2-mashg’ulot mavzu: O’simliklar hujayrasining tuzilishini o’rganish mashg’ulotning maqsadi



Yüklə 181,42 Kb.
tarix22.09.2023
ölçüsü181,42 Kb.
#147329
2-mashg\'ulot


2-mashg’ulot
MAVZU: O’SIMLIKLAR HUJAYRASINING TUZILISHINI O’RGANISH


Mashg’ulotning maqsadi: hujayra tuzilishini o’rganish.
Ko’rgazmali qurol va jihozlar: mikroskoplar, lupalar, predmet oynasi, qoplag’ich oyna, preparoval ignalar, pipetka. Tayyor va vaqtinchalik preparatlar tayyorlash.

Hujayra tuzilishi. O’simliklarning hujayraviy tuzilishi to’g’risidagi birinchi ma’lumot gollandiyalik aka-uka (Gans va Zaxarius) Yansenlar tomonidan (1590) optik (ko’zgu) mikroskop ixtiro etilgan. Optik mikroskop angliyalik olim Robert Guk tomonidan takomillashtirildi (1665). U o’zi ixtiro qilgan mikroskopda shivit, shakarqamish va marjon (buzina) kabi o’simliklarni poya po’kagini tuzilishini tekshirib, ularni hujayra tuzilishiga ega ekanligini aniqlab, «mikrografiya» degan asarini e’lon qildi. Bu asarda «hujayrani» sellula (lot. sitas –uy, xona, katakcha) deb ataydi.


Hamma tirik organizmlar hujayra tuzilishiga ko’ra ikkita olamga: prokariotlar va eukariotlarga bo’linadi.
Hujayraning eng muhim belgilaridan biri uning xilma-xilligi va o’xshashligi hisoblanadi. Masalan, hujayra protoplasti (yunon. protos-birinchi, plastoz-shakllangan) murakkab tuzilishga ega bo’lib, uning takomillanishi natijasida bir qancha organellalar yoki organoidlar (yadro, plastidalar, mitoxondriy, ribosoma, lizosoma va boshqalardan) tashkil topgan bo’ladi. Organellalar bir-biridan bajaradigan vazifalari bilan, tuzilishi bilan keskin farq qiladi.
Odatda o’simliklar uch xil qismdan tashkil topadi: hujayra po’sti – u uglevodli birikmalardan tuzilgan bo’lib, hujayra sirtini qoplaydi; protoplast – hujayraning eng muhim tirik qismi bo’lib, hujayra po’sti devorlari atrofida joylashadi; va nihoyat hujayra markazini vakuol (lоt. vakuus-bo’shliq) ishg’ol etadi. Vakuolada hujayra shirasi bo’lib, unda suvda erigan uglevodlar, oqsillar, tuzlar, alkaloidlar, pigment va boshqa birikmalar (kraxmal, yog’ donachalari va kristallar) to’planadi.
O’simlik hujayrasining eng xarakterli belgilaridan biri, ularda juda ham pishiq tuzilgan po’st va vakuolani mavjudligidir. Hujayraning hajmi vakuolaning kattalashishi natijasida sodir bo’ladi. Hayvon hujayrasining bo’linishida ishtirok yetadigan sentriol yuksak o’simlik hujayrasida uchramaydi.
Hujayraning shakli, katta-kichikligi va bajariladigan funksiyasi tanada joylashgan joyiga bog’liq. Zich joylashgan hujayralar 14 qirradan iborat bo’lib, 4-6 burchakli, ularning ko’ndalang kesimi ham 4-6 burchakdan iborat. Erkin o’sish xususiyatiga ega bo’lgan hujayralarning shakli ko’pincha sharsimon, yulduzsimon, yassi, uchli va silindrsimon bo’lishi mumkin.

O’simlik hujayrasi
Shakli bir xil bo’lgan izodiametrik tirik hujayralardan tuzilgan to’qima parenxima (lat. par-teng, barobar; yunon. enxtma-to’ldirilgan) deb ataladi. Odatda bunday hujayralar barg, poya, ildiz va ho’l mevalarda uchraydi. Ular moddalarni sintez etish va to’plash vazifasini bajaradi. Parenxima - hujayralarini vakuolasida oksid, yog’, antosian, tanid va boshqa moddalar to’planadi. Kserofit o’simliklarning parenxima hujayralarida suv ham to’planadi.
Ba’zan hujayraning o’sishi bir tomonlama bo’lib, bo’yi enidan 5-6 barobar katta bo’ladi, bunday hujayralar prozenxima (yunon. pro-bir yo’nalishda, enxima to’la) yoki uzunchoq hujayralar deb ataladi. Prozenzima shakldagi hujayralar ko’pincha daraxtlarda uchraydigan o’tkazuvchi nay tola boylamining yetilganidan so’ng tiriklik xususiyatini yo’qotadi.
Hujayraning katta-kichikligi doimo o’zgarib tursa ham, lekin har qaysi turkum vakillari uchun ma’lum kattalikda va shaklida uchraydigan belgi hisoblanadi. Odatda hujayrani oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi. Uni faqat bir necha marta katta qilib ko’rsatadigan mikroskop ostida ko’rish va aniqlash mumkin. Yuksak o’simliklarning hujayra diametri 10-100 mkm (ko’pincha 15-60 mkm) bo’lishi mumkin. Diametri yirik hujayralar ko’pincha g’amlovchi oziq moddalarni hujayralarda (masalan, kartoshka tuganaklaridagi parenxima hujayralari, ho’l meva hujayralari) bo’ladi. Bundan tashqari tarvuz, limon, apelsin va boshqa mevalarning yumshoq eti, bir necha millimetrgacha bo’ladi, ularni oddiy ko’z bilan ham ko’rish mumkin. Ayniqsa parenximatik hujayralar uzunligi jihatidan boshqa hujayralardan farq qiladi. Masalan, zig’ir tolasi 40 mm, g’o’za tolasi 35 mm, qichitqi o’t tolasi 80 mm uzunlikda bo’ladi. Ularning har qancha uzunligidan qat’iy nazar, ko’ndalang kesimi mikroskopik holda saqlanadi.
Yuksak o’simliklarda hujayralarning soni bir necha o’n mingdan to yuz minggacha (daraxt bargi) bo’lishi mumkin.
O’qitish jihozlari: piyoz qobig’ining hujayralari doimiy preparati, elodeya, na’matak, tradeskansiya, mikroskop, lupa, chizuvchi apparat, pintset, lezviya, britva, qaychi, skalpel, preparoval igna, buyum va qoplag’ich oynalar, salfetka, suv, darsliklar, qo’llanmalar va jadvallar.


Topshiriqlar:

  1. Piyoz qobig’ining hujayrasini tuzilishini ko’rib chiqish.

  2. Elodeya barg hujayralarini tuzilishini o’rganish.

  3. Na’matak mevasini hujayralarini tuzilishini o’rganish.

  4. Tradenskansiya bargining hujayrasini tuzilishini o’rganish.

Yüklə 181,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin