Dars: Zoologiya fani va uning vazifalari. Mavzu



Yüklə 32,21 Kb.
səhifə9/11
tarix11.05.2023
ölçüsü32,21 Kb.
#111152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-sinf Zoologiya namuna maktabim.uz (1)

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.
III. Yangi mavzu rejasi:

  1. Yashash muhiti va tuzilishi.

  2. Oziqlanishi ,nafas olishi va ayrish sistemasining tuzilishi .

  3. Ko’payshi . Sporalilar sinfi .

IV.Yangi mavzu bayoni. Mavzuni o'rganish amyoba va evglenani o'rganishda olingan bilimlarga asoslanadi. O'qituvchi tufelkaning boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab tuzilish belgilari (ikki xil yadrosi, og'iz teshigi, halqum, ayirish teshigi, ikkita qisqaruvchi vakuolasi, oziqlanishi va ko'payishi) ko'rsatib o'tiladi. Tufelkaning yashash muhiti va oziqlanishini tushuntirishda darslikdagi rasmlar qol keladi. Parazit infuzoriyalar va sporalilar to'g'risida umumiy tushuncha beriladi.
Bir hujayralilar organizmi bitta hujayradan iborat. Ular hujayrasi barcha hayotiy jarayonlami bajarishi bilan ko'p hujayralilardan farq qiladi. Hujayraning muayyan vazifani bajaruvchi qismlari organoidlar deyiladi. Bir hujayralilarning 40 000 dan ortiq turi bor, ular soxta oyoqlilar, xivchinlilar, infuzoriyalar, sporalilar sinflariga bo'linadi.
Yashil xivchinlilar barcha bir hujayralilarning eng qadimgi ajdodi hisoblanadi.
Infuzoriyalar - eng murakkab tuzilgan bir hujayralilar. Parazit yashash ta'sirida sporalilarning tuzilishi soddalashgan.
Infuzoriyalarning tanasi kipriklar bilan qoplangan, katta va kichik yadrosi bo'ladi. Hazm qilish va ayirish organoidlari boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Infuzoriyalar birinchi marta pichan ivitmasida topilgan. «Infuzoriya» so'zi ham lotin tilida «pichan ivitmasi hayvonlari» ma'nosini anglatadi. Infuzoriyalarni tufelka misolida o'rganamiz.
Yashash muhiti, tuzilishi va harakatlanishi. Tufelka o'simlik qoldiqlari ko'p bo'lgan suv havzalarida uchraydi. Uning uzunligi 0,1 - 0,3 mm bolib, tanasining shakli poyabzalning ostki qismiga o'xshab ketadi. Shuning uchun bu hayvon tufelka deb ataladi. Tanasining sirti juda ko'p kipriklar bilan qoplangan. Kiprikchalarning tebranishi tufayli tufelka to'mtoq tomoni bilan oldinga suzadi.
Oziqlanishi. Tyfelka bakteriyalar bilan ozqlanadi. Tanasining yon tomonida uzun tarnovsimon chuqurchasi , uning tubida “og’iz” teshigi bor . Chuqurcha tarofida joylashgan kipriklar tebranishi natijasida oziq halqum tubida to’planib , hazm vokuolasini hosil qiladi.
Nafas olishi. Tufelka ikkita qisqaruvchi vokuolasi oldingi va keyingi tomonida joylashgan . Ular galma-galdan qisqarib turadi. Kislorod tufelka sitoplazmasiga suv bilan birga kirib turadi.
Ko’payshi. Jinissiz ko’payshi yadrolar qobig’ining erishi va yadro moddasining ikkiga taqsimlanishidan boshlanadi. Tanasi o’rtasidan ingichkalashadi va yadrolar ikkiga bo’linadi va infuzoriya teng ikkiga bo’linadi.

Yüklə 32,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin