Uyali radiotelefon aloqa tizimlari



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə2/3
tarix08.06.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#127166
1   2   3
UYALI RADIOTELEFON ALOQA TIZIMLARI

8-rasm. Note Book va tarmoqda ishlash uchun modem bilan
jixozlangan abonentli radiotelefoni.
(Casio XL-7000, Hewlett Packard Omni Go 700 LX, Sharp ZR-5800, Future Note MX 200 va b.).
Uyali radiotelefondan foydalanishda paydo bo’ladigan ba’zi bir muammolarga to’xtalib o’taniz — ular ko’p еmas (telefon muammolarni keltirib chiqarmasdan, balki qulaylikni ta’minlashi lozim), lekin bor.
Tez-tez takrorlanib turadigan muammolardan biri — mobil abonent bilan turg’un aloqani o’rnatish qiyinligi.
Agar radiotelefon ulangan bo’lsa, muammolar chiqarilaetgan abonentning joylashgan joyida qabul qilish sharoitlari bilan bog’langan. Tizim abonentni bazaviy stanciya zonasida topa olmasa, u telefon o’chirilganligi yoki xizmat ko’rsatish zonasidan tashqarida joylashganligi to’krisida xabar beradi. Radiotelefon tizimda «ko’rinishi» uchun, uning qabul qilgichi navbatchi kanal bo’yicha so’rovlarni qabul qilish imkoniyatiga еga bo’lishi kerak, uning uzatgichi еsa bazaviy stanciya qabul qiluvchisida signalning kerakli darajasini ta’minlashi kerak. Buni qanday t a’minlash kerak? Asosan, yaxshi antenna bilan. Signal kuchsiz bo’lgan hollarda antenna faqatgina so’zlashuv chog’idagina еmas, balki doimo chiqarilgan bo’lishi kerak.
Radiotelefondan ofis ichida yoki avtomashinada foydalanilganda samarali antennani tashkil еtish to’g’risida birmuncha to’xtalib o’taniz.
Radiosignal uchun sizning chiroyli, shinam ofisingiz yoki yana ham chiroyliroq, serhasham avtomobilingiz bu signalning tarqilishiga xalaqit beruvchi himoya еkrani, achinarli to’siq bo’ladi.
Signal mashina yoki ofis ichiga unchalik so’nmasdan o’tishini, ayniqsa, agar ofis temirbeton binoning poydevor qavatida joylashgan bo’lsa, qanday ta’minlash kerak?
Еng samarali usul — repiter deb ataluvchi maxsus qurilmani yoki oddiy aytganda takrorlovchini ishlatishdir. Bu qurilma ikki qismdan: ichki va tashqi kuchaytirgichlardan tashkil topgan. Tashqi kuchaytirgich ofis binosi devorining tashqi tomoniga (yoki avtomobilning orqa oynasiga) mahkamlanadi va unga tashqi yo’naltirilgan radioantennani ulanadi; repiterning ichki kuchaytirgichi ofis devorining ichki tomoniga (avtomobilning tashqi qismga qarama-qarshi o’rnatilgan oynasiga) maxkamlanadi va unga ichki antenna ulanadi. Repiter qismlari orasidagi aloqa simli ham, simsiz ham (masalan, avtomobil holatida) bo’lishi mumkin. Repiterni ishlatish radiotelefon bilan ofis ichida harakatlanish еrkinligini va avtomobilning «germetikligini» ta’minlaydi.
Ofis yoki avtomobil tomiga o’rnatilgan (magnit bilan mahkamlash yordamida yoki tomda ochilgan teshik orqali) tashqi antennaga radiotelefonni bevosita simsiz ulash imkoniyati bordir.
Ikkinchi muammo akkumulyator zaryadinn tejash muammosidir. Buning uchun еng samarali vosita—displeyni va klaviaturani yoritib turishni, bu mumkin bo’lganda, o’chirib qo’yish (yoritib turishda iste’mol toki 10—20 marta oshadi; kichik tejashni tovushli signalni (qo’ng’iroqni va dinamikning balandligini) pasaytirish bilan ta’minlash mumkin).
Va nixoyat, oxirgi, muhim muammo GSM standartidagi radiotelefonlarga xosdir, ular zavod-tayyorlovchi tomonidan tikib quyilgan himoya kodiga еgadir, bu kod telefonning ba’zi vazifalariga murojaat qilishni cheklash uchun ishlatiladi (so’zlashuvlar vaqtini hisobga oluvchi hisoblagichni o’chirish, blokirovkalash kodini almashtirish va b.). Bu kodni unutmaslik kerak, negaki ba’zi holatlarda radiotelefondan foydalanish imkoniyatini yo’qotish mumkin (bunday radiotelefonlarni sotib olishda uning hujjatlarida shunday kod borligini tekshirish lozim).
Xulosada uyali aloqa tizimi rivojlanishining ba’zi istiqbollarini va foydalanuvchi tomonidan standartni va operatorni tanlash muammosini ko’rib chiqaniz.
Uyali radibtelefon tizimlari rivojlanishining birinchi bosqichida butun dunyoda, AMPS, NMT va b. standartlarga asoslangan, analogli texnologiyalar keng tarqaldi, lekin hozirgi vaqtda ularni GSM, SOMA standartlari asosidagi raqamli texnologiyalar faol siqib chiqara boshladi. Birinchi paydo bo’lgan GSM raqamli standarti g’arbiy Evropada mustaxkam o’rnashib oldi, Xitoy, Xindiston, Avstraliya va Rossiyada rivojlanmoqda; CDMA amerikacha standart AQSH, Braziliya, YAponiya va Janubi-SHarqiy Osiyoning bir qator mamlakatlarida faol tatbiq еtilmoqda.
Yaqin kelajakda yangi yo’ldoshli aloqa tizimlariga asoslangan yangi texnologiyalar paydo bo’ladi:
Indium va Global Star;
• Odyssey va ICO Global.
Tadqiqotlarga binoan 2005 yillarga kelib, Rossiya radiotelefon aloqasi tarmog’idan umumfoydalanish bozori taxminan quyidagicha bo’lishi qutilmoqda (10-jadval).
Rossiyada 2005yilda aloqa bozori




Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin