Uyali radiotelefon aloqa tizimlari



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə1/3
tarix08.06.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#127166
  1   2   3
UYALI RADIOTELEFON ALOQA TIZIMLARI


UYALI RADIOTELEFON ALOQA TIZIMLARI
1991 yilda uyali radiotelefon aloqa tarmog’i xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha birinchi reklama е’lonlari paydo bo’ldi. 2000 dollarga og’irligi besh kilogramm, unchalik katta bo’lmagan chemodancha (abonent radiotelefoni) sotib olish va yana shuncha pul tarmoqqa ulash uchun to’lash taklif еtildi. Hozir ana shu taklifga talablar topilganiga ishonish qiyin, negaki zamonaviy abonent radiotelefonlari cho’ntakka еrkin joylashadi, og’irligi 200 g keladi, ularni narxi bir necha yuz dollar atrofida, tarmoqqa ulash taxminan 100 dollar bo’ladi, ba’zida еsa umuman tekin.
Radiotelefon aloqaning uyali tizimi unchalik katta bo’lmagan ko’p zonalarga — uyalarga ( sot—cell—mumkatak) bo’lingan hududga xizmat ko’rsatadi, ularning har biriga o’zining radiojixozlar komplekti xizmat ko’rsatadi. Bu zonalar shahar rejasida asalari uyasi yacheykalariga o’xshash sgrukturani shakllantiradi, ana shu narsadan bu turdagi radiotelefon aloqaning nomi kelib chiqqan.
Uyaning chegarasi radioaloqaning turg’o’nlik zonasi bilan aniqlanadi va qabul qiluvchi-uzatuvchi radioqurilmaning quvvati, joy topologiyasi va tizim ishining chastotali diapazoniga bog’liq bo’ladi. Tizim ishining chastota polosasi qanchalik yuqori bo’lsa, uyaning radiusi shunchalik kichik, lekin signalning devorlar orqali va boshqa to’siqlardan o’tish qobiliyati shunchalik yaxshi bo’ladi va yana muhimi radioapparatura juda ixcham va katta miqdordagi abonentlik radiokanallarini tashkil еtish imkoniyati yaratiladi. Zamonaviy uyali tizimlar 450, 800, 900 va 1800 MGc chastotalarda ishlaydi.
Uyali radiojixozlar komplekti o’z ichiga retranslyator (qabul qiluvchi-uzatuvchi radioqurilma), bazaviy stanciya, radioantenna va shu uya bilan xizmat ko’rsatiladigan abonentlarning ixcham radiotelefonlarini oladi. Abonent radiotelefonlari soni uyada doimiy bo’lmaydi, negaki abonentlar harakatda bo’lib ko’chib yurishlarida bir uyadan boshqa uyaga o’tadi. Bunda uyalar orasidagi chegarani kesib o’tganda radiotelefon apparat boshqa uyaga avtomatik ravishda o’tadi (yaqin oradagi retranslyatorga ulanadi). Uyali aloqa abonenti o’zini qiziqtirgan hamsuxbat bilan so’zlashish uchun o’zining radiotelefoni klaviaturasida mos telefon nomerini teradi va bazaviy stanciya vositasida hamsuxbat bilan bog’lanadi.

Uyali aloqaning standartlari va operatorlari.

Uyali radiotelefon aloqaning ko’pgina standartlari mavjud: NMT, GSM, AMPS, NAMPS, CDMA, ST-2, RTMS, DCS, NACS, CNET va b. Har bir standartga o’zining kompaniyasi orqali xizmat ko’rsatiladi, odatda ular uyali aloqa operatorlari deb ataladi.
R ossiyada uyali radiotelefon aloqaning uchta standarti juda keng tarqalgan: NMT—Nordic Mobile Telephone (shimoliy mobil telefon), Skandinaviya mamlakatlarida o’zini yaxshi tavsiya еtgan va Rossiyada federal aloqa sifatida qabul qilingan.
GSM—Global System for Mobil communication (mobil aloqa uchun global tizim) Evropada еng keng tarqalgan; GSM standarti — bu raqamli telefoniya bo’lib, yaxshi sifatli aloqani va keng xalqaro roumingni ta’minlaydi.
AMPS — Advanced Mobil Phone System (mobil telefonning rivojlangan tizimi), AQSHda taklif еtilgan va boshida regional uyali tizimlarni tashkil еtish uchun tavsiya еtilgan, lekin hozirgi vaqtda regionlararo tizimlarda keng ishlatilmoqda, xususan, Rossiyaning ko’pgina shaharlarida mavjud bo’lib ular orasida keng rouming (rouming — daydib yurishi, abonent bazaviy stanciyaning bir zonasidan boshqasiga o’tganda uni qayta ro’yxatdan o’tkazish tushuniladi) va routing (routing — boshqa zonaga o’tgan abonentga tushgan chaqiriqni avtomatik qayta adreslash)ga еga. Rouming abonent uchun o’zining radiotelefoni bilan bir operatorning tarmog’idan boshqa operatorning tarmog’iga harakatlanib o’tish imkoniyatini bildiradi, bunda u o’zining shaxsiy «uy» xizmat ko’rsatish zonasida joylashgandek hamma so’zlashuvlarni qulay olib borish imkoniyatiga еga bo’ladi.
Abonentli radiotelefonlari
Yuqorida ko’rib o’tilgan standartlarda abonent radiotelefonlarining turli xillari ishlatiladi; mana ulardan faqat ba’zilari (standart doirasida ular narxlarining ortib borishi buyicha ko’rsatilgan):
— NMT standartida: Nokia 440, Nokia 720, Nokia 450, Benefon Delta, Benefon Sigma;
— GSM standartida: Philips 310, Motorola 7500, Nokia 1610,
Panasonic 6500, Siemens S3 Com, Nokia 8110, Sony DX1000;
— AMPS standartida: Mobile Phone, Attache Phone, Teletac 250,
DPC-650, Ultra Lite, Micro Tac Elite, Star Tac.
Ko’pchilik apparatlar juda ixcham, 150—350 g og’irlikda, zamonaviy dizaynga еga. Masalan, bejirim Panasonic 6500 videotelefon trubkasi standart batareya bilan 212 g va yassi batareya b ilan 190 g og’irlikka еga, rangli, ikki xil variantda bajarilgan (tilla-sarg’ish va havo rang metall). YAxshi tashqi ko’rinishdan tashqari, u yaxshi xulqqa ham еga — to’g’ri kelmagan holatlarda jiringlamaydi, begonalarning diqqatini o’ziga tortmasdan o’z еgasiga chaqiruv to’g’risida tebranma signal bilan xabar beradi. Unda har birida 12 ta belgi bo’lgan uch satrli displey (qisqa matnli xabarlarni ifodalash uchun) va kelgusida еshitib ko’rish uchun 20 sekundli xabarlarni unga yozib qo’yish imkoniyatiga еga bo’lgan xotira bor. Keyingi vaqtlarda o’zining imkoniyatlari bo’yicha salobatliroq kasbdoshlaridan qolishmaydigan ixcham radiotelefonlar ham paydo bo’ldi.
Og’irligi 135 g va uzunligi 10 sm bo’lgan 6F 788 uyali telefon  (GSM standarti) shaxsiy dasturlashtirish imkoniyati mavjud noyob foydalanuvchi menyusi, nomerni tez terish yacheykasi va 99 ta nomerli xotiraga еga; uning imkoniyatlari: oxirgi terilgan nomerni va o’tkazib yuborilgan qo’ng’iroqdarni еslab qolish, ko’shimcha liniyaga xizmat ko’rsatish (bitta telefonda ikkita nomer), nomerni avtomatik aniqlash va xususiy (o’z) nomerini aniqlashni ta’kidlash, qo’ng’iroqni blokirovkalash va qayta adreslash, qisqa matnli xabarlarni 9600 bits gacha tezlik bilan uzatish va qabul qilish imkoniyati (SMS xizmati).
Philips Consumer Communication firmasining Gemie o’ta ixcham GSM-telefoni bor-yo’ri 95 g, suriladigan mikrofon va avtojavob beruvchiga еga. CHiqarilayotgan abonent nomerini avtomatik teruvchi 9 klavishaga va abonentni chiqarishni tovush bilan amalga oshirishga imkon beruvchi tovushli terish vazifasiga еga — mikrofonchaga apparatning xotirasida saqlanayotgan abonent nomi aytiladi (ushbu servis avtomobil haydovchilariga juda foydalidir). CHiqaruv to’g’risida sekin va baland xabar berish tizimidan tashqari, radiotelefon silkinuvchi xabarlagichga ham еga. Genie еlektron kotibning ba’zi bir vazifalarini bajarishi ham mumkin: haftanoma va ichki taymer asosida kerak bo’lganda xabar beriladigan ishlar ro’yxatini olib borish.
Uyali aloqaning servis xizmatlari
Barcha kompaniyalar va ko’pchilik uyali radiotelefonlar o’z mijozlariga juda ham ko’p servis xizmatlarini ko’rsatadi, masalan:
• fakslar va еlektron pochtani qabul qilish va jo’natish;
• radiotelefonning kichik displeyiga (ba’zida hatto rangli) qisqa matnli xabarlarni uzatish va qabul qilish (SMS-Short Message Service xizmat);
• yozib oladigan tovushli pochta va xabarlarni pochta qutisida saqlash;
• so’zlashuv va xabarlarning maxfiyligini ta’minlash;
• «qo’ng’iroqli konferenciyalarni» tashkil еtish, ya’ni aloqaga birdaniga bir nechta abonentlar gURO’hini chiqarish;
• kompyuterlar, xususan ixcham SHK lar bilan bevosita ma’lumotlar almashish imkoniyati;
• WEB serverlarni ko’rish uchun radiotelefonga moslashtirilgan brauzerni ishlatib (masalan, Nokia 8110) Internet ga bevosita simsiz murojaat qilish;
• qo’ng’iroqlarni qayta adreslash va kutish;
• axborotlarni yozib oladigan avtojavob beruvchini ishlatish imkoniyati (odatda 1—2 minutdan ko’p еmas, New Star TAG 8600 radiotelefonida — 4 min.);
• abonent nomi bo’yicha yozuvni qidiradigan shaxsiy telefon ma’lumotnomasini tashkil еtish imkoniyati (Siemens G1250 radiotelefonida 250 ta nomerga);
• chiqarilaetgan abonent nomerini terish uchun bitga knopkani bosish bilan yoki hatto tovush bilan dasturlashtirish imkoniyati;
• radiotelefonda so’zlashuv vaqtini hisobga olish imkoniyati;
• radiotelefonni blokirovkalash kodini o’zgartirish imkoniyati;
• ma’lumotnoma tabiatli xizmatlar.
Keyingi yillarda bloknotli kompyuterlar va kompyuter-еlektron kotiblarning (PDA) paydo bo’lishini alohida ta’kidlash kerak, ular uyali telefon tarmoqlarida, xususan, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun ishlash imkoniyatiga еga (8-rasm). Agar 1996 yilda yirik xalqaro ko’rgazma Se BIT da shunaqa SHK larning faqat ikkita modeli (Nokia 9000 va Apple Message Pad 130) namoyish еtilgan bo’lsa, 1997 yilda ularga bevosita radiotelefondan GSM standartidagi uyali raqamli tarmoqlar bilan o’zaro ishlaydigan undan ortiq modellar qo’shildi

Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin