O'E

Maqsad: tufelkaning tuzilishini o'rganish. Topshiriqlarni bajaring.
1 .Tayyorlangan preparatni kichik obyektivda kuzating.
2 Sekin harakatlanayotgan tufelkalardan birini katta obyektiv ostiga oling.
3. Tufelkaning qisqaruvchi va hazm qilish vakuolalari, og'iz oldi huqurchasi,
og'iz teshigi, halqum, chiqarish teshikchasini toping.
4. Hazm qilish vakuolalari hosil bo'lishi, sitoplazma oqimi bilan
harakatlanishi, oziq qoldiqlarining chiqarilishini kuzating.
5. Qisqaruvchi vakuolalarning ishlashini kuzating.
6. Katta va kichik yadrolar shaklini aniqlang.



10 minut. O'qituvchidan yordam oling.
Darslikni o'qing.
Preparatdan kuzating. O'zingiz javob bering.
Javoblaringizni ball hisobidan hisoblang.

3-0 'E

Maqsad: Tufelkaning ta'sirlanishini kuzatish. Topshiriqlarni bajaring.
1. Buyum oynasiga toza suv va infuzoriyali pichan ivitmasidan bir tomchidan tomizing.
2 Har ikki tomchini shisha tayoqcha yordamida ingichka kanal orqali
tutashtiring.
3. Tufelkali tomchiga 1—2 dona osh tuzi kristalidan tashlang.
4. Mikroskopning kichik obyektivida tufelkalarni toza suv tomchisiga o'tishini kuzating.

7 minut.
2—3 kishi bo'lib bajaring. O'zingiz bajaring, darslikni o'qing. O'zingiz bajaring. Javoblaringizni yozib oling va she-riklaringiz bilan solishtiring .




Yüklə 32,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin